Asosiy maqsadning
kichik qismlari ham borki, yuqoridagi misolda ko‘rishimiz
mumkin. Ishga
tezroq borishimiz zarurmi, yo‘l haqi qimmatga tushmasligi kerakmi
yoki
bosib
o‘tilajak yo‘l salomatligimiz uchun foydali bo‘lsinmi?
Demak,
maqsadga ko‘ra
eng kerakli va to‘g‘ri
usulni tanlashimiz
lozim bo‘ladi.
Metod-
ta'lim jarayonida taqdim etilgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash,
o‘zlashtirish, o‘rgatish, o‘rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo‘l-yo‘riqlar,
usullar majmui.
Ular quyidagilardir:
• ta'lim-tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarining o`zida yaxlit aks ettira
olishi;
• o`zida zamonaviy fan va texnika
darajalarini ifodalay olishi;
• g`oyaviy jihatdan talabalarning yosh va psixologik
xususiyatlariga mos
kelishi;
• o`quv materialining zarur axborotlar bilan to`liq ta'minlanganligi;
• o`qitish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo`llash imkoniyatini
ta'minlaganligi;
• ta'limning ko`rgazmaliligi va barcha uchun ochiqligini ta'minlash
tamoyiliga egaligi;
• ko`p funksiyali ta'lim vositalaridan
foydalanish va ularni oson
ekspluatatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;
• pedagogning talabalarga mustaqil ishlarni
samarali tashkil etishga
ko`maklashish darajasi