• Nazariy qism: O‘qitishning qiziqtiruvchi metodlari.
  • Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi: AQLIY HUJUM
  • Didaktik tamoyillar va ularning tasnifini o‘rganish




    Download 63.47 Kb.
    bet7/17
    Sana25.08.2023
    Hajmi63.47 Kb.
    #79525
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    Didaktik tamoyillar va ularning tasnifini o‘rganish-hozir.org
    Shablonlar qanday ishlaydi , 4-mavzu. Ma’lumotlarni xeshlash algoritmlari. Xesh jadval va xes-fayllar.org, 11-синф сўровнома (русча), 1-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’quv jarayonini tashkil etish va di, BUYUK BRITANIYA IQTISODIYOTIDA SUG\'URTANING TUTGAN O\'RNI , Gidrologiya, Madina Isomova
    6-ilova

    .

    SEMINAR MASHG‘ULOT №3



    Mavzu: O‘qitishning dasturiy ta’minoti va uning tahlili.
    Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarga O‘qitishning dasturiy ta’minoti va uning tahlili haqida ko‘nikma va malaka hosil qilish.
    Nazariy qism:
    O‘qitishning qiziqtiruvchi metodlari.
    Ma’lumki informatika o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni zamonaviy informatikaning ba’zi bir umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tatbig‘ini va kompyuterlarning zamonaviy xayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni xisobga olgan xolda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini xam qo‘llash lozim. Masalan ko‘pchilikka ma’lum va ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini bolalarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan metoddir. Ushbu o‘yinga o‘quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, xatto o‘zlari xam informatikaning turli mavzulari bo‘yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo‘lishi bilan birga, faqatgina kuchli o‘quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni xam qamrab oladi
    Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning yana bir shakli bu rebuslardir.
    Boshqa o‘quv predmetlaridan kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ko‘pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq o‘quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo‘lishlari bilan birga, mashxur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi xamdir.
    O‘yinli vaziyat, krossvord va rebusni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish elementlari o‘quvchilarni shunday o‘ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika soxasidagi bilimlarini to‘ldirishga rag‘batlantiradi.
    Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi:
    AQLIY HUJUM
    Aqliy hujum guruhlararo ishlarda qo‘llaniladigan ko‘plab g‘oyalarni ishlab chiqish mumkin bo‘lgan metoddir. Bu haqiqatan ham talabalarning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishlari turli g‘oyalarni bayon qilish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhum usliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortib oladi. O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘quv faolligi 5-10 daqiqa orlig‘idagi vaqt chegarasida yengilashtiriladi.
    Aqliy hujum turli tarzda qo‘llanishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun yangi savol qo‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish uchun.

    Download 63.47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 63.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktik tamoyillar va ularning tasnifini o‘rganish

    Download 63.47 Kb.