Zamonaviy menejer haqida tushuncha




Download 291,99 Kb.
bet4/68
Sana20.05.2024
Hajmi291,99 Kb.
#245640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
1-TEST KITOBCHA

Zamonaviy menejer haqida tushuncha
Boshqaruv – bu ma’lum bir natijalarga erishish uchun boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga maqsadli yo‘naltirilgan tarzdagi ta’siriga oid jarayon.
Boshqaruv subyekti deganda hokimlik ta’sirida kelib chiqadigan yuridik yoki jismoniy shaxsni tushuniladi. Boshqaruv subyektining hokimlik vakolati, uning iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy ta’sir kuchi boshqaruv jarayonining asosini tashkil etadi.
Zamonaviy menejmentning muhim tamoyillaridan biri boshqaruvni demokratlashtirish – tashkilot boshqaruvida barcha xodimlarning ishtirok etishidir. 
“Uslub” so‘zi grekcha bo‘lib, dastlab u doskada yoziladigan siyoh, keyinchalik esa “yozuv” ma’nosida qo‘llanilgan.
Boshqaruv uslubi deb menejer o‘z faoliyatida ishlatadigan yo‘llar, usullar, ish tarzi yig‘indisi tushuniladi.
Menejerning vazifasi:
— agar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, unda bo‘ysunuvchilarni ayblamay shaxsiy mas’uliyatni o‘ziga olishi;
— xodimlar talantini va kasbiy malakasini yanada o‘sishiga imkoniyat yaratish;
— belgilangan maqsadga erishish natijalarini tekshirishi, ammo buyruq berish
orqali xodimlar tafakkuriga tazyiq o‘tkazmasligi;
— xodimlar kamchiliklari va muvaffaqiyatsizliklariga xolislik bilan yondashish;
— xodimlarni individual xususiyatlarini hisobga olish: har biriga o‘ziga xos yondashish;
— xodimlar oldida o‘z mas’uliyatini his qilish, ularning o‘rtog‘i bo‘lmay boshlig‘i bo‘lish;
— xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash, o‘zaro harakatga omillash orqali belgilangan maqsadlarga erishish;
— har bir xodimga uning mehnat natijalarini his qilishiga yordam berish;
— xodimlarni birgalikda harakatga qobiliyatli qilish, ular harakatiga natijali va samarali tus berish, individual xususiyatlarini yuzaga chiqarishga imkoniyat tug‘dirish.
Menejer — bu boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma’lum turlari bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatlariga ega bo‘lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o‘rinlarni egallaydi (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma’lum turlarini tashkilotchisi, boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo‘lmagan masalalarni yechadi, har xil vazifalarni bajaradi.

Download 291,99 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Download 291,99 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy menejer haqida tushuncha

Download 291,99 Kb.