• Mavzu maqsadini e’lon qilish. Mashg‘ulot davomida
  • Texnologiya
  • Boshlangʻich ta’limda taʼlim texnologiyalari, metodlari, oʻqitish texnikalari mavzusidagi amaliy mashgʻulot ishlanmasi. Mashg‘ulot maqsadi




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/13
    Sana19.05.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #243968
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    DArUdm5g0TmHFGVGBdDplRXnx8NbfDiCdDUVLEX6



    Boshlangʻich ta’limda taʼlim texnologiyalari, metodlari, oʻqitish texnikalari 
    mavzusidagi amaliy mashgʻulot ishlanmasi. 
    Mashg‘ulot maqsadi:
    Tinglovchilarni zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan 
    samarali foydalanish malakalarini oshirish.
    Mavzu maqsadini e’lon qilish.
    Mashg‘ulot davomida
    Taʼlim texnologiyasi nima? Ular nima uchun kerak?
    Texnologiya so‘zi nimani bildiradi?. 
    I.
    Tashkiliy qism 
    Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu 
    jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. 
    Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida 
    o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan 
    foydalanish 
    qobiliyatiga 
    ega 
    bo‘ladi. O‘rganish 
    jarayonida 
    o‘quvchilar 
    o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan 
    ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos 
    tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars 
    paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar 
    shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi. 
    Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, 
    ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda 
    ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va 
    malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ 
    savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, 
    shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida 
    o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy 
    tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. 
    Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til 
    o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish 
    imkoni paydo bo‘ladi.
    Ulug‘ 
    donishmandlardan 
    biri 
    “... 
    kelajak 
    tashvishi 
    bilan 
    yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit ”,-degan ekan.
    O‘qituvchining samarali faoliyat ko`rsatishga undovchi darsning metodik 
    ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o`laroq, ta'lim texnologiyasi 
    tinglovchilar faoliyatiga nisbatan yo`naltirilgan bo`lib, u tinglovchilarning shaxsiy
    hamda o`qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o`quv
    materiallarini mustaqil o`zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga 


    xizmat qiladi. Ta'lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta'lim oluvchi 
    shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashdan iborat.
    Texnologiya 
    (yunon. “techne” – mahorat, san'at, “logos” – tushuncha
    ta'limot) –muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak 
    mahorat, san'at darajasida tashkil etilishi 

    Download 1,01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlangʻich ta’limda taʼlim texnologiyalari, metodlari, oʻqitish texnikalari mavzusidagi amaliy mashgʻulot ishlanmasi. Mashg‘ulot maqsadi

    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish