• Pedagogik texnologiya
  • "o‘qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o‘quv jarayoni texnologiyasi"
  • Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar)




    Download 291,99 Kb.
    bet6/68
    Sana20.05.2024
    Hajmi291,99 Kb.
    #245640
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
    Bog'liq
    1-TEST KITOBCHA

    6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar).
    7. Ijodiy mashq.
    Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, o‘quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi. Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot bilan bog‘liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan -"texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va “logos” (logos) - fan so‘zlaridan tashkil topib “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma 
    ketlikda bajarilishni ko‘zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o‘giradigan bo‘lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat  mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko‘pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko‘rinishlarini uchratish mumkin: "o‘qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o‘quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O‘qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo‘lsa-da, aynan o‘xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o‘quv materialini o‘zlashtirish yo‘lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko‘proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi. Pedagogik texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o‘qituvchi - pedagogik jarayon o‘quvchi (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. 

    Download 291,99 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




    Download 291,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar)

    Download 291,99 Kb.