• Masala yechish
  • FIZIKAVIY MASALALARNING TURLARI VA ULARNI YECHISH USULLARI




    Download 120.77 Kb.
    bet3/9
    Sana01.03.2023
    Hajmi120.77 Kb.
    #43853
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Barotova M kurs ishi (1)
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
    FIZIKAVIY MASALALARNING TURLARI VA ULARNI YECHISH USULLARI

    O’qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustahkamlashda, o’tilganlarni takrorlashda, o’quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarni sinab ko’rishda masala yechishdan foydalanadi.
    Fizikaga qiziquvchi o`quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular olimpiadaga tayyorlanadi.
    Masala yechish- olingan nazariy bilimni amaliyotga qo’llashdir. Bu esa o’quvchilarning fizik tafakkurini ( fikrlashini ) rivojlantirishda, jumladan hodisalarni tahlil qilishda, ular haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirishda, o’xshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir. O’qituvchi masala yechish orqali o’quvchilarni tarbiyalaydi va masalalarni mustaqil yechishga o’rgatadi .
    Masala yechishni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir .

    1. Masala shartini va undagi noma’lum so’z va iboralarning mazmunini tushuntirish.

    2. Qisqacha shartini yozish va uning rasmi, shakli yoki grafigini chizish.

    3. Masala mazmunini tahlil qilib ,undagi hodisa va predmetlarni yechishda zarur bo’lgan tushuncha, qonuniyatlarni eslariga tushirish.

    4. Yechish rejasini tuzish ( tajriba o’tkazish ) , zarur bo’lgan o’zgarmas va kattaliklarning qiymatlari bilan shartni to’ldirish, grafik materiallarni tahlil qilish.

    5. Fizika kattaliklarni qiymatlarini ( SI ) xalqaro o’lchov birliklariga keltirish.

    6. Berilgan va topish kerak bo’lganlar orasidagi bog’lanishlarni ifodalovchi qonuniyatlarni aniqlash va unga mos formulalarni yozish.

    7. Tenglama tuzish va uni umumiy ko’rinishda yechish ( tajriba asboblarini yig’ish va uni bajarish ) .


    8. Topish kerak bo’lgan kattalikni hisoblab topish ,tajriba natijasini tahlil qilish.
    9. Olingan javobni tahlil qilish , yechishdagi soddalashtirishlarni baholash (tajribani bajarish ).
    10.Masala yeshishning boshqa usullarini ko’rish va ulardan eng qulayini topish .
    Masala yechishning bu sxemasi hamma turdagi masalalarga taalluqli bo’lib , turli masalalarda ba’zi bosqichlar bajarilmasligi mumkin.
    Yuqoridagi masala yechish algoritmi ( bosqichlari ) masala yechish jarayonini to’la o’z ichiga olmaydi , unda faqat qonunlarni va matematik amallarni qo’llash bosqichlari algoritmlashtiriladi xolos . Lekin u masala yechish rejasini tanlash , yechishning boshqa bosqichlariga yondoshishiga halaqit bermaydi.
    Berilgan fizik vaziyatga moslashtirilgan holda Nyutonning 2- qonuni formulasini almashtirish algoritmini ko’rib chiqaylik.

    1. Nyutonning ikkinchi qonuni formulasini yozib , undagi har bir kattalikning ma’nosini anglash .

    2. Bu kattaliklarning qiymatlarini aniqlash.

      1. inersial sanoq sistemasini tanlash ;

      2. ko’rilayotgan moddiy nuqta massasini aniqlash ;

      3. uning tezlanishini aniqlash.

    Buning uchun quyidagi bosqichlarni bajariladi :

    • nuqtaning trayektotiyasini , uning oniy tezligi yo’nalishini aniqlash ;

    • tezlanishning tashkil etuvchilarini aniqlash , uni chizmada ko’rsatish;

    • natijaviy tezlanishni grafik ravishda aniqlash ( uning vector formulasini yozish ) lozim ;

      1. moddiy nuqtaga ta’sir etuvchi hamma kuchlarning teng ta’sir etuvchisini aniqlash . Buning uchun quyidagi bosqishlar bajariladi;

    • moddiy nuqta qaysi jismlar bilan o’zaro ta’sirlashayotganini aniqlash ;

    • grafik ravishda teng te’sir etuvchini aniqlash va uning vektor ko’rinishdagi formulasini yozish lozim.



    1. Umumiy formulaidagi kattaliklarning 2-band b, c, d , qismlarida aniqlangan qiymatlarni qo’yamiz.

    2. Dinamika II qonunining vektor ko’rinishdagi tenglamasini hosil qilib , undan skalyar ko’rinishiga o’tamiz.

    Buni quyidagi masalani yechish orqali ko’rib chiqaylik : Ko’tarish krani massasi 1000kg bo’lgan yukni ko’tarmoqda . Agar yuk qisqa vaqt ichida 25 m/s² tezlanish bilan harakatlansa ko’tarilishning boshida tros tomonidan yukka ta’sir etuvchi kuchni ( yuk og’irligini ) toping .
    TAHLIL .Bu yerda yuk bilan trosning o’zaro ta’siri ko’rilib , ular Yer bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi .

    1. yuk trosga nisbatan qo’zg’almasdir ; tros Yerga nisbatan tezlanishli harakat qiladi , Yer bilan bog’liq sanoq sistemasi inersialdir.

    2. Tros va yuk ilgarilanma harakat qilgani uchun ularni moddiy nuqtalar deb qarash mumkin.

    XULOSA. Bunday vaziyatda Nyuton qonunlari qo’llaniladi .
    MASALANI YECHISH REJASI . a) Qonunni almashtirish. Yukka nisbatan Nyutonning ikkinchi qonunini yozamiz:
    F̄=mā .
    Bu yerda F̄ - yukka ta’sir etuvchi hamma kuchlarning teng ta’sir etuvchisi . ā - yukning tezlanishi . Yukning harakatini kuzataylik: uning trayektoriyasi to’g’ri chiziqdan ( yuqoriga tik ravishda ko’tariladi ) iborat.
    tezlik va tezlanish vektorlari yuqoriga yo’nalgan, unga og’irlik kuchi P= mg va taranglik kuchi T̅ ta’sir qiladi, ularning teng ta’sir etuvchisi tezlanish bilan bir xil yo’nalgan bo’ladi .
    Teng ta’sir etuvchi kuch
    F̅= P̅ + T̅.
    Harakat tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi :
    mg + T̅ = mā , ( 1)
    bu Nyutonning ikkinchi qonunining berilgan vaziyatga mos formuladir.
    b) Matematik almashtirishlar. Y o’qini yuqoriga tik yo’naltiramiz va unda (1) ning proyeksiyalari tenglamasini tuzamiz:
    ,
    Bu yerda : = g ; = T ; = a ,
    Buni e’tiborga olsak :
    T- mg = ma ,
    bundan trosning elastiklik kuchi ( yukka ta’sir etuvchi kuch ) , ya’ni yukning og’irligi :
    T = mg + ma = m (g + a) , ( g ̴̴̴̴̴̴̴̴̴̴̴̴̴̰ 10 m/s² )
    T = 1000kg ( 10 m/s² + 25 m/s² ) = 35000 kg* m/s² = 35 kN.
    NATIJANI TEKSHIRISH : Elastiklik kuchining birligi nomi to’g’ri va son qiymati ham haqiqatga yaqin , chunki T moduli bo’yicha mg = 9800 N dan kattadir . Agar yuk tekis ko’tarilganda ( a = 0 ) T = mg bo’lib , tekis harakatdagi qiymatga to’g’ri keladi.


    Download 120.77 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 120.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FIZIKAVIY MASALALARNING TURLARI VA ULARNI YECHISH USULLARI

    Download 120.77 Kb.