-mavzu: Tenglik va hurlik ramzi (10 dekabr - O’z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)




Download 13.42 Mb.
bet10/19
Sana23.12.2019
Hajmi13.42 Mb.
#4656
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19

14-mavzu: Tenglik va hurlik ramzi (10 dekabr - O’z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).


O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.



Doskada: O`zbekiston – yagona Vatan uchun yashaylik,

Vatan ichra bu go`zal chaman uchun yashaylik.

Abdulla Oripov

O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.

O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.

Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot, Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jahon!

O`zbekiston Qahramoni O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov vatanimiz, O`zbekistonimiz haqida ko`plab she‘rlar yozgan shoir o`z she‘rlarida Vatanni ko`z qorachig`iday asrashini boyliklari uchun sevgan insonni hech qachon kechirma deb yozadi .



Vatan timsollari sendek yoshlarni mard va vatanparvar, el-u yurt ishiga sadoqatli qilib tarbiyalashda

Madhiya madh etish degan ma‘noni anglatar ekan. Har bir inson o`z xalqini, yurtini, Vatanini, ajdodlarini, buyuk allomalarini madh etib kelgan. Biz sizning e‘tiboringizga Vatanimiz, xalqimiz, allomarimizni madh etgan shoirlar ijodidan bahramand etamiz.

Men dunyoni nima qildim,

O`zing yorug` jahonim,

O`zim hoqon,

O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim.

Yolg`izim,

Yagonam deymi,

Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan

Ulug`imsan, Vatanim…

Muhammad Yusuf

Bu qutlug` maskanda pirlar yotibdi, Dunyoni lol etgan sirlar yotibdi.

Arslonlar yotibdi, sherlar yotibdi, Bu muqaddas Vatanda azizdir inson.

Iqbol Mirzo

Kim ham sevmas o`z vatanini,

Ayamasdan jon-u tanini, Mardlar qo`lga qurol oldilar,

Asrash uchun yurtning sha‘nini. Аfsonaviy To`maris, Shiroq, El qalbiga yoqoldi chiroq .

Spitamen, Muqanna yovni

Qon qaqshatdi, tolmadi biroq

Mangu tirik mard pahlavonim,

Ona yurtim–O`zbekistonim

Komil Sindarov Topshiriq: O`quvchilardan O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini izohlash.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

TUZUVCHI: 8 “_____” SINF RAHBARI ___________________________________==========================================================



Download 13.42 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Download 13.42 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Tenglik va hurlik ramzi (10 dekabr - O’z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan)

Download 13.42 Mb.