• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • -mavzu: Konstitutsiya – baxtimiz qomusi(8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)




    Download 13.42 Mb.
    bet9/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13.42 Mb.
    #4656
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19

    13-mavzu: Konstitutsiya – baxtimiz qomusi(8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan).


    O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni o‘rganish va amal qilish tuyg‘ularini tarbiyalash hamda ular ongiga jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi degan qoidani singdirish.

    Huquqiy savodxonligi boy xalqmiz


    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 12chaqiriq II sessiyasida, 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan bo`lib, Konstitutsiya 6 ta bo`lim,26 ta bob,128 ta moddadan iborat.

    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalari  O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasi:

    • O`zbekiston- suveren demokratik respublika. Davlatning ‘O`zbekiston Respublikasi va

    ‘O`zbekiston degan nomlari bir ma‘noni anglatadi .

    • O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2- moddasi:

    • Davlat xalq irodasini ifoda etib. Uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas‘uldirlar .

    Har qaysi davlat huquq tizimida ko`pgina qonunlar mavjud. Ammo ular orasida eng asosiysi deb e‘tirof etiladigan birdan bir qonun bu - Konstitutsiya.

    Konstitutsiya so`zi, lotincha constitutio tarjimasi nizom, qoidalar degan ma‘noni anglatadi.

    Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda faoliyatining asosiy prinsiplarini, ularning vakolatlarini, fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o`rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi.

    Konstitutsiya negizini qonunlar, kodekslar, qarorlar va farmonlar tashkil etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 238 moddadan iborat.

    O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risida gi qonun 45 moddadan tarkib topgan.

    Qonun hujjatlarini tubdan yangilash jarayoni eng avvalo mamlakatning Asosiy qonunini yaratishdan boshlanadi. O`zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq birinchi sessiyasi kun tartibiga yangi konstitutsiyani tayyorlash masalasi 1990 yil 24 martda qo‘yilgan.

    Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunida bo‘lib o`tgan ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti Islom Karimov raisligida Konstitutsiya komissiyasi tuzildi.

    O`zbekiston Respublikasining hozir amal qilayotgan Konstitutsiyasi 1992-yil O`zbekiston Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi.

    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi

    Muqaddima

     1-bo`lim. Asosiy prinsiplar

    (4 bob: I-IV boblar; 17 modda:-1-17-moddalar)



     2-bo`lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

    erkinliklari va burchlari

    (7 bob: V-XI boblar; 35 modda: 18-52-moddalar)


     3-bo`lim. Jamiyat va shaxs

    (4 bob: XII-XV boblar; 15 modda: 53-67-moddalar)



     4-bo`lim. Ma‘muriy-hududiy va davlat tuzilishi

    (2 bob: XVI-XVII boblar; 8 modda: 68-75-moddalar)



     5-bo`lim. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi (9 bob: XVIII-XXVI boblar; 51 modda: 76-126-moddalar)

     6-bo`lim. Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish tartibi

    (2 modda: 127-128-moddalar)



    1992-yilgi Konstitutsiyada birinchi o`ringa davlat emas, balki inson, uning hayoti, erkinligi, sha‘ni, qadr-qimmati qo`yildi.

    Konstitutsiyaning kirish qismi Muqaddima.

    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari 1-bo`limi 4 bob: 17 ta moddadan iborat.

    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 2-bo`limi 7 bob: 35 ta moddadan iborat.

    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Jamiyat va shaxs 3-bo`limi 4 bob: 15 ta moddadan iborat.

    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ma‘muriy-hududiy va davlat tuzilishi 4-bo`limi 2 bob: 8 ta moddadan iborat.

    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Davlat hokimiyatining tashkil etilishi 5-bo`limi 9 bob: 51 ta moddadan iborat.

    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish tartibi 6bo`limi 2 modda: 127-128- moddalardan iborat.



    Topshiriq: O`quvchilardan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-6-7-moddalarini sharhlash.

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq

    me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================



    Download 13.42 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




    Download 13.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Konstitutsiya – baxtimiz qomusi(8 dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan)

    Download 13.42 Mb.