Boshlangʻich ta’limda taʼlim texnologiyalari, metodlari, oʻqitish texnikalari mavzusidagi amaliy mashgʻulot ishlanmasi. Mashg‘ulot maqsadi




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana19.05.2024
Hajmi1,01 Mb.
#243968
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
DArUdm5g0TmHFGVGBdDplRXnx8NbfDiCdDUVLEX6

muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o‘quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo‘lgan 
misollar tanlash orqali amalga oshiriladi. 
3. O‘quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag‘batlantirish 
usullaridan foydalaniladi. 
4. O‘qituvchi o‘zini bilmaydigan odamdek, o‘quvchidek tutib, savollar berib 
boradi. 
5. O‘quvchining to‘g‘ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va 
chuqurroq fikrlashga, so‘zlashga jalb qilish. 
O‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish. 
7. O‘quvchining xato fikrlariga nisbatan to‘g‘ri fikrni o‘qituvchi tomonidan 
yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o‘quvchi 
uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o‘quvchini o‘z xatolarini o‘zi tuzatishiga 
yo‘naltiriladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo‘lib, 
ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o‘qituvchining keng bilimga va 
ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga 
ega bo‘lishi kabilardan iborat. 
Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish 
Muammoli ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi 
bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
-o‘quv fani va darslar mavzusini o‘rgatishda ular bilan bog‘liq muammoli 
masalalarni belgilash;
-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan 
rejalashtirib borish; 


-o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; 
-zarur o‘quv vositalarini tayyorlash; 
-muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko‘rsatish; 
-topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;
-o‘quvchilarning muammoni hal etishda yo‘l qo‘yayotgan xatolarini, ularning 
sababini va xususiyatini ko‘rsatish; 
-o‘quvchilarning noto‘g‘ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini 
muhokama etib, to‘g‘ri yo‘lni topishlariga ko‘maklashish va boshqalar.
Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish 
mumkin:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 
2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 
3.Yechimning to‘g‘riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog‘liq 
axborotni tizimlashtirish orqali). 
Muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: 
Muammolar nazariy yoki amaliy yo‘nalishda bo‘ladi. 
Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda o‘quvchilarga hal etish 
taklif etiladigan muammoga qo‘yiladigan eng asosiy talab – o‘quvchilarning 
qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa, o‘quvchilarda qiziqish hosil qiladigan 
bo‘lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko‘zda tutilgan natijaga erishish imkoni 
bo‘lmaydi.
Muammo o‘quvchilarning bilim darajalariga hamda intellektual 
imkoniyatlariga mos bo‘lishi shart.
Hosil bo‘lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi 
bilimlarni o‘zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki 
amaliy topshiriqni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
O‘quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi 
sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog‘liqligini idrok qila olishlari 
natijasida hosil bo‘ladi. Bunday tushuna olish esa o‘quvchilarga mustaqil ravishda 
muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o‘quvchi o‘zlashtirgan 
bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi 
aqliy faoliyatlarni bajaradi.
Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo‘lib, fikrlashning 
sifati uning mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, 
tejamliligi, maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, 
xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi 
darajasi bilan belgilanadi.
Shu bilan birga intellektual sifatlar xotira, tasavvur, anglash va shu kabi 
psixologik jarayonlarning tezligi hamda boshqa parametrlari bilan bog‘liq.
Intellektual taraqqiyot darajasi o‘qituvchilarda hamda o‘quvchilarda
qancha yuqori bo‘lsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil 
bo‘ladi. 


Shunga ko‘ra o‘quvchilarda muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga 
doir taxminni to‘g‘ri belgilash va yechimning to‘g‘riligini tekshirish qobiliyatlari 
rivojlanib boradi.
Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin: 
1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to‘g‘ri deb tan olingan sabablar bilan 
bog‘liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.
2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo 
hosil bo‘lishi to‘g‘riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to‘g‘riligini 
tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.
O‘quvchilarning ijodiy tafakkur va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda 
muammoliy ta’limdan unumli foydalanish uchun uning ayrim nazariy asoslari 
sifatida B.Blumning yuqoridagi I.2.- mavzu ilovasida keltirilgan bilish va 
emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlar taksonomiyasi (tafakkurning bilish
qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajasi)ga hamda 
G.Gardnerninig intellekt ko‘pligi nazariyasiga asoslanish maqsadga muvofiq. 
Intellekt ko‘pligi nazariyasining qisqacha bayoni quyidagicha: 
Bu nazariyani amerikalik psixolog Govard Gardner (1943-yil 11-iyulda 
tug`ilgan) ishlab chiqqan. 
Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida sakkizta tipdagi 
intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar: 
1. Verbal-lingvistik intellekt-so`z xotirasi, so`z boyligi yaxshi, o`qishni yaxshi 
ko`radi, so`z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar. 
2. Mantiqiy-matematik intellekt-hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy 
masalalar, boshqotirmalarni yechishni, shaxmat o`ynashni yaxshi ko`radi, 
tengqurlariga nisbatan ko`proq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat 
bog`liqliklarini tushunadi. Bular matematik, fizik va boshqalar. 
3. Vizual-fazoviy intellekt-ko`rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, 
diagrammalarni matnga nisbatan oson o`qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, 
modellar konstrukstiyalashni yaxshi ko`radi. Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, 
ixtirochi, shaxmatchilar. 
4. Motor-harakatli intellekt-yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning 
harakatlari, mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo`l tekkizish, 
buyumlarni qismlarga ajratish va yig`ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi 
ko`radi. Hunarlarga qobiliyatli. Bular raqqos, mim, artist, sportchilar.
5. Musiqiy-ritmik intellekt-qo`shiqlar, kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi
musiqa asbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so`zlashi ritmli, o`zicha 
sezmasdan kuylaydi, biror ish qilayotib, stolni ritmik chertadi. Bular bastakor, 
musiqachi, qo`shiqchi, raqqoslar. 


6. Shaxslararo intellekt-tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan 
o`ynash va ularga o`rgatishni yaxshi ko`radi, turli holatlarda yetakchi bo`lib qoladi, 
hamdardlikni, boshqalarga g`amxo`rlik ko`rsatishni biladi, boshqa bolalar unga 
sherik bo`lishga intiladilar. Bular diniy xodim, siyosatchi, diplomatlar.
7. Ichki shaxsiy intellekt-mustaqillik hissi, iroda kuchini namoyish qiladi
o`zinining yaxshi va yomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit 
bermaganda yaxshi bajaradi, o`zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko`radi, 
o`z hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o`z xatolaridan ibrat oladi, o`z qadrini bilish hissi 
rivojlangan. Bular psixolog, o`qituvchi, tarbiyachilar. 
8. Tabiatshunos intellekti-tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivorlar, 
o`simliklarga qiziqadi, tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va 
xususiyatlarini farqlash, tasniflash va shu kabilarga qobiliyatini namoyon qiladi. 
Bular tabiatshunos, ekolog, qishloq xo`jalik xodimlari. 
Ayrim bolalar o`zlaridagi eng ustun intellekt tipi orqali boshqalarga nisbatan 
osonroq o`qishlari mumkin. Har bir boladagi o`z vaqtida aniqlangan va 
rivojlantirilgan talant unga hayotda yuksak cho`qqilarga erishish uchun yo`l ochib 
beradi. 
Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayoni bolalarga intellektning har xil tiplarini 
jalb qilishni talab etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil 
etilishi lozim. 

Download 1,01 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlangʻich ta’limda taʼlim texnologiyalari, metodlari, oʻqitish texnikalari mavzusidagi amaliy mashgʻulot ishlanmasi. Mashg‘ulot maqsadi

Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish