mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalami o‘zlashtirishiga e’tiborni
qaratadi.Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish (R. Slavin, 1986).
Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi
avval
mavzuni
tushuntiradi,
so‘ngra
o‘quvchilarning mustaqil ishlari
tashkil etiladi.
O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4
qismga ajratilib, har
bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida
har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini
o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan
topshiriq yuzasidan umumiy
xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi
va
test
topshiriqlari
yordamida
bilimlarni
nazorat
qilib
baholaydi.
O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (musobaqa) shaklida,
individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
Hamkorlikda o‘qitishning zigzag yoki arra metodi.(E. Aronson, 1978).
Pedagogik
amaliyotda
bu
metod
qisqacha
«arra»
metodi
deb
nomlanadi. Mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o‘quvchidan tashkil topadi. Dars
davomida o‘rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qism (blok yoki modul)laiga
ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan o‘quv
topshiriqlar tuziladi. Har bir o‘quvchilar guruhi mazkur
topshiriqlaming bittasini
bajaradi va shu qism bo‘yicha«mutaxassis»ga aylanadi. So‘ngra guruhlar qayta
tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassisi» bo‘lishi
shart,mazkur «mutaxassis»lar o‘zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari
ketma-ket
kelganidek,
navbat
bilan
o‘rtoqlariga
bayon
qiladi.
Mazkur
guruhlarda
o‘quv
materiali
mantiqiy
ketma-ketlikda
qayta
ishlab chiqiladi.Shuni
qayd etish kerakki, ushbu darsda o‘quvchilar ikki marta
guruhlarga ajratiladi.
Hamkorlikda
o‘qitishning
«Birgalikda
o‘qiymiz»
metodi
1987-yili
Minnesota universiteti professorlari J. Jonson, R. Jonsonlar tomonidan ishlab
chiqilgan.
Sinf
o‘quvchilari 3-5 boladan
iborat kichik guruhlarga
ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqning ma’lum
qismini bajaradi.Guruhlar topshiriqlarni to‘liq bajarishi natijasida o‘quv
materialining yaxlit o‘zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy
tamoyillari
—
komandani
taqdirlash,
o‘quvchilarga
individual
yondashish,muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga
keltirish sanaladi.
Kichik
guruhlarda
ijodiy
izlanishni
tashkil
etish
metodi.
Bu
metod
1976-yili
Tel-Aviv
universiteti
professori
Sh.
Sharan
tomonidan
ishlab
chiqilgan.
Bu metodda ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor
qaratiladi.
O‘quvchilar alohida individual yoki 6
o‘quvchidan
iborat kichik
guruhlarda
ijodiy
izlanish
olib
boradilar.
Ijodiy
izlanish
kichik
guruhlarda
tashkil
etilganda
darsda
o‘rganish
lozim
bo‘lgan
o‘quv
materiali
kichik
qismlarga
ajratiladi.
Keyin
bu
qismlar
yuzasidan
topshiriqlar
har
bir
o‘quvchiga
taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o‘quvchi umumiy topshiriqning
bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara
o‘tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o‘quvchilari
o‘rtasida
o‘z
ijodiy
izlanish
natijasini
e’lon
qiladi.
Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘quv bahsi, munozara o‘quvchilar
jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatning natijasi, yakuni sanaladi.