|
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at).
Texnologiya
|
bet | 7/68 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 291,99 Kb. | | #245640 |
Bog'liq 1-TEST KITOBCHATexnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov)
Pedagogik texnologiya-o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha
hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiya-bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
O‘qituvchining o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko‘rsatish hamda mazkur faoliyatning mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni (N.Saidahmedov).
Pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi. I. Individual pedagog, qo‘l bilan ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab XVII asrgacha);
II. Yozuv kitobi davri (XVII asrdan hozirgi davrgacha);
III. Audiovizual vositalar davri (XX asrning 50 yillari);
IV. O‘qitishni boshqarishni avtomatlashtirish oddiy vositalari davri (XX asrning 70 yillari);
V. Zamonaviy hisoblash mashinalari asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr oxiri komp’yuterda o‘qitish).
Dastlab XX asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha asrlarda tilga olingan. Shu vaqtning o‘zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30 yillarda o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar o‘rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo‘llanilib, o‘quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan. XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonni, pedagogik texnologiyaning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi.
Rossiya XX asrning 90- yillarida pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Markaz tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr etiladi.
Menejment - bu inglizcha so‘z bo‘lib, ingliz tilining Oksford lug‘atida berilgan ta’rifga binoan u:
- boshqaruv hokimiyati va san’ati;
- resurslarni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar tushuniladi.
Anri Fayol XX asrning boshlarida boshqaruvning beshta funksiyasini ajratib ko‘rsatgan: rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at).
Texnologiya
|