• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • -mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir




    Download 13.42 Mb.
    bet12/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13.42 Mb.
    #4656
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19

    17-mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir

    (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).


    O’quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o’zlarining ham shaxsiy burchlari va mas‘uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma‘lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o’zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o’z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo’lib ulg’ayish xislatlarini tarbiyalash.

    Harbiy bo`lish – har bir yigitning orzusi” Askar qo`shig`i



    Gard qo`ndirmay yaprog`iga,

    Nam yuqtirmay qabog`iga,

    Iz tushirmay tuprog`iga,

    Biz Vatanni qo`riqlaymiz,

    Yovning daydi o`qlaridan,

    Adovatning cho`g`laridan,

    Malomatning tig`laridan,

    Gumonlardan qo`riqlaymi

    Elning shonu shuhratini,

    Sharafini, shavkatini,

    Dehqon bobo mehnatini,

    Quzg`unlardan qo`riqlaymiz

    Komil Sindarov

    Harbiy xizmatni o`zining kasbi, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burchi deb biladigan, butun hayotini Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishga bag`ishlagan o`g`lonlarimizning og`ir xizmatini qadrlash, ularning tunu kun, tinim bilmasdan o`z harbiy mahoratini oshirish yo`lida qilayotgan mashaqqatli mehnatini e‘zozlash barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir .

    (Islom Karimov. Milliy Armiyamiz-

    mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. O‘zbekiston 2003 yil, 13 yanvar. 6-bet)

    Qurolli Kuchlarning mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, xalqimizning tinchligi hamda bunyodkorlik mehnatini himoyalash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini inobatga olib hamda 1992 yil 14 yanvarda mamlakat hududidagi harbiy qism va bo`linmalarning davlatimiz tasarrufiga o`tkazilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrdagi qonuniga binoan 14 yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni deb e‘lon qilindi. (Islom Karimov. Milliy Armiyamiz- mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir.T. O‘zbekiston 2003 yil, 15-25 yanvar. 22-bet)



    Topshiriq: “Vatanga xizmat qilish har birimizning burchimiz” mavzusida fikrlar olamiga sayohat.

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================


    Download 13.42 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




    Download 13.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir

    Download 13.42 Mb.