• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • -mavzu: Jamoa bo’lish zavqi (Team building- jamoaviylikni shakllantirish)




    Download 13.42 Mb.
    bet14/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13.42 Mb.
    #4656
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

    19-mavzu: Jamoa bo’lish zavqi (Team building- jamoaviylikni shakllantirish)


    Umumta‘lim maktab o’quchilari o’rtasida jamoaviylik va jamoa bo’lib harakatlanishni shallantirish hamda o‘zaro ijobiy munosabatlarni shakllantirish. (Maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi)

    Odam dunyoga odam bo`lib kеladi. Sub'еktning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kеlgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot dеb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl–nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqliy zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ dеb hisoblash mumkin.

    Individ sifatida dunyoga kеlgan kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo`lib еtishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta'sir o`tkazish darajasi va sifatini bеlgilaydigan tarzdagi sotsial fazilatlar majmuasi asosidagi shaxs tushunchasida ifodalanadi.

    Anglashilmaganlik–bu nazorat qilinmaslik dеgani emas. Ahamiyatga molik baho shaxs kamolotiga ta'sir ko`rsatadi. O`ziga o`zi baho bеrish shaxs intilishlari darajasi bilan chambarschas bog`liqdir. Shaxs kishining konkrеt–tarixiy hayot kеchirishi sharoitlarida, faoliyat jarayonida shakllanadi. Shaxs shakllanishi jarayoni guruhlarda va jamoada amalga oshiriladigan ta'lim va tarbiyaga ham bog`liqdir. Shaxs shakllanishi ikki ma'noda qo`llaniladi– rivojlanishi va rivojlanish natijasi. Lеkin, buning har ikkovi (biogеnеtik va sotsiogеnеtik) ma'lum ta'sir ko`rsatsa ham, o`z o`zini anglash va o`z– o`zini tarbiyalash hal qiluvchi bo`lib qoladi (o`z–o`zini tarbiyalash haqida L. I. Ruvinskiy nazariyasi).

    Shaxs shakllanishi o`zi yashaydigan odamlar guruhida va jamoasida, turli odamlar bilan bo`ladigan muloqotda, fikr almashuvda, birgalikdagi faoliyatda yo tеzlashadi yoki susayadi. Shaxsning jamoada va guruhda tutgan o`rni, ta'sirlanish va uning darajalari singarilarni sotsial psixologiya o`rganadi. Sotsial psixologiya u yoki bu sotsial aloqada namoyon bo`ladigan shaxs ongi va faoliyatini, shuningdеk, mazkur aloqalarning o`zini: ya'ni ularning paydo bo`lish sabablarini, tuzilishi va rivojlanish (mustahkamlanish) bosqichlari va darajalari, inqirozi sabablarini o`rganadi. Odamlar uyushmasidagi asosiy birlik bu odamlar bеvosita boshqa kishilar bilan aloqaga kirishadigan va o`zining sotsial mohiyatini ifoda etadigan guruhdir. Buni kichik guruh dеb ataladi. Ularni rеal (aloqaga kirishadigan) va shartli kichik guruhlarga ajratish rasm bo`lgan. Rеal odamlardan tashkil topgan birinchi guruh (maktabdagi sinf, talabalar guruhi, ishlab chiqarish brigadasi va hokazolar) xuddi tirik organizm singari harakatda bo`ladi. Shartli guruh faqat nominal tarzda, ro`yxatlardagina mavjud bo`ladi. Ularning a'zolari vaqt va fazo orqali bir birlari bilan birlashmagan va bir birlari bilan aloqaga kirishmagan bo`ladi.

    (Masalan, bir xil nomdagi oliy o`quv yurtining qaysidir fakultеti talabalari, masalan matеmatika fakultеtining, tеxnologiya fakultеtining talabalari va xokazo.)

    Rеal guruhlar rasmiy (formal) va norasmiy guruhlarga bo`linadi. Odamlarni uyushtirishning yuksak shakli–jamoadir. Jamoa –bu umumiy maqsadlar hamda birgalikda amalga oshirilayotgan faoliyatning bir biriga yaqin bo`lgan motivlari orqali birlashtirilgan, jamiyatning bir qismini tashkil etgan, mazkur jamiyat maqsadlariga bo`ysundirilgan odamlar uyushmasidir. Guruh va jamoalarda odamlarning bir biriga ta'siri turli vositalarda amalga oshadi. Eng muhimi–muloqotdir. Nutq va imo– ishora orqali bir birini ma'qullash yoki qarshilik ko`rsatish, kuchlarni birlashtirish yoki e'tiroz bildirish singarilar bo`lishi mumkin.

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    20-mavzu: Buyuk siymolarni yod etib

    (Navoiy va Bobur tavallud kunlari oldidan).

    O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo‘lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u‘larini singdirish. SHuningdek, ularda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga ona Vatanga mehr-muhabbat, millatlararo hamjihatlik, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini singdirish.



    Navoiy non.To`sma.Unga borar yo`ldan qoch, G`ashlik qilma, to`rt yonni ham yoritarkan toj. Navoiyga o`zin ursa, urma kofirni, Axir nonga musulmonu kofir birday och.

    Halima Xudoyberdiyeva

    Rus olimlaridan juda ko`pchiligi Hazrat Navoiy bobomiz haqida juda ko`plab tadqiqot ishlari olib borgan. Quyida akademik N.I.Konrad va V.M.Jirmunskiy tadqiqotlarini kuzatamiz.

    Chunonchi: Navoiy- o`zbek adabiy tilining asoschisi; Navoiy- o`zbek mumtoz adabiyotining asoschisi; Navoiy – Sharq badiiy va falsafiy tafakkurini jamlab, uni yangi pog`onaga ko`tara olgan mutafakkir; Navoiy – Temuriylar davlatining yirik arbobi, adolat himoyachisi; Navoiy – ilmu urfon, madaniyat va she‘riyat homiysi, ustoz-murabbiy va hokazo. Navoiy turkiy til qudratini barilla namoyish eta oldi, bu xalqlarning ijodiyoti an‘analari bilan forsiy she‘riyat an‘analarini qo`shib, turkiy adabiyotni keng bashariy tarix sahnasiga olib chiqadi. Navoiy-nodir iste‘dod egasi, ammo uni hamisha ilhomlantirgan, unga qudrat va quvvat bergan narsa – bu ona tilida ulug` asarlar yaratib xalqi ruhini sarbaland

    etish edi. Bu qutlug niyat bir ilohiy nur bo`lib, Navoiy asarlari orqali avlodlar qalbini charog`on qilib turibdi.

    Shu nuqtai nazardan V.M. Jirmunskiy Navoiy faoliyatini Lyeonardo da Vinchi faoliyati bilan qiyoslaydi va yozadi: Navoiy o`zining G`arbdagi zamondoshlari kabi ko`z oldimizda har tomonlama kamol topgan va ilmu ijod, fikriy teranlik va amaliy faoliyatini o`zida jamlagan univarsial qobiliyatli yaxlit bir komil shaxs sifatida gavdalanadi .

    (Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari-199-201 -betlar)

    O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan yana biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo`‘tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz.

    Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxe, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.

    Agar bu ulug` zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir.

    Shu ma`noda, keyingi paytda buyuk ajdodlarimizning so`nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o`rganishga bo`lgan qiziqish xorijiy ellarda ham ortib borayotgani barchamizni quvontiradi. Buning tasdig`ini dunyoning turli mamlakatlarida ularning hayoti va faoliyati haqida e`lon qilinayotgan ilmiy va badiiy asarlar, ulug` ajdodlarimiz xotirasiga barpo etilayotgan yodgorliklar misolida ham ko`rish mumkin. Shu qatorida, Moskva, Tokio va Boku shaharlarida Alisher Navoiy bobomizning xotirasiga o`rnatilgan muhtasham haykalni eslash joiz.

    (Yuksak ma‘naviyat –yengilmas kuch)

    Topshiriq: O`quvchilar Hazrat Alisher Navoiy bobomizning Xamsa dostonidan namunalar ijro etadilar.

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



    Farg`onalik Zahiriddin Muhammad Bobur – Sharqdagi uyg`onish davrining eng atoqli siyosat va madaniy

    arboblaridan biridir”

    S.P.Tolstov

    Bobur shoh yashagan o`sha ziddiyatli, beomon, besaranjom zamonda davlatni boshqarish uchun jasur sarkarda bo`lish juda muhim edi. Tabiat Bobur shohga ana shunday xislatni in‘om etgan edi.

    Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan Bobur ( Sher ) laqabini oladi.Bu nom unga bejiz berilmagan edi. U ajoyib suvori, suzuvchi, qilichboz, kamonboz edi. Uning vujudida sarkardalarga xos dovyuraklik, serg`ayratlik, epchillik mujassam edi. Epchillikda unga teng keladigan odam kamdan kam topilgan.

    Manbalarda qayd etilishicha, u jismoniy jihatdan ham shunday baquvvat bo`lganki, ikki qo`ltig‘iga ikki odamni olib

    qal‘a devori ustida mashq qilgan. Bundan tashqari, Bobur o`limga tik qarash, o`ziga va o`z taqdiriga ishonish kabi fazilatlarga ega bo`lgan.

    Bu fazilatlar esa Boburga kishilarni doimo o`z orqasidan ergashtirish imkonini bergan.

    Bobur kimlar bilan janglarda to`qnash kelgan bo`lsa, ularning tajribalarini o`rgangan.Shayboniylardan urushning to`lg`ama usulini, mo`g`ullardan pistirma qo`yish, afg`onlardan poroxli miltiq ishlatishni o`rgangan.

    Zahriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, shoir, bastakor, ayni paytda, yirik tarixchi olim hamdir.Uning nomini abadiylikka muhrlagan asar Boburnoma dir.

    Bu asar-Movarounnahr, Afg`oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi haqida juda qimmatli ma‘lumotlar beradi. Bu xotira asarlar sirasiga kiradi. Asar 1493-1529-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan tarixiy voqealar haqida yilma-yil hikoya qiladi.

    Bobur shoh 1530-yilning 26-dekabrida 47 yoshida vafot etdi. Uni Agra shahrida, Jamna daryosi yonidagi Bog`i Orom ga dafn etadilar. Uning vasiyatiga ko`ra, bir necha yildan so`ng Bobur shoh jasadi Kobuldagi Bog`i Kalon ga ko`chiriladi. Bu bog`ni Boburning o`zi katta mehr bilan obod qilgan edi.

    Keyinchalik bu bog` Bog`i Bobur deb atala boshlangan.

    Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga munosib hukmdorlarning yorqin namoyonlaridan biridir.

    Bobur bobokaloni Amir Temurdek bunyodkorlik ishlariga katta e‘tibor bilan qaragan davlat arbobi edi. O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarori:

    *1993-yilda Bobur tavalludining 510 yilligi keng miqyosda nishonlansin.



    • Boburning buyuk xotirasini ulug`lash yo`lida katta ishlar amalga oshirilsin.

    • Andijonda Bobur haykali o`rnatildi, ramziy qabr maqbarasi qurildi.

    • Bobur milliy bog`i va shu bog` qoshida Bobur va jahon adabiyoti nomli muzey tashkil etildi.

    • Har yili 14-fevral Respublikamizda Bobur tavalludi keng nishonlanadi.

    Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo`lganida ham Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan va u quyidagi hasratli satrlarni bitgan edi: Yana mahrumi xonumon qilding, Yana ovorayi jahon qilding.

    Tole yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi, Har ishniki ayladim, xatolig` bo`ldi. O`z yerni qo`yub Hind sori yuzlandim, Yorab netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.



    Topshiriq: O`quvchilar Z.M.Bobur bobomizning Boburnoma asarini tahlil qiladilar.

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    21-mavzu: Maktab va kelajak


    Download 13.42 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 13.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Jamoa bo’lish zavqi (Team building- jamoaviylikni shakllantirish)

    Download 13.42 Mb.