TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
==========================================================
27-mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati (Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).
O`quvchilarning buyuk davlat arbobi va jahongir lashkarboshi, Sohibqiron Amir Temurga bo`lgan cheksiz hurmatlarini yanada rivojlantirish hamda ular ongiga Amir Temur bobomiz faxrimizg`ururimiz ekanligini singdirish.
Turkiston amirlari o`rtasida bo`lgan kurashlarda g`olib chiqqan Amir Temur 1370 yil 9 aprel kuni, bu-Qur‘oni karim nozil etilgan ramazon oyi o`n ikkinchisida, chorshanbai murodbaxshda yuz berdi,- Turkiston taxtini egalladi. Shunda Amir Temur 34 yoshga kirgan edi. Amir Temur XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr boshida jahonda siyosiy iqlimni belgilashda katta nufuzga ega bo`lgan siymo darajasiga ko`tarildi, jahon tarixiga ta‘sir o`tkazuvchi davlat arbobiga aylandi.
Buyuk shaxslarni millat qayg`usi, xalq dardi yaratadi, deb ta‘kidlagan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: Dunyoning qaysi yerida, qaysi zamonda Amir Temurdek buyuk sarkarda, Amir Temurdek buyuk davlat arbobi, Amir Temurdek ilm-fan, ma‘naviyat va ruhoniyat homiysi bo`lgan?
Chindan ham, o`rta asrlar sharoitiday murakkab bir davrlarda yashab, o`zining jon huzurini emas, balki dastavval Vatan ravnaqi g`amini chekish, parokanda yurtni birlashtirish, ilmu fan homiysi-yu bunyodkor bo`la olish Amir Temurning favqulodda bir shaxs ekanligini ko`rsatadi.
Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.
Amir Temur ordeni, Amir Temur haykallari,Amir Temur va temuriylar muzeyi, Amir Temur ko`chasi, Amir Temur bekati, Amir Temur mahallasi, Amir Temur mavzesi, Amir Temur nomli maktab, Amir Temur guruhi. Shundan xulosa qilishimiz kerakki, millat, xalq, yurt, vatan uchun xizmat qilgan, kerak bo`lsa jonini fido qilganlar mana shunday ulug`lanadi.
XALQ YARATGAN DAHO
XX asr o`zbek adabiyotida Amir Temur uchun kuyib-yonganlardan va ehtimol, birinchisi-otashin ma‘rifarparvar adib Abdurauf Fitratdir.
Temur oldinda maqolasida Sohibqiron maqbarasini ziyorat etgan adib ko`nglida nechog`lik hayojanli tuyg`ular kechganligining guvohi bo`lamiz:
Sening ziyoratingga keldim, sultonim!..-deb hayqiradi adib.- Ulug` xoqonim! Turklik sharafi talandi. Turkning nomusi, e‘tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyog`lari ostinda qoldi. Turkning yurti, ulog`i, o`chog`i, Turoni yot qo`llarga tushdi! Xoqonim! Turklikka xiyonat qilganlar turk bo`lsalar ham qonlarini oqitmoq sening muqaddas odatingdur, yotma, tur! Sening omonatingga xiyonat qilganlarni ez, ur, o`ldir! Men uch kunlik umrimni tinchgina o`tkazmakchi bo`lmasa erdim, shularning birortasi bo`lmas edi. Men qo`limga topshirdig`ing qilichni tashlab, cholg`uni olmasa edim,Turonim talanmas edi… Ey arslonlar arsloni! Menim yozuqlarimdan o`t, mening qo`limni tut, belimni bog`la, muqaddas fotihangni ber! Sening dunyoga sig`magan g`ayratingga ont ichamanki, Turonnning eski sharaf va ulug`ligini qaytarmasdanburun oyoqdan o`tirmasman! (Hurriyat gazetasi, 1917 yil 31 oktabr soni).
SOHIBQIRON FARZANDLARI
Amir Temurning to`rt o`g`li va ikki qizi bo`lgan. Farzandlar- o`g`illar ham, qizlar ham harbiy san‘at sirlaridan yaxshi xabardor bo`lishgan. Jahongir Mirzo Amir Temurning Turmush oqa degan xotinidan dunyoga kelgan. Jahongir Mirzoning singlisi Oqa Begi xonim bo`lgan. Amir Temurning yana Umarshayx Mirzo, Mironshoh Mirzo, Shohruh Mirzo singari o`g`illari, Sulton Baxt begim degan shaddod qizi bo`lgan.
Sohibqiron mehribon ota, qattiqqo`l murabbiy sifatida barchasini diqqat markazidan qochirmasdi. Topshiriq: Amir Temur bobomiz haqida yozilgan asarlardan birini tahlil qilish. Bu bilan o`quvchilarda vatanparvarlikni rivojlantirish, Amir Temurga bo`lgan g`urur va faxrlanish yanada kuchli bo`ladi va tarixiy asarlarga, kitoblarga yanada qiziqish uyg`onadi . Masalan: O`zbekiston xalq yozuvchilari Pirimqul Qodirovning Buyuk siymo, Muhammad Alining Sarbadorlar, Nurali Qobulning Buyuk Turon amiri yoxud aql va qilich kabi.
TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
==========================================================
28-mavzu: Velosiped va aravalar harakatlanishiga doir talablar (Yo’l harakati qoidalari).
АКТ, yo‘l harakati qoidalariga oid ko’rgazmalar, rasmlar
Katta yo’llarda velosipedda harakatlanish bu - mashinada yoki piyoda harakatlanishdanda qiyinroqligini unutmang.
Velosiped va aravalar harkatlanishi, shuningdek, xayvonlarni xaydab o’tishga doir qo’shimcha talablar bobi 9 bandni o’z ichiga oladi:
1 -band. Velosiped va aravachalarni boshqarishni boshlang’ich yoshi;
band. Velosiped, moped va aravachalarning harakatlanish joyi;
band. Vilosipedni jihozlanish tartibi;
band. Vilosiped va moped haydovchilariga taqiqlangan harakatlar;
band. Chorrahadan tashqaridagi harakat tartibga solinmaydigan joyda velosiped haydovchilariga majburiyat yuklaydi.
band. Ot aravalar haydovchilariga majburiyat yuklaydi.
band. Haydovchilarning hayvonlarni xaydab borish tartibi;
band. Xayvonlarni temir yo’l kesishmasidan haydab o’tish tartibi;
band. Hayvonlarni minib yoki haydab ketayotgan va aravani boshqarayotgan shaxslarga taqiqlangan harakatlar.
velosiped yo’lkasi bo’lgani xolda yo’lning qatnov qismida xarakatlanish;
tramvaylar xarakatlanadigan yo’llarda va tegishl yo’nalishda bo’lagi bittadan ko’p bo’lgan yo’llarda chapga burili yoki qayrilib olish;
velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek ulardan shatakka olishda foydalanish, (velosiped yoki mopedlarga mo’ljallangan tirkamalar bundan mustasno).
Chorraxadan tashqaridagi xarakat tartibga solinmaydigan joyda velosiped yo’lkasida borayotgan velosipe va moped xaydovchilari bu yo’lka bilan kesishgan yo’llarda xarakatlanayotgan transport vositalariga yo’l berishlari kerak.
Ot-aravalarda orqaga tisarilib ketishga yo’l qo’ymaydigan tirgaklar va uni to’xtatib turadigan moslama bo’lishi kerak.
Qorong’i vaqtda va yetarli ko’rinmaslik sharoitida yo’lda xarakatlanayotgan ot-aravaning old tomoniga oq rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroqcha yoki ikkita nur qaytargich o’rnatilishi kerak.
yondosh xududdan yoki ikkinchi darajali yo’ldan ko’rinish cheklangan joylarda yo’lga chiqayotgan arava xaydovchisi xayvonlarning jilovini qo’yib yubormasligi kerak.
Xayvonlar yo’llarda, asosan, kunning yorug’ vaqtida xaydab borilad i. Podachilar xayvonlarni mumkin qadar yo’lning o’ng chetidan olib yurishlari kerak.
Temir yo’l kesishmalari orqali o’tishda podachilar sonini xisobga olgan xolda xayvonlar podasi xavf-xatarsiz xaydab o’tilishi ta’minlanadigan to’dalarga bo’linishi lozim.
Aravani boshqarayotgan, xayvonlarni minib yoki xaydab ketayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
yo’llarda xayvonlarni nazoratsiz qoldirish;
podani temir yo’ldan va yo’lda maxsus ajratilmagan joylardan, shuningdek, ruxsat etilgan joylarda esa qorongi vaqtda va yetarli ko’rinmaslik sharoitida xaydab o’tish;
xayvonlarni mukammal qoplamali yo’llardan xaydab borish;
ko’kalamzorlashtirilgan joylarda (yo’l, yo’l yoqasi, ajratuvchi bo’lak va x-k.) xayvonlarni boqish va bog’lab qo’yish.
TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
==========================================================
29-mavzu: Vatanni sevmoq iymondandir (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‘ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo‘lish xislatlarini tarbiyalash.
Vatan kengdir elning bag`ri keng uchun, Yurtboshining mehri quyoshga teng uchun.
Bu imkon, bu zamon senu men uchun,
Bu muqaddas Vatanda azizdir inson
Iqbol Mirzo
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o'z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma'naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, tarixiy xotira tuyg'usi to'laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o'tgan yo'l o'zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo'qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o'rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo'ladi.
Ma'lumki, 1937—1953-yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatag'onlar amalga oshirilgan edi. Uning salbiy oqibatlarini o'zimizga tasavvur etish uchun birgina O'zbekiston bo'yicha qariyb 100 ming kishi qatag'onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlanganini eslash kifoya.
Insoniy qadr-qimmati toptalgan, hayoti poymol etilgan bu odamlar orasida nafaqat arbob va ziyolilar, balki yuzlab oddiy insonlar, yurtimizda istiqomat qilgan deyarli barcha millat va elatlarning vakillari bor edi. Shu davrda qanchaqancha odamlarning o'z oilasidan judo boigani, ayollar bevalikka, go'daklar yetimlikka mahkum etilganini, minglab mirishkor dehqonlarning quloq sifatida olis o'lkalarga surgun qilinganini inobatga olsak, xalqimiz boshiga tushgan bu fojianing dahshati yanada yaqqol namoyon bo'ladi.
El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo'lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va millatimizning yaqin o'tmishidagi yopiq sahifalarini tola ochib berish, shu tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni shakllantirish, begunoh qurbon bo'lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz uchun ham qarz, ham farz edi.
Ana shu insoniy burchimizni ado etish maqsadida 2000-yili poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag'on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko'mib tashlangan. necha yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo'zsuv kanali sohilidagi Alvastiko'prik deb nom olgan jarlik o'rnida Shahidlar xotirasi xiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va jamg'arma tashkil qilindi.
2001 -yildan e'tiboran 31-avgust yurtimizda Qatag'on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Har yili 31-avgust tongida bu maskanda xalqimizning qadimiy urf-odatlariga ko'ra osh tortib, Qur'on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an'anaga aylanib qoldi.
Bu ishlar xalqimiz, unib-o'sib kelayotgan farzandlarimizning ong-u shuurida tarixiy adolatga ishonch va insoniylik fazilatlarini qaror toptirish, ularning ma'naviy olamini kengaytirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekani bilan ayniqsa e'tiborlidir.
Ma'lumki, sobiq SSSR davrida 9-may har yili G'alaba kuni sifatida bayram qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paradlar o'tkazilar edi. Biz mazkur sananing asl insoniy ma'nomohiyati hamda jamoatchiligimizning bu boradagi taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, 9may kunini mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlashga qaror qildik. Bu voqea. hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to'laqonli tiklash yo'lida hayotning o'zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo'lganini aytish lozim.
Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini o'zida ifoda etgan eski yodgorliklar o'rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga hamohang bo'lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali o'rnatildi.
Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan yurtdoshlarimizning nomlari maxsus ishlangan lavhalarga zarhal harflar bilan yozib qo'yilgani, ular haqidagi ma'lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat «Xotira» kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz tarixida ibratli ma'naviy voqea bo'ldi.
(Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch)
Topshiriq: Xotira maydoni haqida har bir o`quvchi insho yozadi.
|