3-masala: Temir (III) oksidini uglerod (II) oksid bilan qaytarib temir olish reaksiyasining Fe 2 O 3 (qattiq) + CO(gaz) → Fe(qattiq) + CO 2 (gaz) tezligi 8 ga teng. Shu sistema bosimi 4 marta kamaytirilsa, to‘g‘ri reaksiya tezligi nechaga teng bo‘ladi? Masalaning yechimi: Birinchi navbatda reaksiyani tenglab olamiz.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash: Mavzuga doir masalalar yechish.
1. Hajmi 0,75 litr bo‘lgan idish 127,5 g ammiak va 310,25 g xlorid kislota bilan
to‘ldirildi. 1 minutdan so‘ng idishdagi ammiakning massasi 51 g gacha kamaydi.
Reaksiyaning o‘rtacha tezligini(mol/litr∙min) aniqlang.
2. Ma’lum bir reaksiyada yodning sarflanish tezligi 0,8 mol/litr∙min. 2,5 litrli
idishda reaksiya o‘tkazilganda yodning massasi 1000 g dan 111 g gacha kamaygan
bo‘lsa, reaksiya necha minut davom etganini aniqlang.
3. Ma’lum bir reaksiyada etanning (C
2
H
6
) sarflanish tezligi 1,6 mol/litr∙min. 240
sekund davomida reaksiya borishi natijasida etanning massasi 584 g dan 200 g
gacha kamaydi. Reaksiya o‘tkazilgan reaktor hajmini(litr) aniqlang
122 4. Ma’lum bir reaksiyada osh tuzining sarflanish tezligi 1,25 mol/litr∙min. 120
sekundlik reaksiya davomiyligidan so‘ng osh tuzining massasi 1kg dan 268,75 g
gacha kamaydi. Reaksiya o‘tkazilgan idish hajmini(litr) toping.
5. Metanning yonish reaksiyasi CH
4
+O
2
→CO
2
+H
2
O tezligi 5 ga teng. Agar
sistema bosimi 3 marta oshirilsa, reaksiya tezligi nechaga teng bo‘ladi?
5. O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilarni baholashda kimyoviy elementlar
belgilaridan foydalaniladi: