• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • -mavzu: Bugungi kun qahramoni (Tarix fani oyligi doirasida)




    Download 13,42 Mb.
    bet13/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13,42 Mb.
    #4656
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19



    18-mavzu: Bugungi kun qahramoni (Tarix fani oyligi doirasida).


    Fan o‘qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.

    Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”



    Shayx Sa‘diy Sheroziy

    N.G. Chernishevskiy Beruniy nomini faqat bir joyda tilga oladi. Ammo shu kichik faktning o`zi ulug` rus demokratining O`rta osiyolik buyuk mutafakkir ijodiga katta hurmat bilan qarab, uning asarlarini eng mo`tabar manba deb bilganidan dalolat beradi. Bu fakt yana shu fikrni ham aytishga asos bo`ladiki, Chernishevskiy Beruniy asarlaridan yaxshigina xabardor bo`lgan, uning arab madaniyati olamidagi mavqeini his qilgan.

    N.G. Chernishevskiy Beruniy vatani- ko`hna Sharqning ajralmas bo`lagi O`rta Osiyo tarixi, bu yerda yashaydigan xalqlarning hayoti bilan ham qiziqadi. Ma‘limki, N.G. Chernishevskiy ijodi O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi davriga to`g`ri keladi. Chor hukumatining mustamlaka qilingan aholiga munosabati, bu o`lkaning o`rganilishi, adib e‘tiboridan chetda qolmagan. Uning asarlarida O`rta Osiyoning iqtisodiy – ijtimoiy ahvoli, tarixi va madaniyati to`g`risidagi materiallar va bu asosdagi fikrlarni anchagina uchratish mumkin. O`rta Osiyoni u qadimiy madaniyat markazlaridan biri deb hisoblab, Misr, hindiston, Suriya bilan yonma-yon qo`yadi; Boxtar, Sug`d, Xorazm haqida arab va mo`g`ul istilosi oqibatlari, Temur va temuriylar, Hindistonda hukmronlik qilgan boburiylar sulolasining ishlari xususida mulohazalar yuritadi.

    V.V.Vilyaminov – Zernov rus sharqshunoslari orasida birinchilardan bo`lib Markaziy Osiyo tarixini o`rgangan kishidir. V.V.Vilyaminov – Zernovning katta xizmatlaridan biri Alisher Navoiy asarlari asosida XVI asrda tuzilgan Abushka lug`atini nashr ettirganidir. Bundan tashqari, u bir qancha qo`lyozmalarni to`plab tasnif etgan, Navoiy, Mashrab asarlari haqida ma‘lumot bergan turkshunos olim edi.

    Demak, umumbashariy taraqqiyot tarixi Sharqu G`arb o`rtasidagi har xil davriy, siyosiy devorlarni surib tashladi. Zero, Shayx Sa‘diy Sheroziy aytganidek: Bani odam bir tananing a‘zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar . Sharq bilan G`arb ana shu muazzam organizmning o`zaro ajralmas a‘zolari sifatida, tobora yaqinlashib, madaniy – adabiy aloqalarda birlashib bormoqda. Insoniyat taraqqiyotining talabi ham ana shunday.

    (Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari 313-314-315 betlar)



    Topshiriq: “Shu aziz Vatan barchamizniki” mavzusida guruhlarning kichik chiqish rus tilida.

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    Download 13,42 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




    Download 13,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Bugungi kun qahramoni (Tarix fani oyligi doirasida)

    Download 13,42 Mb.