Moslamani me’yorlashtirish va universallashtirish




Download 305,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana06.09.2024
Hajmi305,68 Kb.
#270435
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-maruza

Moslamani me’yorlashtirish va universallashtirish. 
Yangi mashinani 
yaratish bo‘yicha konstruktorlik ishlari tugagadan keyin eng murakkab jarayon-


texnologik vositalarni tayyorlash jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning eng ish hajmli 
qismi dastgoh moslamalarini tayyorlashdan iboratdir. 
Fan va texnika tez rivojlanishi eng mukammal, yuqori unumdorlikda yangi 
maxsulotlarni ishlab chiqarishni taqazo qiladi. Unda foydalanilayotgan 
moslamalarni ko‘pchiligi ishga yaroqsiz bo‘lib qoladi va yangi mashinalarni ishlab
chiqish uchun yangi texnologik vositalarni yaratishga to‘g‘ri keladi. 
Bunda ishlab chiqarishni tayyorlash va to‘la ishga tushirishni davrini
cho‘zilib ketish natijasida mashina o‘z yangiligini yo‘qotishi mumkin.
Shuningdek ish unumdorligini oshirish va tannarxni kamaytirishga intilish, 
jihozlarni ta’minlanganligini yaxshilashni talab qiladi, ya’ni turli xil moslamalarni 
ko‘proq qo‘llashga majbur qiladi.
Bularni xammasi barcha texnologik vosita va maxsus moslamalar 
tayyorlashni tezlashtirish va arzonlashtirish yo‘llarini izlashga olib keladi, bunda 
ikkita yo‘l mavjud: 
- detallarni va moslama qismlarni me’yorlashtirish; 
- moslamani unifikatsiyalash. 
Birinchi yo‘lni mazmuni ko‘p moslamalarda o‘zgarishlarsiz foydalanishi 
mumkin bo‘lgan umumiy detallar va qismlarni yaratishdan iborat. 
Me’yorlashtirishga quyidagilar kiritilishi mumkin: 
- tashqi gabarit va birikuvchi o‘lchamlar; 
- konstruktiv elementlar (rezba, qotiruvchi detallar, shtiftlar, shponkali birikmalar va 
xokazolar); 
- moslama detallari (o‘rnatish elementlari, qisuvchi qurilma detallari, moslama 
korpuslari, yordamchi qurilma detallari); 
-va nixoyat eng mukammallashgani, moslamani butun bir qismlarini 
me’yorlashtirishdan iboratdir. Bunga pnevmotsilindrlar, pnevmokameralar, 
bo‘luvchi va burovchi mexanizmlar, fiksatorlar, turtkichlar va boshqalar kiradi. 
Me’yorlashtirishni afzalligi
 
quyidagilardan iborat: 
- detallar nomenklaturasi va konstruktorlik ish hajmi kamayadi; 
-me’yorlashgan detallarni tayyorlash texnologik jarayonini mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish imkonini beruvchi yirik partiyalab ishlab chiqarishda amalga 
oshirish mumkin. 
-me’yorlashgan detal va qismlar ishlatilgan moslamalardan yechib olinishi va 
saqlashga topshirilishi va ulardan yangi moslamalarni yig‘ishda foydalanish 
mumkin. 
Xozirgi vaqtda maxsus moslamalarni konstruktsiyalashda me’yoriy detallarni 
ishlatish 70% gacha yetadi.
Ikkinchi yo‘l – moslamalarni unifikatsiyalash- bunda, universallashtirilgan 
moslamalar o‘z elementlarini tez va ko‘p marta qayta o‘zgartirib yig‘ish mumkin 
buning evaziga moslamani turli detallar va operatsiyalar uchun ishlatish mumkin 
bo‘ladi. Bu texnologik vositalarni tayyorlash muddatini keskin qisqartirish natijsida 
seriyalab va donalab ishlab chiqarishda, ishlov berishning unumdorligini sezilarli 
darajada oshirishga sabab bo‘ladi.
Universal moslamalarning ikki tizimi mavjud:
-Universal-yig‘iluvchi moslamalar (UYM); 


-Universal-sozlanuvchi moslamalar (USM).
Universal yig‘iluvchi moslama tizimi me’yorlashgan elementar detallar 
majmuasini yaratish va ular yordamida turli moslamalarni shakllantirish 
mumkinligini nazarda to‘tadi.
UYM elementar detallari vazifasini: “T” shaklidagi o‘zaro kesuvchan ariqchalar 
bilan ta’minlangan plitalar va rejashaybalar; tagliklar; prizmalar; vtulkalar; 
burchakliklar; rejakalar va boshqalar bajaradi (18.15 -rasm).
18.15 –rasm. 
YMning elеmеntar dеtallari. 
Shakllantirish sxemasini yaratish uchun moslama yig‘ishni bir nechta varianti 
amalga oshiriladi. Keyin eng yaxshi shakllantirish bir nechta xolatlarda fotosuratga
olinadi, fotosuratga foydalaniladigan detallar jamlanmasi nomeri va yig‘ish bo‘yicha 
qisqacha ko‘rsatma ilova qilinadi.
UYM ni abzalligi quyidagilardan iborat: 
-hisobda umuman chizma ishlarini yo‘qligi; 
-moslama detallarini tayyorlashga xojat yo‘qligi: Ayrim xollardagina maxsus 
detallarni tayyorlashga to‘g‘ri keladi, lekin ularni soni odatda 1% dan oshmaydi;
-moslamani tayyorlash (yig‘ish) vaqti ko‘p marta qisqaradi;
-moslamani tayyorlash oddiy va arzon bo‘lganligi uchun ulardan mayda ishlab
chiqarish sharoitlarida ham foydalanish imkoniyati ochiladi.
UYMlarni kamchiligi - unda ko‘p sonli ulanish choklari hisobiga bikrligini 
kamligidir; 
Universal-sozlanuvchi moslamalar tizimi moslamani alohida qismlari 
agregatlashtirishga yoki ayrim elementlari sozlashga asoslangan. 
Mayda detallarga ishlov berishda almashuvchan kassetalardan foydalaniladi. 
har bir kassetaga ma’lum turli o‘lchamdagi detallar o‘rnatiladi.
Moslamani qayta sozlash tegishli kassetalarni almashtirishga kiritiladi. 
O‘rnatuvchi va qisuvchi elementlarni almashtirishda moslamani dastgohdan 
yechmasdan tez qayta sozlashni amalga oshirish mumkin. 
Plita
Burchaklik 


Masalan, turli tayyorlamalarni maxkamlash uchun mashinali tisklarni 
qisqichlarini, patronlarni qulochlarini almashtirish yo‘llari bilan qayta sozlash 
mumkin bo‘ladi.
Nazorat savollari: 
1. Moslamalarning vazifasi
2. Moslamalarning asosiy elementlari 
3. O‘rnatish elementlari 
4. Siquvchi mexanizmlar 
5. Yo‘naltiruvchi elementlar 
6. Moslamalarni loyihalash asoslari. 
7. Moslama qo‘llashning asosiy afzalliklari. 
8. Dastgoh moslamalarining turlari. 
9. Qisuvchi kuchni hisoblash asoslari. 
10. Moslama korpusiga qo‘yiladigan talablar. 
11. Moslamani meyorlashtirish afzalliklari. 
12. Moslamalarni unifikatsiyalash asoslari. 

Download 305,68 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 305,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moslamani me’yorlashtirish va universallashtirish

Download 305,68 Kb.
Pdf ko'rish