• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida)




    Download 13,42 Mb.
    bet15/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13,42 Mb.
    #4656
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

    (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida).


    Fan o‘qituvchilari bilan birgalikda fan oyligini yuqori saviyada tashkil etish.



    Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, bunda bizdan kuchli bilim talab qilinadi”

    taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o`zgardi, ya‘ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg`unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asrning 40-yillarining oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi natijasida fanning o`zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o`zgarishlari vujudga keldi. Natijada har 1015 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki, XX asrning 70-yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % idan ko`prog`ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o`sish foizi aholining o`sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya‘ni fan va ta‘lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.

    Natijada XX asrda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo`yicha ilmiy muassasalar tashkil bo`la boshladi hamda yangi nomdagi fan yo`nalishlari va ularga xos ta‘lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernEtika, matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estEtika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo`nalishlaridir.

    Keyingi chorak asr davomida ilmiy-texnik taraqqiyotiga nazar tashlasak, bu davr ichida ko`pincha, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo`lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligining shohidi bo`lamiz. Fanlarning o`zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo`la boshladi. Bular ta‘lim mazmuniga ham sezilarli ta‘sir ko`rsatdi va bular o`z navbatida texnikatexnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo`jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko`lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan-texnika yutuqlarini o`z navbatida yoshlarga yetkazib boorish, hozirgi zamon darslariga qo`yilgan talablardan biridir.

    Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borishi bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirgunlarigacha hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma‘lum tasavvurlarga ega bo`lishlari lozim.

    Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o`rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg`or fan va texnikatexnologiyalar tufayli inson atrof-muhit bilan faol hamkorlikda bo`ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko`rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan KibernEtika nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo`ldi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo`llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko`maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqishi bilan juda ko`p imkoniyatlar yaratib bermoqda.



    Topshiriq: O`quvchilardan quyidagi savolga javob berish so`raladi: Fan-texnikaga nisbatan qanday tarbiyaviy ahamiyat talab etiladi?

    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    22-mavzu: Yumshoq ko’nikmalar (soft skills) haqida bilasizmi?!


    Zamonaviy shaxs va yetuk kadr ega bo‘lishi kerak bo‘lgan bilim-ko‘nikmalar (Maktab psixologi

    bilan hamkorlikda o‘tkaziladi)



    Sinfda o’quvchilar psixologiyasini to’g’ri shakllantirish, sinfda o’quvchilar ahloq Etikasini ijobiy rivojlantirish. (Maktab psixologi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi)

    Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarishbajarmaslik maʼnaviy taʼsir ko’rsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. Axloqni Etika fani o’rganadi.

    Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o’rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o’tarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning o’zaro kurashi inson va jamiyat

    taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida o’zini anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik o’rtasidagi kurashda ifodalanadi. Axloq muayyan jamiyat va davrda o’zgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, so’nishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning o’ziga xos axloqi bilan bir qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir ko’rsatadi.

    Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi ETIKA barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. ETIKAning estEtika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estEtika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda ETIKA nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. ETIKAning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, ETIKA bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondashadi.

    ETIKA huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. ETIKAning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. ETIKA oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi.

    Shuningdek, ETIKA psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ==========================================================

    23-mavzu: Sizga talpinaman, onajon!

    Download 13,42 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 13,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    (matematika, informatika fanlari oyligi doirasida)

    Download 13,42 Mb.