Ona tili darslarida muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish
yo`llari
Ushbu rasmdan foydalanib ot,sifat,fe’l,songa oid so`zlar yozing.
Ot(qurbaqa,ot,ko`z,burun,quloq,yol)
Sifat(xunuk,chiroyli,katta,yashil,loyqa)
Fe’l(sakraydi,kishnaydi,o`tiradi,yuguradi)
Son(bitta,ikkita,to`rtta)
So`z turkumlarini mustahkamlashda ushbu rasmdan foydalanish.Rasmda
nechta yo`lbars tasvirlangan?
Ushbu rasmda yashiringan hayvonni toping va shu hayvon ishtirokida hikoya
tuzing.
Quyidagi katakchalarda «Kiyik» so‘zi necha marta yozilgan?
К
I
Y
I
К
I
I
I
I
И
Y
I
Y
I
Y
I
I
I
I
I
К
I
Y
I
К
Quyidagi
rebuslarni
yechish
orqali
o`quvchilarda
lingvistik
kompetensiyalarini shakllantirish.
5
О
Krossvord».
Krossvord o‘yinini o‘tkazish uchun o‘quvchilar yoshiga mos holda juda
sodda ko‘rinishdagi krossvordlar tuzib olinadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda
javoblarni topib yozadilar.
Krossvordlar dastlab o‘qituvchi boshchiligida hal etiladi. O‘quvchilarda
krossvordlarni hal etish ko‘nikmalari paydo bo‘lgandan keyin o‘qituvchi nazorati
ostida mustaqil hal etadilar.
«Krossvord» o‘yini o‘quvchilar dunyoqarashini o‘stirish bilan birgalikda
ularning so‘zlar ma'nosini yodda saqlab qolishlariga ham imkon beradi.
O‘yin avvalida katakchalarga so‘zlarni o‘qituvchi yozib bergan bo‘lsa,
keyingi so‘zlarni o‘quvchilar ham navbat bilan yozishlari mumkin. Katakchalarni
to‘ldirishda o‘quvchilarning bevosita ishtiroki ularning o‘yinga bo‘lgan
qiziqishlarini oshiradi.
Agar krossvordda kalit so‘z mavjud bo‘lsa, katakchalar to‘ldirib bo‘lingach,
o‘qituvchi ajratib ko‘rsatilgan (qalin chiziq bilan chegaralangan) katakchalarda
yozilgan so‘zlarni o‘quvchilar bilan birgalikda o‘qiydi.
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda krossvordlardan darsda va
darsdan tashqari mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
1.
Onalar qo‘shig'i.
2.
Otamning opasi.
3.
G'ildirakli qurilma.
4.
Duradgor asbobi.
Rasmdagi farqlarni toping va yozing
"So‘z top" o‘yini. Bu metoddan darsning hamma qismlarida foydalanish
mumkin. O‘qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqida bir so‘z aytadi,
o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi harf bilan tugasa.
O‘quvchi shu harfdan boshlangan so‘zni aytishi kerak.
Masalan: tulki - ilon - ninachi - it - tipratikan - nortuya - yalqov (panda) ayiq
- qarg‘a - ari va hokazo.
Bu usul o‘quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib, javob berishga hamda
xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
BBB (bilardim, bildim, bilmoqchiman) o‘yini. Bu o‘yin "Suv - hayot
manbai", "Gigiyena - ozodalik" kabi mavzularni o‘tgandan so‘ng o‘ynash mumkin.
O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar. Uchta guruhga ham jadval beriladi. Uch
ustundan iborat bo‘lgan jadvalning birinchi ustuniga mustaqil tarzda suv haqida
bilganlarini yozish tavsiya etiladi.
Ikkinchi ustunga dars davomida hamda darslikdan bilib olgan bilimlarini
yozadilar.
Uchinchi ustunga esa, imkon qadar bugungi kun talabi, muammolar, bilishi
zarur bilimlar haqida yozadilar. Masalan:
Bilardim
Bildim
Bilmoqchiman
Rangsiz
Hidsiz
Zararlanish
mumkinmi?
Tiniq
Bug‘-par
Suyuq
Muz-qattiq
Suvsizlikka chidash
mumkinmi?
Ichiladi
Havo bor
Yuviniladi
Qum bor
O‘zbekistonda
daryolar ko‘pmi?
Loyqa
Shaklsiz
"O‘z guruhingni top" o‘yini. O‘quvchilarga rangli buklangan qog‘ozlar
tarqatiladi. Ularga hayvon va parrandalar nomi yozilgan bo‘ladi. O‘qituvchi
o‘quvchilarga qog‘ozda rasmi berilgan hayvon yoki parranda qanday tovush
chiqarsa, ular ham shunday tovush chiqarib o‘z guruhini topishlarini tushuntiradi.
Mushuk ( miyov-miyov).
kuchuk (vov-vov).
Xo‘roz (qu-qu-qu-qu).
Sigir (mo‘-mo‘).
Guruhga bo‘linib olganlaridan so‘ng guruhga tegishli hayvon yoki
parrandalar haqida bilganlarini so‘zlab beradilаr.
Hamkorlikda o‘qitishni tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) O‘qituvchi topshiriq bo‘yicha batafsil ko‘rsatmalar beradi.
2) O‘quvchilar juftlik yoki mikroguruhlar hosil qiladi.
3) Vazifa barcha guruh a'zolari muvaffaqiyatli yechimga erishguncha
bajariladi.
4) Tadqiqot natijalari taqdim etiladi.
Juftlik va guruh ishlari har xil turdagi darslarda, masalan, yangi bilimlarni
o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, bilim, ko‘nikma va malakalarni
qo‘llash, bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish va hokazolarda qo‘llanilishi
mumkin.
Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchida quyidagilarni shakllantirishni ko‘zda
tutadi:
1.Har bir o‘quvchini kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr
yuritishga o‘rgatish;
2.Shaxs sifatida onglilik,mustaqillikni tarbiyalash,
3.Har bir o‘quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish;
4.O‘z kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash,
5.Tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirish.
Sinkveyn
Dars oxirida o‘tilgan materialga asoslangan sinxron yozishni taklif qiling, bu
yerda:
1-qator darsning asosiy mavzusiga javob beradi va kalit so‘z hamkorlik
2-qator - bu tushunchani tavsiflovchi ikkita sifat
3-qator - harakat uchun mas'ul bo‘lgan uchta fe'l
4-qator - sodir bo‘layotgan voqeaning mohiyatini ochib beruvchi qisqa jumla
5-qator bosh so`zning sinonimi
Hamkorlik
Birgalikda,guruhlarda
Izlanadi,harakat qiladi,topadi
Hamkorlikda ishlash zavq bag‘ishlaydi.
Jamoada
Nazorat savollari:
1.
Muammoli ta'lim yondashuviga izoh bering.
2.
Muammo necha tarkibiy qismdan iborat.
3.
Ta'lim sifatini oshirishda nimalarga e'tibor qilish kerak.
|