• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • (1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)




    Download 13.42 Mb.
    bet5/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13.42 Mb.
    #4656
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

    (1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).


    O`quvchilar qalbiga o`qituvchi va murabbiylarga hurmat tuyg`usini singdirish, ularga ustozlarning ulug`ligini va ularga doimo ehtirom ko`rsatish lozimligini uqtirish.





    Yurtboshimning orzusi

    Yoshlar bo`lsin bilimli,

    Biz ustozlar bu yo`lda

    Yurtboshimga madadkor!

    Ey, Turkiston maorif ishlarida bo`lg`on o`rtoq va o`g`lonlarim! Men o`zim garchand bandi bo`lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga biroz vasiyat qilib o`taman. Sizlarga vasiyat qilaman. Maorif yo`lida ishlaydurg`on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O`rtadan nifoqni ko`taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo`ymangizlar! Har ish qilsangiz jamoat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo`lini ko`rsatingizlar! Bizning otimizda maktablar ochingizlar! Bizlar ul choqda qabrimizda tinch yoturmiz .

    O`zbekistonimiz mustaqillikka erishgach, Behbudiy bobomizning vasiyatlarini o`zbekning mard o`g`loni, mustaqillik asoschisi, yurt otasi Islom Karimov amalga oshirmoqda.

    Adib qalbini o`rtagan dard–erk va ma‘rifat edi. Biz bugun Ollohga shukronalar qilishimiz kerakki, ajdodlarimiz orzu qilgan kun erk, ozodlik, mustaqillik kunlariga yetdik, burchimiz esa shu kunlar qadriga yetish. O`qituvchilar esa shu kunlarga shukur qilib, xalqqa ma‘rifat ziyolarini sochishda o`zlarining bor kuchlarini vijdonan va halolab bajaradilar. Bu bilan jadid bobolarimizning ruhlari shod bo`lib, bizlardan rozi bo`ladilar. Yurtboshimizning ishonchini hozirda ustozlarimiz oqlamoqda.

    Abdulla Avloniy fikricha, olamning yaratilishidan maqsad insondir. Inson butun borliqning ko`rki va sharafidir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mahluqlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak: inson uning sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilmi tufayli dunyoni boshqaradi.

    Muqaddas Xolbayevna Ogay mana shunday aqlli insonlardan hisoblanib, ilmi tufayli Germaniya davlatiga borib, bilimlarini yanada yuksaltirib keldi. Muqaddas Ogay 300-maktabda rusiy zabonlarga ingliz tilidan saboq berish bilan birgalikda, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarda ham faol ishtirok etib, juda ko`plab sinfdan tashqari tadbirlar tashkilotchisi.

    Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog‘lom qilib o‘stirishda ota-onalarga

    murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatlariga alohida e‘tibor beradi.

    Abdulla Avloniy bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur: fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so‘ng darajada muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdur .



    Dilorom Haydarova o`quvchilarda fikrlashni rivojlantirishda adabiyot fanini o`quvchilar ongiga singdirishda o`zining bor mahoratini ishga soladi.Ustoz darsdan tashqari matbuot bilan hamkorlikda o`zining maqolalari bilan ham chiqish qilib turadi. Dilorom Haydarova maktabimizda Yosh muxbirlar to`garagini ham tashkillashtirgan, bu to`garak a‘zolari o`zlarining maqolalari bilan Tong yulduzi bolalar gazetasida tez-tez chiqib turadi.

    Abdulla Avloniy shunday deydi:

    Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo`lsak, shuni bilmak bizga farzdur. Shuning uchun o`qimak, bilmak zamonlarini qo`ldan bermay, vujudimizning dushmani bo`lgan jaholatdan qutulmakg`a jonimiz boricha sa‘y qilmagimiz lozimdur.

    Topshiriq: “Mening birinchi o`qituvchim”. O`quvchilar birinchi o`qituvchilarini esga oladilar. (Bayromona holat)

    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq

    me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    5-mavzu: Transport vositalarining yo’lning qatnov qismida joylashuvi

    (Yo’l harakati qoidalari).

    Yo'l belgilari va belgilaridan foydalanishi, transport vositasini boshqarish signallarini boshqarishi, turli transport vositalarining harakatlanish tartibini aniqlash, transport vositasi harakatlanayotganda jarohatlanganlarga dastlab tibbiy yordam ko'rsatish, transport vositalarining harakatini tushuntirish.



    1. Yo'lning qatnov qismida transport vositalarining joylashishi.

      1. Rel'ssiz transport vositalari harakatlanadigan bo'laklar soni chiziqlar yoki 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchilar yo'l bo'laklarini o'zlari, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda aniqlaydilar. Bunda harakat ikki tomonlama bo'lgan yo'l qatnov qismining chap tomondagi yarmi qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun muljallangan, deb hisoblanadi.

      2. To'rt va undan ortiq bo'lakli, harakat ikki tomonlama bo'lgan yollarda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan bo'laklarga chiqish taqiqlanadi.

      3. Harakat ikki tomonlama bo'lgan uchta bo'lakli (1.9 chizig'i bilan belgilangandan tashqari) yo'llarda o'rta bo'lakka faqat quvib o'tish, chapga burilish, qayrilib olish va aylanib o'tish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap bo'lakka chiqish taqiqlanadi.

      4. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroqqa olib harakatlanishlari kerak.

    Aholi yashaydigan joylarda Qoidalarning 11.6, 19.1, 26.2 bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda haydovchilar o'zlariga qulay bo'lgan harakatlanish bo'lagidan foydalanishlari mumkin. Faqat o'ngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, quvib o'tish, to'xtash oldidan harakatlanish bo'lagini o'zgartirishga ruxsat etiladi.

    Biroq, bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq bo'lakli har qandaj yo'lda harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga esa faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap bo'lakni egallashga ruxsat etiladi.

    Harakat bir tomonlama bo'lgan yo'lning chap bo'lagida to'xtash va to'xtab turish Qoidalarning 14.1 bandiga muvofik amalga oshiriladi.

    Biror bo'lakda qo'shni bo'lakdagi transport vositalariga nisbatan katta tezlikda harakatlanish quvib o'tish deb hisoblanmaydi.

    11.5 Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan yoki texnik sabablarga ko'ra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olish, aylanib o'tish uchun qayta tizilishdan boshqa hollarda faqat chetki o'ng bo'lakda harakatlanishlari kerak.

    11.6 Yo'lakay yo'nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay izidan shu yo'nalishdagi boshqa bo'laklar band bo'lganda harakatlanishga, aylanib va quvib o'tishga, shuningdek, 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan belgilanmagan hollarda esa chapga burilish va qayrilib olishga ruxsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga halaqit bermasligi kerak.

    Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi.

    11.7 Agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan bo'laklarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan bulaklarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.

    11.8 Reversiv harakatlanishli yo'lga burilishda transport vositalari qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o'ng bo'lakni egallashi kerak. Haydovchiga shu yo'nalishdagi boshqa bo'laklarda ham harakatlanishga ruxsat berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina qayta tizilishga ruxsat etiladi.

    11.9 Qoidalarning 14.1, 27.2 bandlarida ko'zda tutilgandan boshqa hollarda transport vositalarining yo'l yoqasi, trotuar va piyodalar yo'lkalaridan harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo'ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, boshqa imkoniyat bo'lmagan hollarda bevosita yo'l yoqasida, trotuar yoki piyodalar yo'lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun transport vositalariga yaqin yo'ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda yo'l harakati havfsizligi to'la ta'minlangan bo'lishi shart.

    11.10 Haydovchi o'zidan oldinda ketayotgan transport vositasi keskin to'xtaganda u bilan to'qnashib ketmaslik kafolatini beradigan oraliq masofani, shuningdek, yo'l harakati havfsizligini ta'minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

    11.11 Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo'llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan, shuningdek, ruxsat etilgan to'la vazni 12 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalarining haydovchilari o'zi va oldida ketayotgan transport vositasi oralig'ida, ularni quvib o'tishi mumkin bo'lgan transport vositalari bemalol yo'lning o'ng tomoniga qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    6-mavzu: To’xtash va to’xtab turish qoidalari (Yo’l harakati qoidalari).

    O‘quvchilarga piyodalarning o‘tish joylari haqida tushunchalar berish, ko‘chada yurish qoidalarini orgatish



    1. To'xtash va to'xtab turish.

      1. Transport vositalariga yo'lning o'ng tomonidagi yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat beriladi.

    Aholi yashaydigan joylarda yo'llarning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga har yo'nalishda kamida bittadan harakatlanish bo'lagi bo'lgan va o'rtada tramvay izi bo'lmagan hamda harakat faqat bir tomonlama bo'lgan yo'llarda ruxsat etiladi.

    Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ko'p bo'lgan yuk avtomobillari harakat bir tomonlama bo'lgan yo'llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to'xtashlari mumkin.



      1. Transport vositalarini qatnov qismining cheti bo'ylab bir qator qilib, kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli transport vositalarini esa ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi.

    Yo'lning qatnov qismi kengaygan ayrim joylarida boshqa yo'l harakati qatnashchilariga halaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda ham qo'yishga ruxsat etiladi.

    Piyodalar harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat engil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to'xtab turishga ruxsat etiladi.



      1. Aholi yashaydigan joylardan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda to'xtab turish faqat buning uchun ko'zda tutilgan maydonchalarda yoki yo'ldan tashkarida ruxsat etiladi.

      2. Quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi:

    tramvay yo'llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga halaqit

    beradigan bo'lsa; tonnellarda, temir yo'l kesishmalarida;

    bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo'lagi bo'lgan ko'priklar, osma yo'l (estakada)lar,

    osma ko'priklar va ularning ostida; to'xtagan transport vositasi bilan sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilagan chiziqdan

    tashqari) orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda; piyodalar o'tish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda; qatnov qismining havfli burilishlarida;

    loaqal bir yo'nalishdagi ko'rinish 100 metrdan kam bo'lgan yo'l do'ngliklari yaqinida;

    qatnov qismlari kesishmalarida va kesilayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (qarama-qarshi harakat yo'nalishlari sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi bo'lak bilan ajratilgan yo'lda, unga yondan tutashgan yo'lning qarama-qarshi tomoni bundan mustasno); bekat maydonchalariga, ular bo'lmaganda esa harakatga halaqit beradigan bo'lsa, belgilangan

    yo'nalishdagi transport vositalari yoki taksining to'xtash joyi ko'rsatkichlariga 15 metr qolganda; transport vositasi svetofor ishoralari, yo'l belgilarini boshqa haydovchilardan to'sib qo'yadigan yoki boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning harakatiga halaqit beradigan joylarda;

    "To'xtash taqiqlangan" yo'l belgisi (3.27) hamda chizig'i (1.4)ning ta'sirlari doirasida.

    14.5 To'xtab turish quyidagi joylarda taqiqlanadi:

    to'xtash taqiqlangan joylarda;

    aholi yashaydigan joylardan tashqarida 2.1 belgisi bilan belgilangan yo'llarning qatnov qismida; temir yo'l kesishmalariga 50 metr qolganda;

    to'xtash va to'xtab turishni taqiqlovchi yo'l belgilari (3.27-3.30) va chiziqlari (1.4, 1.10) ta'sirlari

    doirasida.

    14.6 To'xtash taqiqlangan joyda majburiy to'xtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko'rishi kerak.

    14.7 Agar boshqa yo'l harakati qatnashchilarning harakatiga halaqit beradigan bo'lsa yoki havf tug'dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.

    14.8 Haydovchi transport vositasini o'z-o'zidan harakatlanishini yoki o'zi yo'qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko'rgandan keyingina o'z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    7-mavzu: Serquyosh, hur o’lka!

    Muqaddas Vatan, kindik qonimiz tomgan tuproq, ajdodlarimiz hoki yotgan aziz maskan. Aytgin do‘stim, nima qildik Vatan uchun?



    O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurtni bizga vatan ayladi. Bu muqaddas tuproq jahonga qanchadan qancha daholar, olim-u fuzalolarni, shuarolarni yetishtirib berdi. Vatan ne? deb so’rganlarga bir kaftgina tuproq berdim! deydi shoir. Shu sabab ham vatanga muhabbat ostonadan, ona zamindan boshlanadi. Tanimiz ham tuproqniki – kamtarniki, demak. Har insonning o’z kindik qoni to’kilgan tuprog‘ini – ona diyorini sevishi balki shundandir.

    Vatan! U – beminnat. U – bag‘rikeng. U – suyuk. Ba`zan baralla aytgim keladi: -Vatan mening tomirlarimda!...

    Haqiqatan ham, ona vatanimiz O’zbekiston doimo biz bilan, jo’sh uradi tafti tomirlar ichra. Hech eshitganmisiz, vatani tashlab ketgan odamni? Yo’q, also bunday bo’lmagan, o’zini tamom ila bizlarga bergan onamiz kabi fidoyidir u va ikkisining ham unitib bo’lmas o’z o’rni bordir yuragimizda. Zero, shuning uchun Ona vatan deganimiz shubhasiz to’g‘ri, albatta. Ona vatan tuyg‘usi bu – shu aziz yurtga chin farzand bo’la olish, unga pokiza muhabbat hamda yuksak ehtirom ila qarash demakdir. Ana shu tuyg‘u kabi chin insoniy hislarga ega bo’lgan odam o’z vatanini sevmasligi, vatanidan yiroqda bo’lganida uni qo’msamasligi mumkin emas.

    Men vatanimdan minnatdorman. Quyosh sevgan yurt farzandi ekanimdan behad baxtiyorman. Vatanim menga nima berdi?

    - Baxt berdi. Har kuni iqbol ulashdi. Bag‘rida insoniylikni tuyib ulg‘aydim. Vatan menga o’zimni-o’zligimni tanitdi, kimligimni angladim. Vatan tuyg‘usi, vatan muhabbati tomirlarim uzra jo’sh ura boshladi. Vatan qo’llarimga qalam tutdi. Uning madhini bita boshladim. Vatan menga insonlikni, odam bo’lib yashashni o’rgatdi. Shu yurtda buyuk bobolarimni tanidim.

    Bugun O’zbekiston – yoshlar mamlakati! Har bir farzandining orzu-istaklari uchun qanot bermoqda. Ammo bu dorulomon kunlarga erishguncha yurtimiz boshiga qanchadan qancha musibatlar tushmagan deysiz. O’zbek xalqi qanchalar og‘ir kechmishlarni boshidan kechirsa-da, doim erk istadi, ozodlikka intildi, yaxshi kunlarni orzuladi va erishdi. Ma`rifatparvar adib vatandoshimiz Abdurauf Fitrat o’z kitobida vatanining qayg‘usi va taqdiri haqida shunday yozadi:

    Ey ulug‘ Turon… Sen mening vatanimsan…

    Yurtim, Turonim, sendan ayrilmoq – mening o’limim. Sening uchun o’lmoq – mening tirikligimdir. Panohim, sajdagohim, umidim! Yotlaring seni shu kuygami soldilar? Zolimlar seni kimsasizmi ko’rdilar? Yo’q, sen kimsasiz emassan. Mana, men chin ko’nglum bilan sening yo’lingda o’lurg‘a rozi… Men sening uchun yasharman, sening uchun o’lurman. Ey turklikning muqaddas o’chog‘i! O’lim – sening o’limingni istaganlarga, nafrat – seni ko’mgani kelganlarga! .

    Chin ma`rifatparvar adib Abdurauf Fitrat qalbidagi bu chin vatanparvarlik hissi va vatanga bo’lgan ta`masiz muhabbat unga – ona suti, ona allasi, ona bag‘ri va ona mehr-muhabbati bilan singigan bo’lsa ajab emas. Fitrat she‘rlarini mutolaa qilar ekanman, Vatanni qanday sevadilar?, degan savolga beixtiyor javob topaman. Bu muqaddas zaminda yana ko’plab buyuk daholar o’tganki, ularning asarlarini o’qish-o’rganish vatanni yanada qadrlash va asrab-avaylashga chorlaydi.

    Xalqda bir maqol bor: Badqavm bo’lsang, bo’l, Beqavm bo’lma. Ya`ni yomon qavmdan bo’lsang ham, undan ayrilma. Chunki sen undansan, o’sha qavm ahlidirsan. Zotan, sahroda o’rmalab yurgan jonivorlar ham tug‘ilishidanoq o’z makonlarini biladilar, havoda uchuvchi qushlar ham, dengiz va daryodagi baliqlar ham o’z oshyonlarini taniydilar, his qiladilar. Hatto bolari ham o’z uyasini muhofaza qiladi. Shuningdek, odamlar ham qayerda tug‘ilib, parvarish topsalar – o’sha yerga cheksiz mehr-u muhabbat qo’yadilar. Va inson qalbidagi eng buyuk jasorat ham ana shu muhabbat tufayli yuzaga keladi. Inson o’zini vatanga qanchalar yaqin his etsa, uni shu qadar jonli vujud kabi aniqroq va sevimliroq tasavvur qiladi. Har kimning qalbida o’z vatanining, xalqining jajji qiyofasi yashaydi. Eng muhimi, bu – vatanga muhabbat tuyg‘usi! Binobarin, shu muhabbat barcha mushkulotlarni oson hal qilishda kuch-quvvat beradi, jasoratga undaydi. Aks holda, vatansiz insonga baxt yo’qdir. Vatanlilikning o’zi baxtdir. Ayniqsa, O’zbekiston – mening vatanim!, degan har kishi naqadar saodatmand ekanini unitmasin. Hazrat Alisher Navoiy bejiz bunday yozmagan:

    Vatan tarkini bir nafas aylama,

    Yana ranji g‘urbat havas aylama…

    Zero, vatani borning baxti bor. Bu hikmat donishmand o’zbek xalqidan necha asrlar osha bizlargacha yetib kelgan qalb va tafakkur hosilasidir.

    Mana, men – Yoshlikman!



    Hech olmasman tin.

    Vatan, bir koringga kelar yaragim…

    Menga bor dardingni aytishing mumkin,

    Bugun jussamdan ham katta yuragim.

    Bola edim yetaklab yurguvchi otam

    Kaftida avaylab, suyib o’stirdi.

    Yiqilsam, qo’limdan tutguvchi – vatan

    Suyanchig’im bo’lib suyab o’stirdi.

    Bunda shamollar ham mayin yeladi,

    Qaydan topgum bunday oftobistonni?

    -Endi menga suyan, degim keladi,

    Shart bag’rimga bosib O’zbekistonni!”

    -Mening vatanim – mening onam. Dunyoda undan go’zal yo’q. Dunyoda undan halol yo’q, undan kechiruvchan yo’q, undan mehribon yo’q. U nima qilsang ham kechiradi. Sen ham xuddi shunday mehribonsan, vatanim! Tinch va osoyishta kunlaring qadrini-da bilmaganlar – bir siqim tuprog‘ingga zor bo’lmaydimi, axir? Vatan deb bag‘ri-dili qon bo’lgan, jonini sening sarhadlaring himoyasi uchun qurbon qilganlar ruhi hurmati, sen in`om etgan o’sha bebaho boylikni asrash uchun aziz jonidan kechgan ajdodlarimiz roziligi uchun tinchligingga rahna solmoqchi bo’lganlarni, oppoq tongdek hayotingga tun cho’ktirmoqni o’ylagan nokaslarni, xoinlarni yaqiningga yo’latma!



    Farzand bo’lsa o’z bag’ringni yulib chiqqan, Sen ularni farzandim ham dema, vatanim!...

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================




    Download 13.42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 13.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    (1 oktyabr – O’qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

    Download 13.42 Mb.