|
Oriental Renaissance: InnovativeBog'liq hamkorlik-asosida-umumta-lim-maktablarida-ta-lim-tarbiya-jarayonini-takomillashtirishOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
298
w
www.oriens.uz
October
2022
Ключевые слова: кооперативное обучение, кооперативная педагогика,
ученик,
учитель,
критическое
мышление,
интерактивные
методы,
самостоятельное мышление, доброжелательное отношение.
KIRISH
Hamkorlikda o‘qitish pedagogika fanida ancha yillardan buyon amalga
oshirlimoqda. Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi nimanidir birgalikda bajarish
emas, balki birgalikda o‘qishdir. Hamkorlik ta’limi pedagog va o‘quvchilarni ta’limiy
faoliyat jarayonida birgalikda rivojlanishi, bir-birini chuqur tushuna olishi, bir-
birlariga nisbatan qalban yaqinlikni his qilishi, faoliyat bosqichlari va shu
bosqichlarda erishilgan natijalarni hamkorlikda tahlil qilishdan iborat bo‘lib, ilg‘or,
rivojlantiruvchi g‘oyalarni o‘zida aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘tgan asrning 70-yillarida J.Dyui ham- korlikda o‘qitishda natijalarni
oldindan ko‘ra bilish, amaliy faoliyatni tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Ta’lim
jarayonida kichik guruhlarda o‘qitishdan Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya,
Avstraliya, Isroil, Yaponiyada foydalanilgan.
Hamkorlik
pedagogikasini
novator-pedagoglar
(Sh.A.Amonashvili,
S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, Y.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon
ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga
asoslangan o‘zaro munosabatlarni tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar [1]. Hamkorlik
pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalar A.Avloniy, G‘.G‘ulom,
K.D.Ushinskiy,
A.S.Makarenko,
V.A.Suxomlinskiy,
J.J.Russo,
Ya.Korchak,
K.Rodjers va boshqa- larning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan.
Pedagogik hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar
mazmuniga singdirilgan va «XXI asr ta’limi konsepsiyasi» asosini tashkil etadi.
Bolaga insonparvarlik asosida shaxsiy yondashuv maktab ta’limi tizimida bola
shaxsi, uning hali rivojlanmagan qobiliyatlari, «men»ligi ustuvor o‘rin tutadi.
Maktabning maqsadi mavjud qobiliyatlarni rivojlantirish, shaxsni ijtimoiy faoliyatga
jalb etish, uni erkin rivojlantirishdan iboratdir.
|
| |