kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
6. Shaxsning ijobiy xislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin
tayyorlaydi, o`rganishga e’tibor qaratiladi.
8. O‘yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish
ko`zda tutiladi.
Didaktik o‘ְyinlar
ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim
jarayonida o‘quvchilar
faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi. Didaktik
o‘yinlar boshlang‘ich sinflarda ta’limning samarali bo‘lishiga, o‘quvchilarning
o‘quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi,
ya’ni didaktik o‘yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi,
o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi. Tavsiya
etilayotgan didaktik
materiallar va o‘yinlardan har bir o‘qituvchi samarali va ijodiy foydalanishlari
mumkin.Bunda integratsiya jarayoni ham to`laqonli amalga
oshirib boriladi
1) “ Otlarni asos-qo`shimchalarga ajrating o`yini” asosida tabiat, kasb-hunar,
jamiyatga bog`lash mumkin:
Gul-lar, quchog`-i-da, chegara-chi, ish-chi, bibo-kor-lar, mamar-lar-dan .
2) Rasmlar asosida “So`ztop” o`yini
Sinfdosh, futbolchi, soatsoz, uzumzor.
Tennischi, gulchi, binokor, partadosh.
“So`z voleyboli” o`yini.
Ishtirokchilar davra bo`lib turadilar. O`qituvchi davra o`rtasida turib, biror
ishtirokchiga
koptokni otib, biror so`z aytadi, koptokni olgan ishtirokchi ushbu
so`zga so`z yasovchi qo`shimcha qo`shib aytishi kerak
Masalan, Paxta- paxtakor, ilm-ilmli.....
“Topag‘on” o‘yini.
Guruhlarga so‘zlar aralash holda yozilgan kartochkalar tarqatiladi.
O‘quvchilar berilgan so‘zlardan so`z yasovchi qo`shimchalar qo`shib yangi so`zlar
hosil qilishlari kerak bo‘ladi. Masalan :
1. So`z yasovchi qo`shimchlar:paxta - paxtakor, paxtali, paxtasiz
2. Baliq - baliqchi, baliqsiz, baliqli
3.Sinf - sinfdosh, sinfsiz, sinfli.
Rasmli diktant ( rasmlar ko`rsatiladi, unga so`z yasovchi qo`shimchalarni
qo`shib so`zlar tuzish , yangi so`zlar hosil qilish vazifasi beriladi:
gulchi, gulla, gulli, gulsiz
O`yinlar va bardamlashtiruvchi
mashqlar - kichik treninglar, psixologik
testlar, harakatli o`yinlar, qo`shiq va she’rlar mazmuniga ko`ra
harakatlar qilish
asosida amalga oshiriladi.
Inson hayoti davomida uch faoliyat turidan foydalanadi: o`yin, o`qish,
mehnat. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining asosiy faoliyat turi o`qish bo`lishiga
qaramay, bir faoliyatdan to`la ikkinchisiga o`tish bolada qiyinchilik tug`diradi. Shu
sababli dars jarayonida turli ta’limiy o`yinlar qo`llangan holda darslar tashkil etiladi.
Bular bilan bir qatorda o`quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari
o`tkazish bolaning ruhiy, jismoniy toliqishini oldini olib, darsga bo`lgan diqqatini
jamlashga olib keladi. O`tkazilayotgan
dam olish mashqlari, avvalo, dars
mavzusiga, qolaversa, fanga mos bo`lsa, yanada maqsadga muvofiq bo`ladi.
Boshlang`ich sinflarda dam olish mashqlari, asosan, harakatli o`yinlar, she’r,
qo`shiqlar mazmuniga ko`ra
harakatlar, kichik yoshdagi o`quvchilarga mos
psixologik testlar, topishmoqlar ko`rinishida bo`lishi lozim.