FIZIKADA MASALALARNING TAHLILI VA YECHIMI




Download 120.77 Kb.
bet4/9
Sana01.03.2023
Hajmi120.77 Kb.
#43853
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Barotova M kurs ishi (1)
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
1.2. FIZIKADA MASALALARNING TAHLILI VA YECHIMI.
Fizika masalalar: 1) mazmuniga ko’ra, 2) shartiga ko’ra va 3) yechish usubiga ko’ra bir necha turga bo’linadi.
Mazmuniga ko’ra masalalar: mexanik , molekular fizika , elektr , optika , atom va yadro fizikasiga doir masalalarga bo’linadi . Bundan tashqari konkret va abstrakt mazmunli masalalar xam mavjud. Abstrakt masalalarning mazmuni umumiylikka ega bo’lib , hodisalarning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Konkret mazmunli masalalar esa amaliyot va o’quvchilarning hayotiy tajribalari bilan bo’glanganligi uchun katta ko’rgazmalilikka ega. Konkret masalalar texnik mazmunli ( politexnik ta’lim ) , tarixiy mazmunli ( tarbiyaviy) , qiziqarli mazmunli ( qiziqishni uyg’otuvchi ) masalalarga bo’linadi.
Sodda masala yechish deganda uni yechish vaqtida bitta- ikkita formula ishlatiladigan, bitta- ikkita xulosa chiqariladigan, formulaning mazmunini izohlashga, sodda tajribani bajarishga mo’ljallangan masalalar tushuniladi.
Murakkab masalalar –uni yechish vaqtida bir necha fizik qonuniyatlar qo’llanadigan, fizikaning turli bo’limlariga oid bilimlardan foydalaniladigan, bir necha xulosalar chiqariladigan, tajribani bajarishda yetarli malakaga ega bo’lishni talab etadigan masalalardir . Bu masalalar muammoli vaziyat hosil qilishni va yangilik elementlarni o’z ichiga olishi lozim.
Ijobiy masalalar ikki xil bo’ladi : qidiruv va konstruktorlik masalalar.

  1. Masala shartiga ko’ra matnli , eksperimental ( tajribali ) , grafik va rasmli masalarga bo’linadi.

  2. Yechish usuliga ko’ra masalalar sifat , hisoblash, grafik va eksperimental masalalarga ajaratiladi.

Sifat masalalarning mohiyati shundaki , ular hodisalarning fizik mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo’ladi.
Hisoblash masalalari bir necha matematik operatsiyalarni qo’llash orqali yechiladi. Matematik apparatning qo’llanilishiga qarab masalalarni yechish usullari arifmetik, algebraik va geometrik usullarga bo’linadi.
Masala yechishdagi mantiqiy uslublar – analitik va sintetik yoki analitik- sintetik uslublardir .
Analitik uslubda masalani noma’lum kattalikning topilishidan boshlab yechiladi. Uni bir necha sodda masalalarga bo’lib yuboriladi.
Sintetik uslubda masalada berilganlar orasidagi bog’lanishlarni aniqlab borib , oxiri topilishi kerak bo’lgan bitta noma’lumga ega bo’lgan tenglikka boriladi.
Bu uslublarning qo’llanishiga bir misol ko’raylik.
Biror jism h1 balandroqdan erkin tushmoqda: u bilan bir vaqtda undan ham balandroqdan, ya’ni h2 balandlikdan boshqa jism harakatlana boshlaydi . Ikkala jism yerga bir vaqtda tushishi uchun ikkinchi jismning boshlang’inczligi v0 qanday bo’lishi lozim ?
Analitika usul: balandlikdan tushayotgan jismning ko’chish
bundan,
(1)
balandlikdan tushayotgan jismning ko’chishi
h=
bundan
(2)
Har ikkala jismning harakat vaqti bir xil bo’lgani uchun (2) ni (1) ga qo’yamiz :



(3)

Sintetik usul : balandlikdan tushayotgan jismning ko’chishi , bundan,


(4)
balandlikdan tushayotgan jismning ko’chishi :
(5)
Har ikkala jismning ko’chish vaqti bir xil bo’lgani uchun (4) ni (5) ga qo’yamiz:
; ;
Bundan ,
(6)
Eksperimental masalada tajriba masaladagi biror kattalikni o’lchash orqali aniqlab beradi yoki yechimning to’g’riligini tekshiradi.
Masalan :masalaning qo’yilishi . Bizga ichida ozgina qum bo’lgan asosi to’rt burchakli parallelepiped shaklidagi idish , dinamometr , chizg’ich , suvli idish berilgan bo’lsin . Idishning suvga botish chuqurligini toppish kerak.
TAHLIL.Arximed kuchi qumli idishning og’irligiga tenglashguncha ( ) idish botib boradi. P- idishning og’irligi , – Arximed kuchi bo’lib , u idishning botgan qismi siqib chiqargan suyuqlikning ogirligiga teng bo’ladi:
=P= mg=ρVg ,

bu yerda ,V – idishning suvga botgan qismining hajmi , V=Sh; S – idish asosining yuzi , h- idishning suvga botgan qismining balandligi


h= . (7)
Bundan ko’ramizki , masala yechish uchun qumli idishning og’irligini , suyuqlikning zichligini va idish asosining yuzini bilish lozim .
O’LCHASH. Dinamometr bilan qumli idish og’irligini , chizig’ich bilan asosining eni va bo’yini o’lchaymiz, asasining yuzi S= ab ni aniqlaymiz. Suyuqlik zichligini jadvaldan olamiz.
HISOBLASH .P,S,ρ, g larning aniqlangan qiymatlarini (7) ga qo’yib h ni topamiz.
TAJRIBADA SINASH . Idishning hisoblab topilgan botish chuqurligini idish tubidan boshlab o’lchaymiz va belgilab qo’yamiz. Keyin uni suvga qo’yilgan yergacha botganini ko’ramiz . Demak , hisoblab topilgan botish chuqurligi to’g’ri topilgan.


Download 120.77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 120.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FIZIKADA MASALALARNING TAHLILI VA YECHIMI

Download 120.77 Kb.