Modul dastur- bir fan doirasidagi modul bloklarining yig`indisi bo`lib,
erishish lozim bo`lgan didaktik maqsad, qo`llaniladigan usullar va vositalar
yig`indisidir.
O‘quv moduli – nisbatan
mustaqil , mantiqiy yakunga ega bo`lgan o`quv
kursining bo`lagidir. U o`quv metodik ta'minotdan nazariy va amaliy
qismlardan, topshiriq va joriy hamda yakuniy nazorat kabi qismlardan iborat.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kontseptual g‘oyalari.
Hamkorlik ta’limi pedagog va o‘quvchi (talaba)larning ta’limiy faoliyat
jarayonida birgalikda rivojlanishlari, bir-birlarini tushuna olishlari, bir-birlariga
nisbatan
yaqinlikni his qilishlari, faoliyat bosqichlari va ularda erishilgan
natijalarni hamkorlikda tahlil qilishdan iborat bo‘lib, ilg‘or, rivojlantiruvchi
g‘oyalarni o‘zida aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Hamkorlik
ta’limining asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini birgalikda bajarish, birgalikda
ta’lim olishni nazarda tutadi. Hamkorlik ta’limining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardir:
pedagogik talabi inkor etgan holda ta’limiy hamkorlikka asoslanuvchi
munosabatlarni tashkil etish;
o‘quvchi, talabalarga insonparvarlik g‘oyalari
asosida individual
yondashish;
ta’lim jarayonida kasbiy va ma’naviy birlikning qaror topishiga erishish.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni
takomillashtirish, uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslanganligi. Ijodkor
shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta’lim sifati va
samaradorligini oshirishga xizmat qilishi. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining
asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil,
munozara,
muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash masalalar
echish va boshqalar. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllari:
o‘qituvchi - sinf, o‘qituvchi - kichik guruh, o‘qituvchi - katta guruh, o‘qituvchi –
o‘quvchi, o‘qituvchi – o‘quvchi (juftlikda ishlash), kichik guruh - kichik guruh,
kichik guruh - sinf va boshqalar.O‘quvchilarni hamkorlikka o‘rgatish,
ularning
o‘qituvchi bilan va o‘zaro hamfikr bo‘lishlariga erishish: Hamkorlikda o‘qitish
texnologiyalaridan samarali foydalanishning pedagogik, psixologik va uslubiy
asoslari: - tashkiliy - pedagogik asoslari – o‘quv reja, dastur, dars mavzusi,
DTS talablari va ularga muvofiq darajada o‘zlashtirilishi talab qilinadigan yangi
bilim hajmi asosida o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarining
hamkorlikda
ishlashlari uchun shart - sharoit, imkoniyatlarni belgilash va amalga oshirish; -
psixologik asoslari - o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga
olish, mashg‘ulotlarda har bir o‘quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish,
erkin muloqotni sifatli uyushtirishda dars mavzusi, mazmuni, qo‘llanilayotgan
tushunchalar, atamalar; ta’riflar, formulalar va boshqa shartlarning o‘quvchilar
uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlash;
-uslubiy asoslari – mashg‘ulot uchun zarur
vositalarni oldindan ishga
tayyorlash, ularning talablar darajasida sifatli bo‘lishini ta’minlash. Muloqot