• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • -mavzu: Ma’naviy jasorat sohiblari (MIG’ fani oyligi doirasida)




    Download 13.42 Mb.
    bet11/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13.42 Mb.
    #4656
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19

    15-mavzu: Ma’naviy jasorat sohiblari (MIG’ fani oyligi doirasida).


    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4307-son qaroriga muvofiq



    “Haqiqatan ham, tabiat va tarix qonunlari-ni, uning taraqqiyot jarayonlarini chuqur tushunadigan odamgina o`z hayotini ma`naviy jasorat asosiga qurishga qodir bo`ladi. Shu ma`noda, shaxsan men zahmatkash va bunyodkor xalqimizning hayotini, ayniqsa qish qahratoni va yoz jaziramasida ham, bahor va kuzning yog`in-sochinli kunlarida ham yerdan rizq undirish maqsadida kunni kunga, tunni tunga ulab mehnat qiladigan dehqonlarimiz hayotini tom ma`noda jasorat namunasi, deb bilaman”.

    ko`rsatish — albatta, bu ham oson emas. Buning uchun ham insonda katta yurak, g`ayrat-shijoat, eng muhimi, o`ziga, o`zining kuch-qudratiga mustahkam ishonch bo`lishi kerak.

    Lekin menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo`lish, o`zini tomchi va tomchi, zarramazarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish — haqiqiy qahramonlik aslida mana shu, deb aytgan bo`lar edim.

    Nega deganda, kundalik hayotda jonkuyar bo`lish, har kuni fidoiylik ko`rsatish, ruhan hech qachon bukilmay, bu fazilatni hayot qoidasi darajasiga ko`tarish, ochiq aytish lozimki, bu hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Buning uchun insonga buyuk qalb va metin iroda kerak, desam, o`ylaymanki, yanglishmagan bo`laman.

    Men o`z hayotim, ish faoliyatim davomida ma`naviy jasorat sohibi bo`lgan, har tomonlama yetuk shaxslar bilan muloqotda bo`lganim, zamondosh bo`lib yashaganimdan doimo faxrlanib yuraman. Ana shunday vatandoshlarimizdan biri mashhur arxeologik olim, akademik Yahyo G`ulomov edi.

    O`z davrining fidoyi allomasi bo`lgan bu insonni men yaxshi bilardim. U o`zining mustaqil fikriga ega, kerak bo`lsa, yuqori lavozim egalariga yoqmaydigan to`g`ri gaplarni ham dadil ayta oladigan ulkan olim edi.

    Tarixchilar yaxshi biladi, odatda tepaliklar qa`rida tarixiy obidalar, butun bir shahar qoldiklari yastangan bo`ladi. Sho`ro davrida, faqat tomlardagina paxta ekilmay qolgan bir paytda ana shunday qadimiy tepaliklarni ham tekislab, paxta dalasiga aylantirishdek bema`ni siyosat avj olgan edi. Bunday noma`qul ishga jasur olim Yahyo G`ulomov qarshi chiqqanini men yaxshi eslayman. Uning ana shu fazilati tufayli tazyiq ko`rganini ham eshitganman. Lekin bu inson o`zining qalbidagi ma`naviy jasorat hissi tufayli hayotiy va ilmiy qarashlarida sobit turganini madaniy jamoatchiligimiz yaxshi biladi.

    Nafaqat, o`z she`rlari, balki butun hayoti bilan o`zbek ayolining ma`naviy qiyofasini namoyon etgan atokdi shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo`shgan bo`lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she`rlari Sharq ayolining aklu zakosi, fazlu kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she`riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag`a bo`lmaydi.

    Shoira Zulfiyaning sadoqatga to`la hayoti, nurga yo`g`rilgan ijodini xalqimiz juda qadrlaydi. Shu sabab Zulfiya tavallud topgan 1 mart yurtimizda har yili o`ziga xos she`riyat bayramiga aylanib ketadi.

    Ozod Sharafiddinov — hozirgi o`zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligi, tarjimachiligining yetuk namoyandasi edi. Ellik yildirki, u ijod qilgan, yosh tanqidchi, yozuvchi, olim — tadqiqotchilar ishlarini hanuz sinchiklab kuzatib borgan. Yetmish olti yoshida Ozod Sharafiddinov O`zbekiston Qahramoni, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, "Mehnat shuhrati", "Buyuk xizmatlari uchun" ordenlari sohibi, O`zbekiston Milliy universitetining Oltin medaliga sazovor bo`lgan professor, qanchadan-qancha medallar, faxriy diplomlar, yorliqlar egasi bo`lgan. O`zbekiston ziyolilari, madaniyatli siymolari Ozod Sharafiddinovni Ustoz deydilar.

    Ozod Sharafiddinov mustaqillikni intiqlik bilan kutgan, uni hayotining ma`no – mohiyati deb bilganlardandir. Ustoz mustaqillik uchun kurashchilar haqida gapirib, yozib charchamadi. Uning e`tiqodicha, insonning insonligi erk tantana qilgan yurtdagina to`la namoyon bo`ladi. Hayotning qiziq – qiziq qonuniyatlari bor ekan: mustaqillik yillarida O.Sharafiddinovning ruhi tetik bo`ldi, hayotga, istiqbolga muhabbati ortdi. Ammo, jismoniy xastaliklar Ustozni qiynadi... Ruh tetik bo`lsa, jismoniy norasoliklar hech narsa qilolmas ekan.

    Ozod Sharafiddinov XX asrda ijod qilgan o`zbek yozuvchilarining aksariyati haqida maqola, tadqiqotlar yaratgan. Uning yozuvchilar haqidagi tadqiqotlari orasida Cho`lpon, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Zulfiya haqida yozganlari ham salmog`i, ham soni bilan yetakchilik qiladi. So`nggi yillarda Ozod Sharafiddinov nafaqat o`zbek yozuvchilari, tanqidchilari haqida, balki yetuk ziyolilar to`g`risida ham esselar yaratgan.

    Bibliografiyada O.Sharafiddinovning 30 ga yaqin kitobi, 600 dan ortiq maqola va tarjimalari haqida qisqa ma`lumot berilgan. Muallif bitta maqola, tadqiqot, portret, esseni yozish uchun o`nlab badiiy, qanchadan – qancha ilmiy asarlarni o`qib, o`rganib chiqqan. Ba`zi maqolalarni chop ettirguncha, ba`zilarini e`lon qilgach, qanchadan – qancha qarshiliklarni yenggan, ta`na – dashnomlar eshitgan. Xullas, Ozod Sharafiddinov ijodi – munaqqid, tarjimon, ustoz –professorning yarim asrlik yo`li mashaqqatli, murakkab bo`lganligi yaqqol ko`rinadi. Quvonch shundaki, istiqlol tufayli, ijodkor mehnatini qadrlay oladiganlar borligi bois Ozod Sharafiddinov qadr – qimmat topdi.

    (Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch)



    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq

    me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    16-mavzu: Orzular og’ushida (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).


    O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo‘yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat‘iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o‘quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.

    Umumiy o’rta ta‘lim maktablarida Yangi yil bayrami tadbirlarini o’tkazish yuzasidan tavsiya

    Yangi yil — bolalarda quvonch uyg’otadigan bayram. Uning o’ziga xosligi — har bir bola Yangi yil sovg’asini intiqlik bilan kutadi. Mamlakatimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ham e‘tibordan chetda qolmaydi, ularga Prezidentimiz sovg’alari topshiriladi. Bu ham davlatimizning yosh avlodga ko’rsatayotgan cheksiz g’amxo’rligining yaqqol ifodasidir . 2016-yil mamlakatimizda Sog’lom ona va bola yili deb nomlanishi bu boradagi ezgu sa‘y-hara­kat­larimizning mantiqiy davomi bo’ldi.

    Umumiy o’rta ta‘lim maktablarida o’tkaziladigan Yangi yil bayrami tadbirlarini tashkil etishda quyida­gilarga e‘tibor qaratish tavsiya etiladi:

    — tadbir o’tkaziladigan joyni shar, devoriy gazeta va bolalarning ijodiy ishlari bilan bezatish; — Yangi yil tomoshasini milliy ertak qahramonlari ishtirokida tashkil etish;

    — Vatan, Yangi yil bayrami haqida she‘r, topishmoq, tez aytish hamda davraga fayz

    bag’ishlovchi o’yinlar tashkil etish;

    — faol ishtirok etgan zukko o’quvchilarga sovg’alar berilishini ta‘minlash;

    — sinflar o’rtasida raqs bellashuvi, musiqa topqiri, sport musobaqalarini o’tkazish;

    — Eng yaxshi devoriy gazeta muallifi, Eng faol sinf, Eng faol o’quvchi, Eng faol sinf rahbari kabi nominatsiyalar bo’yicha g’oliblarni esdalik sovg’alari bilan taqdirlash;

    — o’quvchilar ijrosida she‘r, qo’shiq, raqs va hajviya bilan yo’g’rilgan sahna ko’rinishlarini namoyish etish.

    Bayram tadbirlarini mahalla fuqa­rolar yig’inlari, ichki ishlar idoralari va Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati vakillari bilan hamkorlikda tashkil etish maqsadga muvofiq. Bayram o’tkazi­ladigan joyga o’quv­chilarning xavf­sizligini ta‘minlash maq­sadida tuman ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda mahalla pos­bonlarini jalb qilish hamda ularga yordamchi sifatida maktab direktorining xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarini biriktirish lozim. Shuningdek, maktab rahbariyati, pedagoglar va ichki ishlar organlari xodimlari o’quvchilarning pirotexnika vositalaridan foydalanishini qat‘iy taqiqlab, nazorat qilishlari talab etiladi.

    Ta‘til kunlari o’quvchilar Barkamol avlod bolalar markazlari, bolalar va o’smirlar sport mak­tablarida tashkil etilgan to’garak mashg’ulotlariga jalb qilinishi kerak. Qishki ta‘til davrida maktabdan tashqari ta‘lim muas­sasalari to’liq faoliyat ko’rsatadi.

    Umumiy o’rta ta‘lim maktablarida qishki ta‘til rejasi faslning xususiyat­larini inobatga olgan holda turli tadbir­lar, qiziqarli o’yin va mashg’ulotlar asosida tuzilishi maqsadga muvofiq.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================


    Download 13.42 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




    Download 13.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Ma’naviy jasorat sohiblari (MIG’ fani oyligi doirasida)

    Download 13.42 Mb.