• Alisher Navoiy
  • TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • -mavzu: So’zlashish va nutq madaniyati ko’p tilsimning kaliti (filologiya fanlari oyligi doirasida)




    Download 13.42 Mb.
    bet6/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13.42 Mb.
    #4656
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

    8-mavzu: So’zlashish va nutq madaniyati ko’p tilsimning kaliti (filologiya fanlari oyligi doirasida).


    O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o‘quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish.

    Og`ziga kelganni demoq nodonning ishi,



    Oldiga kelganni yemoq hayvonning ishi.

    Alisher Navoiy


    Nutqda uch sabab katta ahamiyat kasb etadi,- degan edi bir kuni lord Morli quvnoq beadablik bilan, - kim gapirayapti, qanday gapirayapti, nimani gapirayapti? Ana shu uch omildan uchinchisi katta ahamiyatga ega

    O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng, o`zbek tili davlat tili maqomini olishi bilan millatlararo va davlatlararo muloqot vositasiga aylandi.

    Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Yer yuzida esa bir necha yuzdan tortib, bir necha yuz millionni tashkil etadigan 1600 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi. Bularning orasida faqat ikki yuzdan ortig`i o`zlarining mustaqil davlatlariga ega. Ushbu davlatlar orasida O`zbekiston Respublikasining ham borligi muhim siyosiy ahamiyatga egadir.

    Etnik guruhlarning davlat tuzilmalari sonidan ko`pligi aksariyat mamlakatlarga ko`pmillatlilik xosligini ko`rsatadi, jumladan, bu O`zbekiston uchun ham xos holat.

    Ko`pmillatlilik sabablari tahlil qilinganda odatda ikki holat kuzatiladi. Avvalo, bir mamlakat hududida qo`shni davlat vakillarining istiqomat qilishi oqibatida qaror topgan ko`pmillatlilik, ya‘ni O`zbekiston Respublikasida qo`shni (o`z mustaqil davlatlariga ega bo`lgan) qirg`iz, qozoq, tojik, turkman xalqlari vakillari azaldan yashab kelmoqda. Bunday turdagi ko`pmillatlilik Osiyo, Yevropa, Amerika, Afrikaning aksariyat mamlakatlarida ko`p tarqalgan bo`lib, uni tabiiy-tarixiy ko`pmillatlilik deb atash mumkin. U asrlar davomida yonma-yon hayot kechirib kelgan xalqlarning bir-birlari bilan aralash yashaganligining natijasidir.

    Ikkinchi turdagi ko`pmillatlilikni shartli ravishda ijtimoiy-siyosiy ko`pmillatlilik deb nomlash mumkin. U bir-biridan tili, madaniyati, turmush tarzi bilan farqlanadigan xalqlarning turli ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy omillar ta‘sirida muayyan hududda birgalikda yashay boshlashi tufayli yuzaga kelgan. Turli urushlar, bosqinlar ham bunga sabab bo`lgan. Bunday hol dunyoning barcha mintaqalarida kuzatiladi.

    So`zlashish va nutq madaniyati haqida juda ko`plab tavsiyalar berilgan. Inson qachonki, ko`p kitob o`qisa, keksa otaxon-onaxonlardan, allomalarimiz o`gitlariga quloq solsa, u qayerda, qanday gapirishni biladi. Quyida yana Tursunoy Sodiqova so`zlariga e‘tibor qaratamiz.



    • Tiling omadingdir, Qizim! ;

    • Sozning, xonandaning ovoziga qarab xush ko`radilar, shundaymi? Sen ham

    so`zlashganingda, avvalo, ovozingni eng chiroyli pardasini topib gapir;

    • Sen odam tanlamagin, so`z tanla. Topib aytilgan so`z dushmanni ham do`stga aylantira oladi;

    • Oy qizim, ovozingni ko`targan zahoting uyingdan fayz ko`tariladi. Yuzingdan husn ko`tariladi;

    • Bilgin, til qishni bahorga aylantira oladi. Topshiriq: “Bahs-munozara” mashqi.

    1. Nima uchun ba‘zi insonlar o`z ona tilisini buzib gapiradilar-

    2. Yana ba‘zi yoshlarimiz haddan tashqari qo`pol muomala qilishadi-

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    9-mavzu: Chorrahada harakatlanish qoidalari (Yo’l harakati qoidalari).

    Hamma uchun eng muhim va oddiy bo‘lgan yol harakati qoidalarini bilish, zarur yo‘l belgilar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish



    1.Chapga yoki o’ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo’lning qatnov qismidan o’tayotgan piyodalarga, shuningdek, velosiped yo’lkasidan yo’lni kesib o’tayotgan velosipedchilarga yo’l berishi kerak.

    2.Tirbandlik tufayli to’xtashga majbur bo’lgan haydovchi, agar u ko’ndalang yunalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to’sqinlik tug’diradigan bo’lsa, uning chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.

    3.Miltillovchi sariq ishorada, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo’lmagan chorrahalarda haydovchilar tartibga solinmaydigan chorrahalardan o’tish qoidalariga, chorrahada o’rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

    Tartibga solingan chorrahalar

    4.Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan to’g’riga harakatlanayotgan va o’ngga burilayotgan transport vositalariga yo’l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o’zaro ushbu qoidaga amal qilishlari kerak.

    5.Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo’shimcha tarmoqning yashil ishorasidagi yo’naltirgich yo’nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo’nalishlardagi transport vositalariga yo’l berishi kerak.

    6.Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yo’nalishidan qat’i nazar, tramvay oldin o’tish huquqiga ega bo’ladi.

    7.Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorraxaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’i nazar, belgilangan yo’nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining yuradigan yo’lida joylashgan svetoforlar oldida to’xtash chiziqlari (yoki 5.33 belgisi) bo’lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.

    8.Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraxa orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo’nalishda o’tishni tugallayotgan piyodalarga yo’l berishi shart.

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================


    Download 13.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 13.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: So’zlashish va nutq madaniyati ko’p tilsimning kaliti (filologiya fanlari oyligi doirasida)

    Download 13.42 Mb.