Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo‘llagan. XX asrning 60-yillarida bu
yo‘nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy
etildi.
Muammoli ta’limning asosiy g‘oyasi bilimlarni o‘quvchilarga tayyor holda
berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo‘yicha o‘quv-
tadqiqotlarini bajarish asosida o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
O‘zbekistonda muammoli ta’limni qo‘llash bo‘yicha
bir necha asrlar
davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish
asosida o‘quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go‘zal nutq tarkib
toptirilgan.
Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri
sifatida qo‘llaniladi. Bunda o‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq
va to‘g‘ri so‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy
fikrlashga o‘rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o‘qituvchining
o‘quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning
fikrlashidagi noto‘g‘ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish
yo‘liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini
quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin;
1. Savol-javoblar orqali o‘quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini
umumiy tarzda aniqlash.
2.
O‘rganilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchi motivlariga