Hamkorlikda o‘qitish samaradorlirini ta’minlovchi omillar




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana19.05.2024
Hajmi1,01 Mb.
#243968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
DArUdm5g0TmHFGVGBdDplRXnx8NbfDiCdDUVLEX6

Hamkorlikda o‘qitish samaradorlirini ta’minlovchi omillar:
- o‘quvchilarning dars mazmuniga ijodiy yondashuvi;
- dars jarayonidagi axborotlarni tahlil va tanqid qilish o‘z
xulosalarini asoslash;
- bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llash;
- amaliy topshiriqlar bajarish uchun vaqtni ko‘proq ajratish;
- hamkorlikda o‘qiyotgan o‘quvchilarning bir - biriga muvaffaqiyatga 
erishishlari uchun ko‘maklashuvi va boshqalar O‘qishga, o‘zini-o‘zi o‘zgartirishga 
qodir bo‘lgan o‘quvchini tarbiyalashga qaratilgan o‘quv hamkorligi nafaqat kattalar 
bilan, balki o‘z tengdoshlari bilan ham o‘quv hamkorligini yuritishni nazarda tutadi. 
Fikrimizcha, guruh bo‘lib ishlash – bu bolalarning o‘quv hamkorligini tashkil 
qilishning eng samarali shakllaridan biridir, chunki u quyidagi imkoniyatlarni 
yaratadi:
Bolaga his-tuyg‘uli va mazmunli ko‘mak berish, chunki busiz tortinchoq 
va kuchsiz bolalarda maktab vahimasi rivojlanadi, etakchi bolalarning irodasi esa 
noto‘g‘ri shakllana boshlaydi; Har bir bolaga o‘ziga qat’iy ishonch hosil qilishga 
hamda o‘qituvchining katta obro‘si ham, butun sinfning e’tibori ham mavjud
bo‘lmagan kichik baxslarda o‘z kuchini sinab ko‘rishga imkon yaratish;
Bolalarni o‘qish jarayoniga jalb qilish uchun o‘qituvchiga qo‘shimcha
asoslovchi vositalarni berish.
«Ustoz-o‘quvchi» tizimidagi yangi munosabatlarning asosiy mazmuni esa
majbur etishni (oqilona chegaralarda) bekor qilish va quyidagicha ifodalanadigan 
o‘quvni tashkil etishdan iborat:
Ishonchga asoslangan majburlashsiz talabchanlik;
Qiziqarli dars berish tufayli hosil bo‘lgan ishtiyoq;
Majburlashni muvaffaqiyatga olib keladigan xohishga almashtirish;
Bolalarning mustaqilligiga asoslanish;
Jamoa orqali bilvosita talablarni qo‘llash.
Hamkorlikda o‘qitish uslubining texnologiyasi individual yondashuvni 
yangicha talqin etishni nazarda tutadi. 

Download 1,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamkorlikda o‘qitish samaradorlirini ta’minlovchi omillar

Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish