• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev




    Download 13.42 Mb.
    bet19/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13.42 Mb.
    #4656
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    30-mavzu: Ijobiy fikrlash va salbiy his-tuyg’ularni boshqarish bilim-ko’nikmalari

    Tushkunlikka tushgan, past bahoga o’qiyotgan va do’stlaridan chetda qolgan o’quvchilarni sog’lom fikrlash va his tuyg’ularni boshqarishga o’rgatadi. (Maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi)

    Fikr yoki g‘oya bu - aqlimizning ijod faoliyati mahsulidir. Aqlimizda turli muammolarning yechimi yoki yangiliklar haqida fikrlar tug‘iladi. Fikrlar odatda biror hayotiy muammo yechimini izlash jarayonida shakllanadi. Biror bir vazifa haqida o‘ylaganda, biror qiyin vaziyatga tushganda inson fikrlashga majbur bo‘ladi. Ba‘zi hollarda insonda istamagan holda ham ajoyib fikr tug‘ilishi mumkin. Ko‘p olimlar shuni tan oladilarki, ularning aksariyati biror masalaning yechimini izlayotganda bir joyda o‘tirmas, balki albatta harakatda bo‘lib turishi kerak. Qachonki bizning tanamiz harakatda bo‘lsa, shunda aqlimizga muammolar yechimi oson kelar ekan.

    Sog‘lom fikrlash uchun nima qilish kerak ?

    G‘oya aqlimizga qayerdan va qanday keladi ?

    Qanday qilib aqlimizda yangi fikrlar paydo qilishimiz mumkin ? Inson miyasida yangi fikrlar kelishi uchun nima qilish kerak ?

    Ma‘lum bo‘lishicha odam piyoda yurayotganda yoki hojatxonada o‘tirganda ijodiy fikrlar kelishi mumkin ekan... Nega shunday? - degan savollar insonni qiynashi mumkin. Siz qaysi soha vakili bo‘lishingizdan qat‘iy nazar fikrlashga muhtoj bo‘lasiz. Miyangizga kelgan tovushsiz gaplar ni amalda bajarib ko‘rasiz. Rassom yoki naqqosh, fizik yoki matematik, muhandis yoki arxitektor bo‘lasizmi, kompyuter dasturchisi yoki dizayner bo‘lasizmi, buning farqi yo‘q, siz fikrlay boshlasangiz aynan o‘zingiz qiziqqan sohada siz uchun yangi g‘oya (fikrlar) aqlingizga keladi. Xudo insonni juda mukammal qilib yaratganki, uning ichki dunyosida ham katta olam bor. Inson fikrlay boshlasa, yechim topiladi. Har qanday istalgan savolingizni (u qanchalik murakkab bo‘lmasin yoki hech kim javob topolmagan bo‘lsa ham), agar astoyidil bir necha kunlar yoki oylar davomida o‘ylasangiz, bir kun javob topiladi. Bu hol ko‘p tajribalarda kuzatilgan. Insonning aqliga fikrlar qayerdan keladi ? - degan savol tug‘iladi.

    Ko‘pchilikka sir emaski, ijodiy ish bilan shug‘ullanadigan ba‘zi kishilar, xususan ba‘zi yozuvchilar mast qiluvchi ichimlik istemol qilib turadilar. Buning boisi, mast bo‘lgan odam boshqa muammolarni unutadi va miyasi orom oladi. Lekin buning oqibati albatta yomon hisoblanadi. Muammolar yechimini topishning yo‘li agar biror masala yoki muammoning yechimini izlayotgan bo‘lsangiz, uzoq masofa tekis yo‘lda piyoda yurayotgan paytingizda fikrlang. Eng kamida 3 kun davomida fikrlasangiz yanada yangi g‘oyalar aqlingizga kelaveradi. Iloji bo‘lsa, yon daftarcha va ruchka ham olib yuring. Agar, zamonaviy smartfon telefoningiz bo‘lsa, uning note finksiyasidan foydalanish mumkin. Dmitriy Mendeleyevning yozuv stoli ancha baland bo‘lib, ko‘pincha tik turgan holda yozar ekan. Aytishlaricha, u birorta mashhur ilmiy ishini o‘tirgan holda yozmagan ekan. Xonada tikka harakat qilib turgan holatda aqliga kelgan fikrlarni qog‘ozga tushirgan ekan. Yana ba‘zi holatda inson aqliga kutilmagan ajoyib fikrlar kelishi mumkin. Eng ajoyib fikrlar ko‘pincha uyquga ketishdan oldin kelar ekan. Odam yarim uyqu aralash fikrlasa, nima haqida bo‘lmasin shu o‘ylayotgan narsasi haqida yangi g‘oyalar kelishi mumkin ekan. Ammo ertalab uyqudan turganda bunday bo‘lmaydi. Yana, bundan tashqari, hammomga kirib cho‘milish paytida ham inson fikri sokinlashar ekan. Iliq suvda cho‘milish paytida xotirjam bo‘lib fikrlaganda ham aqlga ijodiy fikrlar kelar ekan. Insonga yoqimli bo‘lgan sokin musiqa ohangi ham insonni ruhlantirishi mumkin. Odamni sokinlashtiradigan pianino yoki nay ohangi ta‘sirida ijodiy kayfiyat paydo bo‘lishi mumkin. Ovqatlanish fikrlashga foydami? Och qorinda odamning xayoli ovqatda bo‘ladi. Och qorinda odamning boshi og‘rishi mumkin. Ijodiy fikrlash uchun qorin juda och bo‘lmasligi, shu bilan birga juda to‘q ham bo‘lmasligi kerak. Mumkin qadar, yengil ovqatlanish kerak. Meva, sabzavot, salatlar bilan taomlanish kerak. Baliq go‘shti ham inson miyasiga juda foydali. Juda to‘yib ovqatlanish fikrlashining sustlashuviga olib keladi va odam dangasa bo‘lib, hatto o‘ylashga ham madorsiz bo‘ladi. Ob-havo ham odamning fikrlashiga ta‘sir ko‘rsatadi. Issiq havo odamni lanj (sust) qiladi. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanish uchun salqin havo qulay. E‘tibor bersangiz, shimoliy mamlakatlarda – sovuq o‘lkalarda yoki dengiz bo‘yida yashaydigan xalqlar ichida ko‘plab olimlar va kashfiyotchilar yetishib chiqqan. Xullas, Odamning aqliga yangi fikr – g‘oyalar kelishi uchun miya sokin va orom olishi kerak. Fikr keladigan vaziyatlar bu: yotish payti - uyqudan oldin, hammom yoki hojatxona, yo‘l yurish payti, sokin musiqa ohangida. Aqliy mehnat uchun mo‘tadil havo ham yordam beradi.



    Psixologlarning kuzatishicha, ko‘rgazmali obrazlarni idrok qilishda idrok qilingan belgi va so‘zlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi, ya‘ni ko‘rish tajribasining verballashuvi yuz beradi.

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    31-mavzu: Til – dil kaliti (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida). Fan o‘qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.

    Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash,

    yoshlarimiz zamonaviy bilim va kasb-hunar sirasrorlarini chuqur o’rganishi uchun zarur shartsharoitlar yaratish masalalariga ustuvor ahamiyat berilmoqda.

    Farg’ona davlat universitetida ham

    ta‘lim-tarbiya tizimi va xalq xo’jaligining turli sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda, fanning dolzarb yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilayotir.

    Universitetda o’z intellektual salohiyatini oshirayotgan talabalar orasida

    iste‘dodli yigit-qizlar ko’p. 2011-2012 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga sazovor bo’lgan Marg’ilon shahrida yashovchi Azizbek Axtamov ham ana shunday yoshlar sirasiga kiradi.

    Azizbek bolaligidan chet tillarini o’rganishga qiziqdi. Shahardagi nemis tiliga ixtisoslashgan 6-umumta‘lim maktabida ta‘lim oldi. Ustozlari ko’magida nemis tilini puxta o’zlashtirgan Azizbek 2008-yili Farg’ona davlat universiteti filologiya fakultetining nemis tili yo’nalishi bo’yicha o’qishga qabul qilindi. Ayni paytda u mazkur oliy ta‘lim dargohining IV kurs talabasi. Ilmga chanqoq, xorijiy tillarni mukammal o’rganishga ishtiyoqi baland, izlanuvchan Azizbek jamoat ishlarida faolligi bilan ham tengdoshlariga o’rnak bo’layotir. Hozirgi kunda u Chet tili darslarida guruh ishlarini qo’llash mavzuida ilmiy izlanish olib bormoqda.

    Davlatimiz tomonidan biz, yoshlarni chuqur bilim olishimiz, tanlagan

    sohamizning yetuk mutaxassisi bo’lib yetishishimiz uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan, – deydi Azizbek.

    Bunday katta e‘tibor va g’amxo’rlikka javoban astoydil o’qib-izlanishimiz, elu yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shishga bor kuch-g’ayratimiz bilan intilishimiz kerak. Prezident stipendiyasi sohibi bo’lganimdan baxtiyorman.

    Azizbek bo’sh vaqt topishi bilan universitetning axborot-resurs markaziga

    oshiqadi. U yerda eng so’nggi adabiyotlar bilan tanishadi, o’qiydi, internet orqali ilmiy izlanishlariga oid ma‘lumotlar topadi.

    Bilimlarini yanada boyitish maqsadida tinmay o’qib-izlanayotgan Azizbek mamlakatimiz miqyosida o’tkazilayotgan fan olimpiadalari va ko’rik- tanlovlarda faol ishtirok etayotir. Xususan, 2010-yili nemis tili bo’yicha olimpiadada faxrli ikkinchi,

    2011-yili Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Notiqlik san‘ati tanlovida birinchi o’rinni egalladi. Uning asosiy mutaxassisligi nemis tili bo’lsa-da, ingliz va rus tillarini ham o’zlashtirgan. Bu tillarda bemalol gaplasha oladi. Xalqimiz, til bilgan – el biladi, deb bejiz aytmaydi.

    Yoshlik – ezgu orzu-umidlar sari intilish davri. Bu pallada o’z oldiga aniq maqsadlarni qo’yib, ular sari dadil odimlagan yigit-qizlar, albatta, muvaffaqiyatga erishadi.



    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________

    ==========================================================

    32-mavzu: Kitob eng yaxshi do’st.

    Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda. O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o‘rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o‘qishga bo‘lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.

    Ba'zi-ba'zida quloqqa chalinib qoluvchi gaplar orasida ilm manbai bo’lmish kitob mutolaasi bilan bog’liq so’zlarni ham eshitamiz. Necha asrlar osha zamonlar zalvorini ajdoddan avlodga yetkazayotgan, insoniyatni buyuk tamaddunlarga yetaklayotgan va uning shonshuhratini o’zida abadul-abad muhrlab kelayotgan kitoblarga nisbatan odamzotning bunday sust munosabati, albatta, aksariyat ziyoli kishilarni tashvishlantirmay qo’ymaydi. Fan-texnika, avtomatika, informatika kabi sohalarning jadal taraqqiy etishi zamirida kitob

    mutolaasiga bo’lgan ehtiyojning susayishini ayrimlar tabiiy hol tarzida qabul qilishadi, ular kitob insonga hamisha ham tirgak bo’lolmasligi, u qachondir o’z o’rnini o’zidan mukammalroq vositaga bo’shatib berishi lozimligini va o’sha "voris" mavjudligini ta'kidlab tolmaydi. Yana ayrim toifadagilar esa kitobdan voz kechishning iloji yo’qligi, madaniyat, tarix va xayolot olamiga sayohat qilishda undan yaxshiroq manbani topib bo’lmasligiga alohida urg’u beradi. Bizningcha ham kitob hech qachon zamon va makon maslagiga, zayliga bosh egmaydi.

    Quyida aziz gazetxonlarni Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlaridagi eng yirik va qadimiy kutubxonalar bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilamiz. O’zbekning kechmishi ko’chgan nurxona...



    1870 yilda tashkil topgan Toshkent xalq kutubxonasida dastlabki yillarda 1200 nomdagi 2200 jildlik qo’lyozma va bosma kitoblargina bor edi. Ammo shunga qaramay, xalq kutubxonasi Markaziy Osiyo mintaqasida yagona va eng yirik tafakkur tarqatish o’chog’i bo’lib kelgan. Eng qimmatli yodgorliklar sifatida aynan Usmonli turk davrida ko’chirilib, xon saroyidagi kutubxonada saqlangan "Usmon Qur'oni" (yaqindan boshlab poytaxtimizdagi Hastimom masjidida saqlanmoqda), N.I.Veselovskiyning Samarqand shahri va Go’ri Amir maqbarasiga taalluqli ma'lumotlar bitilgan me'moriy yodgorligi, chorizm qo’shinining yurtimizga bostirib kirib, o’lkani talon-taroj qilganligidan guvohlik beruvchi hujjatlarni keltirib o’tish mumkin.

    1920 yilning may oyida Toshkent xalq kutubxonasiga Davlat kutubxonasi maqomi berildi.

    Oradan to’rt yil o’tgach, 1924 yil 26 dekabrda Turkiston davlat kutubxonasi O’rta Osiyo kutubxonasi nomini oldi. Yana ko’p o’tmasdan, O’zbek Davlat kutubxonasi degan atama ostida faoliyatini davom ettira boshladi.

    1948 yilning may oyida kutubxona tarixida unutilmas voqea ro’y berdi, Ikkinchi jahon urushi sababli orqaga surilib kelgan buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan muassasa nomi yana bir bor o’zgartirildi: Alisher Navoiy nomidagi O’zbek Davlat kutubxonasi! Bu o’sha yillardagi o’zbek xalqi, millati qo’lga kiritgan eng katta yutuq edi. 1930 yildan deyarli 1956 yilgacha kutubxona uchun sho’ro hukumatining "tashqi olam"dagi siyosiy holati tufayli xalqaro munosabatlar mavzusi "eshiklari" yopildi va tabiiyki, turkistonliklar faqat ruscha va mahalliy tilda chop etilgan kitoblarnigina qabul qilishga, kitobxonlarga tavsiya etishga majbur bo’ldi. 70-yillarda esa aholining kitob o’qishga bo’lgan qiziqishi oshdi va kutubxonadan boshqa joylardan ham kitoblarni topib o’qish mumkinligini anglab yetdilar. Shuning uchun totalitar tuzum ma'murlari kutubxonada xalqaro munosabatlarning qayta tiklanishiga monelik qilolmadi va Bolgariya, Germaniya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Chexoslavakiya (hozirgi Chexiya va Slovakiya), keyinchalik AQSh, Frantsiya va Yaponiya singari davlatlardagi jahonga tanilgan kutubxonalar bilan "kitob almashtirish" borasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    33-mavzu: Yozgi ta’tildagi rejalarim. O`quvchilarga yozgi ta‘tilni mazmunli o`tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.

    Yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar badiiy ijodiyoti va sportini ravnaq toptirish, maktab o’quvchilarini yaqinlashib kelayotgan yozgi ta‘til davrida turli fan, badiiy ijodiyot, sport-sog’lomlashtirish to’garaklariga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan ushbu festivalda ishtirokchilar poytaxtimizdagi maktabdan tashqari ta‘lim muassasalari bilan atroflicha tanishtirildi. Bugungi kunda shahrimizda yuzga yaqin o’quvchilar ijodiyot, texnik markazlari, musiqa va san‘at maktablari, sport majmualari, bolalar sport maktablari faoliyat ko’rsatmoqda. Yozgi ta‘til davrida shahrimizdagi umumta‘lim dargohlaridagi 143 ming nafar 5-8-sinf o’quvchilarining aksariyatini maktablar qoshida tashkil etiladigan oromgohlar, to’garaklar, sport seksiyalari, ijodiyot markazlariga jalb etish ko’zda tutilgan.

    – Bizning majmuamizda Sobir Rahimov tumanidagi «Qorasaroy», «Guruchariq», «Sag’bon», Hazrati Imom nomidagi mahallalar hamda Qoraqamish mavzesida yashovchi bolalar sport bilan shug’ullanadi, – deydi «Istiqlol» sport majmuasi rahbari Ravshan Yunusov. – Yozgi ta‘til davrida sportning futbol, stol tennisi, yengil atletika, shaxmat, shashka kabi turlari bo’yicha seksiyalardagi mashg’ulotlarni yanada ko’paytirishni rejalashtiryapmiz.

    Madina Mirzaahmedova poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 80-umumiy o’rta ta‘lim maktabida o’qiydi. Uning aytishicha, mazkur tadbir natijasida o’zi istiqomat qilayotgan tumandagi bolalar sport maktabidagi suzish seksiyasiga, shahar o’quvchilar ijodiyot markazining kompyuter savodxonligi, chevarlik to’garaklariga a‘zo bo’lgan. Bu uning yozgi ta‘tili sermazmun va maroqli o’tishiga xizmat qiladi.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    34-mavzu: Psixologik madaniyat va psixologik salomatlik bilim-ko’nikmalari

    Sinfda qolaversa butun maktabda psixologik madaniyatni shakllantirish hamda psixologik

    salomatlik bilim-ko’nikmalarini oshiradi. (Maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi)

    Har yangi oʼquv yili boshlanganda oʼtgan oʼquv yili maktab o‘quvchilari qo‘lga kiritgan natijalarini atroflicha tahlil qilish, yangi oʼquv yili oldidan taʼlim-tarbiya bilan bogʼliq dolzarb yoʼnalishlarni belgilab olish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, xususan, taʼlim-tarbiya jarayonidagi faolligini oshirish, huquqiy bilim koʼnikmalarini mustahkamlash, Vatanimizning bugungi va ertangi taraqqiyotiga daxldorlik, milliy gʼurur va iftixor tuygʼusini yuksaltirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni mazmunan boyitish kabi ustuvor yoʼnalishlar alohida muhokama qilinishi talab etiladi.Yuqoridagilardan kelib chiqib, maktabdada taʼlim-tarbiya jarayoni sifat koʼrsatgichini oshirish, jismonan sogʼlom, maʼnaviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti, ota-onalar va fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlarining taʼlim muassasalari bilan oʼzaro hamkorligining samaradorligi va natijadorligini taʼminlash koʼzlangan maqsadga erishishning asosiy omili hisoblanadi.Bu borada quyidagi koʼrsatma, tavsiya va talablarga muvofiq ishni tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

    OʼQUVCHI DАFTАRIGА QOʼYILАDIGАN TАLАBLАR

    Oʼquvchi maʼnaviyatini shakllantirishda taʼlim-tarbiya jarayoni, targʼibot ishlari va ibrat koʼrsatish kabi pedagogik jihatlar bilan birga oʼquvchilar foydalanyotgan oʼquv qurollarining mazmunmohiyati, uning bezatilishi va sifati kabi masalalar muhim oʼrin tutadi.

    Xususan, oʼquvchi tomonidan oʼquv yili davomida foydalanadigan «daftar», uning sifati va muqovasining qay mazmunda bezatilganligi oʼquvchining maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga qaysi maʼnoda ijobiy yoki salbiy taʼsiri bugungi kunda yechimini kutayotgan dolzarb masalalardan biriga aylandi.

    Keyingi yillarda davlat va nodavlat bosmaxonalar tomonidan isteʼmolga chiqarilayotgan, shuningdek xorijiy davlatlardan keltirilayotgan daftarlarning aksariyati bizning milliy-maʼnaviy xususiyatlarimizga toʼgʼri kelmaydi. Xususan: daftar ekologik toza, davlat standarti va gigienik talablarga toʼliq javob beradigan materialdan tayyorlanishi; daftar muqovasida ilm-fan, texnika, tibbiyot, sanʼat va adabiyotni rivojlantirishga hissa qoʼshgan alloma, mutafakkir, olim, fan arbobi, tarixiy shaxs, yozuvchi, shoirlarning suratlari, ular haqidagi qisqacha maʼlumot hamda taʼlim tarbiyaga oid chaqiruv soʼzlarini boʼlishi belgilangan.

    MOBIL АLOQА VOSITАLАRIDАN FOYDАLАNISh QOIDАLАRI

    Mobil telefondan foydalanganda chiqadigan elektromagnit nurlanishlar foydalanuvchilarning organizmiga salbiy taʼsir koʼrsatishi maʼlum. Bu borada «Qoʼl telefonidan foydalanishning sanitar norma va qoidalari» (SanPiN № 0189-05)da mobil aloqa vositalari faqat sanitar-epidemiologik stantsiyalarning hulosasi asosida muomalaga chiqarilishi taʼkidlanib, undan foydalanish vaqti 3-4 daqiqadan oshmasligi, 18 yoshga toʼlmaganlar va homilador ayollarning foydalanishi chegaralangan.

    Bu borada Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi «Oʼzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 139-sonli qarorini qabul qilinishi ayni muddao boʼldi. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash yuzasidan vazirlikning 2012 yil 25 maydagi 165-sonli buyrugʼi bilan «Oʼzbekiston

    Respublikasi taʼlim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi toʼgʼrisida Nizom» barcha o‘quvchilarga yetkazildi.

    Bugungi kunda mobil telefondan maqsadli foydalanish boʼyicha oʼquvchilar, oʼqituvchilar va

    ota-onalar oʼrtasidan keng tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etiladi.

    KOMPYUTERDАN FOYDАLАNISh

    Kompyuter texnikalaridan meʼyoridan ortiqcha foydalanishning oʼquvchilar salomatligiga zararli taʼsirini umumiy oʼrta taʼlim maktablarida oʼqitiladigan maxsus oʼquv fanlari doirasida alohida tushuntirish lozim.

    «Kompyuter texnikasi va videotasvirli uskunalardan foydalanishning sanitar norma va qoidalari»

    (SanPiN № 0224-07) da oʼquv mashgʼulotlari vaqtida displey qarshisida uzluksiz boʼlish vaqti:

    5-sinf oʼquvchilari uchun 15 daqiqagacha;

    6-7-sinf oʼquvchilari uchun 20 daqiqagacha; 8-9-sinf oʼquvchilari uchun 25 daqiqagacha.

    UMUMIY OʼRTА TАЪLIM MАKTАBLАRI OʼQUVChILАRINING KIYINIShI VА TАShQI QIYOFАSIGА QOʼYILАDIGАN TАLАBLАR

    Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 iyundagi Davlat umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida gi 666sonli qaroriga oʼzgartirishlar kiritish haqidagi 509-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror talablar oʼquvchilarda koʼp jihatdan tenglik, hamkorlik xissini uygʼotadi, eʼtiborini taʼlim-tarbiya olishga toʼla jalb qilib, taʼlim olishdan chalgʼitadigan toʼsiqlarni olib tashlashga xizmat qiladi.

    Oʼz navbatida o‘quvchilarning kiyinish madaniyati, tashqi qiyofasini oʼquvchilarga har tomonlama ibrat boʼlishi taʼlim-tarbiya jarayoniga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, 2020-2021 oʼquv yilidan boshlab oʼquvchilar umumtaʼlim maktablariga belgilangan tartibda oʼquvchi formasida kelishlari belgilandi.



    Bugundan boshlab, oʼquvchilarning kiyinishi va tashqi koʼrinishiga qoʼyilgan talablarni oʼquvchilar va ota-onalarga tushuntirish ishlari kuchaytirish muhim vazifadir.

    TUZUVCHI: 8 “___” SINF RAHBARI _______________________

    Download 13.42 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 13.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim. Shavkat Mirziyoyev

    Download 13.42 Mb.