|
bo‘lishi mumkin, ya’ni ko'kalamzorlashtirilgan hududlarda haroratBog'liq Turar-joy tumani loyihasi. Isamuxamedova D.U,bo‘lishi mumkin, ya’ni ko'kalamzorlashtirilgan hududlarda harorat
yuqori
bo'ladi. Turar-joy hududlarini shahar ichki yo'llarini
rko'kalamzorlashtirish va katta ko'chalardan quyuq daraxtlar va
butalar ekib ajratish lozim.
Jismoniy tarbiya va sport inshootlari turar-joy tumani ko'ka-
.lamzor tizimini to'ldirishi lozim. Tuman sport inshootlariga sport
fyadrosi va suzish basseyni, sport maydonlaridan iborat sport maj-
imuasi, sport zalini o'z ichiga oladi. Turar-joy tumanining ko'kalam-
zorlari va sport inshootlari odatda joyning landshaft xususiyatlarini
hisobga oluvchi o'zaro bog'liq tizim sifatida loyihalanadi.
Shahar aholisining tabiat bilan bo ‘Igan aloqasini saqlab qolish.
Aholining ko'payishi va u bilan bog'liq holda shaharlaming ham
o'sishi va kengayishi odamlaming tabiat bilan bo'lgan zaruriy
aloqasining buzilishiga olib kelmoqda, natijada shahar aholisi yashash
sharoitining yomonlashuvi yuz bermoqda. Shu tufayli ko'kalamzorlar,
quyosh tushib turuvchi ochiq yerlar va ulardan shahar aholisining har
kuni foydalanishi tobora dolzarb masalaga aylanmoqda. Bu esa turar-
joy binolari tarkibiga ko'kalamzorlashtirilgan maydonchalar va
boshqa tabiat elementlarini kiritish imkonini beradigan tuzilishlarini
izlab topish lozimligini ko'rsatadi. Bunday majmualar odamlaming
tabiat bilan yaqinligini ta’minlashi lozimdir (41-rasm).
Turar-joy tumani bog'lari ko'kalamzorlashtirish tizimining
doimiy va davriy dam olish uchun xizmat ko'rsatadigan asosiy
bo'g'ini hisoblanadi. Turar-joy tumanlari bog'lari kamida 3 ga (sport
majmuasidan tashqari) maydonga joylashtiriladi va 1 km radiusdagi
aholiga xizmat ko'rsatishga mo'ljallanadi.
Turar-joy tumani hududida shahar parklari joylashsa, turar-joy
|
| |