• TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________
  • (21 mart – Navro’z bayrami munosabati bilan)




    Download 13.42 Mb.
    bet17/19
    Sana23.12.2019
    Hajmi13.42 Mb.
    #4656
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

    (21 mart – Navro’z bayrami munosabati bilan).


    O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an‘analarimizga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.

    Vasli aro ko`rdim, teng emish bo`yi – yu sochi,

    Tun – kun ekan, zohir o`lur bo`ldi chu Navro`z.

    Avvalambor, ota-bobolarimizdan qolgan qadriyatlarimizga amal qilib, bizni shu mo`tabar kunlarga – yangi yilga, Navro`z ayyomiga yetkazgani uchun Yaratganimizga shukrona va hamdu sanolar aytishimiz darkor.

    O`zining buyuk fazilatlariga hamisha sodiq bo`lib, murakkab sinov davrlarida ham Navro`zdek noyob urf-odatini ko`z qorachig`iday asrab, e‘zozlab kelgan ajdodlarimizga har qancha tasannolar aytsak arziydi, albatta.

    Asrlar bo`yi, ming yillar davomida Navro`zi olam xalqimizda, har bir oilada, har bir xonadonda eng orziqib kutiladigan xursandchilik, go`zallik va nafosat kuni, bahor faslini namoyon qiladigan bayram bo`lib kelmoqda.

    Navro`z – tabiatning uyg`onish, yasharish fasli. Tabiat uyg`onar ekan, inson ruhi ham yangilanadi. Shu bilan birga inson bilagiga kuch, yuragiga yangi intilish, hayotiga yangi umid va orzular kirishi tabiiydir.

    Barchamizning ezgu niyatimiz – yurtimiz tinch va obod, dasturxonimiz to`kin va barakali bo`lsin, oilamiz va farzandlarimiz, yoru birodarlarimiz sog`-salomat, baxtli-saodatli bo`lsin.

    Tinchlik barqaror bo`lgan yurtga bayram yarashadi. Halovatli elning bahori ham, yozi ham, kuzi-yu qishi ham-qo`yingki, har bir kuni fayzli-tarovatli bo`ladi. Totuvlik, osudalik bo`lgan joydan baloqazolar yiroq yuradi.

    Navro`z yana bir xislati bilan bizning milliy tabiatimizga yaqin. Shu kunlarda eski gina-kuduratlarni, har xil yomonliklarni sedan chiqarish, mehr-oqibatli, muruvvatli bo`lish, beva-bechralarning holidan xabardor bo`lish, yetim-yesirlarning ko`nglini olish singari, Allohning o`zi el-yurtimizga ato etgan otabobolarimizdan meros bo`lib kelayotgan fazilatlar ham Navro`zning olijanob mohiyatidir. Umrimizning har daqiqasi Navro`zga aylansin!

    (Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo`lida. )

    Navro`z qiz – juvonlarga alohida ko`rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan ular qo`llariga xino, qoshlariga o`sma qo`yadilar. Arg`imchoqlarda uchishib, turfa o`yinlar o`ynashib, keng yam – yashil dalalarda sayr etishib, qizg`in gurunglar qiladilar.

    Navro`z bayrami bolalar va o`spirinlar uchun olam – olam quvonch, shodlik keltiruvchi tantanadir. Unga yosh bolalar ham, o`smir yigit – qizlar ham alohida tabrik bilan keladilar. Ular uchun Navro`z udumlari, an‘analari va rasm – rusumlari juda qiziqarli bo`lib, diqqat bilan kuzatadilar, o`zlari ham zavq – shavq unda ishtirok etishga harakat qiladilar.

    O`zbek xalqi asrlar davomida o`ziga xos va xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Bular doimiy takrorlanishi va ularga amal qilib kelinishi natijasida vujudga kelgan. Biroq urf-odat va marosimlar ham jamiyat taraqqiyoti tufayli o`zgarib, ularning ayrimlari amaliyotdan chiqib unutilgan. Turmushga, zamonga qarab, yangi-yangi urf-odatlar va marosimlar kirib, takomillashib boradi. Xalqchil odatlar zamonlar osha davr sinovlariga bardosh berib, avloddan avlodga o`tib kelmoqda. Asrlar davomida bir makonda aralash yashab kelgan Markaziy Osiyo xalqlarining an‘analari va urf-odatlarida o`xshashliklar ko`p. Turli tarixiy davrlarda O`zbekistonning tub yerli turg`un aholisiga kelib qo`shilgan qabila va elatlar o`rtoqlashib, o`zbeklarning udumlarini qabul qilganlar va ayni vaqtda unga o`z hissalarini qo`shganlar. Har bir xalqning tarixan tarkib topgan o`ziga xos urf-odatlar va an‘analari e‘zozlanib, avlodga meros qoldiriladi. Shu tariqa avlodlar an‘analarni davom ettirib, ularning barqarorligini ta‘minlaydilar. Ijtimoiy tarbiyaviy ahamiyatga molik odat va marosimlar jamoatchilik boshqaruvida bo`lgan. O`zbeklarning an‘ana va urf-odatlari tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo`lib, xalqning yashash sharoiti, muhiti natijasida vujudga kelgan.



    Navro`z Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining qadimiy, an‘anaviy Yangi yil bayrami. Navro`z bayrami bahor oyiga – qishloq xo`jalik ishlarining boshlanishiga to`g`ri kelgan. Qadim zamonlarda Navro`z kunlari odamlar bir-birlariga qand hadya qilishgan. Odamlar mehnat orqali erishilgan har bir yutuqdan ruhlanib, mehnat samarasini tantana bilan nishonlash an‘ana tusini olgan. O`zbekistonda ilgari keng tarqalgan va Navro`z bilan bog`liq marosimlardan yana biri “Go`ja oshi” yoki Yil boshi go`ja oshi deb atalgan. Bu taom xonadonlardan ixtiyoriy ravishda yig`ilgan har xil masalliq – don, mosh, loviya, no`xat, yog`-go`shtdan tayyorlangan.

    O`zbekiston mustaqilikka erishgach, muhim sanalar bilan bog`liq umumbashariy, milliy bayramlar bilan bir qatorda Ro`za va Qurbon hayitlari, Navro`z bayramlari tiklanib, nishonlanib kelinmoqda. Bulardan tashqari respublikamiz, viloyatlarida turli etnik mazmunga ega qadriyatlarga asoslangan marosimlar xalq sayillari shakllarida o`tkaziladi. Masalan: Asrlar sadosi, Mingta sunnat, mingta nikoh to`yi , Ro`za oylarida iftorliklar berilayapti. Bular ham zamonaviy an‘analarimizga aylanib bormoqda.


    TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________


    ========================================================== 26-mavzu: Ona zamin.

    (22 aprel xalqaro yerni muhofaza qilish kuni munosabati bilan)




    Tabiiy muhitning ifloslanishi muammosi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Chunki u fantexnika taraqqiyotining ta'siri ostida ishlab chiqarishining sifat jihatdan o'zgarishi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi hajmi borgan sari ortib bormoqda. Gap shundaki, foydalaniladigan tabiiy resurslarning atigi 12 foizi ishlab chiqarishning oxirgi mahsuloti tarzida qoladi, boshqa qismi esa chiqitga aylanadi. Chiqitlar esa tabiat tomonidan qayta o'zlashtirilmaydi. Inson foydalanadigan ko'plab metall va qotishmalar tabiatda sof holda uchramaydi. Ular tog' jinslarini qayta ishlash asosida olinadi. Metall va yoqilg'ilarni qazib olish hamda qayta ishlash jarayonida ham ulardan foydalanilgandan keyin ancha-muncha chiqindilar hosil bo'ladi. Ma'lum ma'noda, ularning birortasi tabiatda izsiz yo'qolib ketmaydi. Ularni tashkil etgan atomlar qayta guruhlanib, oxir oqibatda foydalanish uchun yaroqsiz bo'lgan holda kichik-kichik konsentratsiyalarda havoga, tuproqqa va suv havzalariga singib ketadi.

    Tabiiy ekologik tizim insonning amaliy faoliyati oqibatida yuzaga kelgan chiqindilarning ko'plab turini yutish va ularni hayotning boshqa shakllari uchun yaroqli yoki hech bo`lmaganda, zararsiz moddalar tarzida qayta ishlashga qodirdir. Biroq chiqindilarning biror turi juda ko'payib ketsa, ekotizimning tabiiy yutish mexanizmi to'yingan rejim darajasiga chiqishi mumkin. Bunday holda inson sivilizatsiyasi chiqindilari atrof muhitda juda ko'p miqdorda to'planib qoladi. Bu — xavf xatar demakdir.

    Rudalardan foydali bitikmalarni kompleks ajratib olish borasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ammo bu masala hamma joyda bir xil hal etilmaydi. Tog' kon sanoati korxonalari zich joylashgan joylarda mahsulot tannarxi arzon va mehnat unumdorligi yuqori bo'lishi mumkin. Shaxta usuliga qaraganda foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish iqtisodiy jihatdan foydaliroqdir. Ammo ekspertlarining xulosasiga ko'ra, surunkali bronxitlar, yuqori nafas yo'llarining yallig'lanishi, pnevmoniya, emfizema tarqalishining bosh sababidir. Shuningdek, u o'pka rakini keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biridir.

    Kasalliklar va atrof - muhitning ifloslanishi o'rtasidagi sabab oqibat bog'lanishini aniqlash oson ish emas, chunki sabab hamisha xilma-xil bo'ladi. Shunday bo`lsada, atrof - muhit ifloslanishi ta'sirini bevosita aniqlash mumkin bo'ladi. Masalan, chang - to'zonlar orasida va zararli ishlab chiqarish sohalarida faoliyat ko'rsatadiganlar tez-tez kasalga chalinadilar. Ekologiyaga bog'liq holda kelib chiqadigan kasalliklarni aniqlash va ularning hisobini olish bo'yicha muhim ishlar qilinmoqda. Topshiriq: “Muammoli vaziyat”



    Vaziyat turi



    Sababi



    Vaziyatdan chiqib ketish sabablari

    Chiqindilar








    Download 13.42 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 13.42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    (21 mart – Navro’z bayrami munosabati bilan)

    Download 13.42 Mb.