• © Toshkent davlat texnika universiteti, 2019. 3 KIRISH
  • Электр хавфсизлиги




    Download 4.25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/163
    Sana01.11.2023
    Hajmi4.25 Mb.
    #92979
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
    Bog'liq
    Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
    REGLAMENT 910, ISHLAB CHIQARISHDA MUQOBIL MUHITNI TA, 7-mavzu. Tarbiya jrayonlarida milliy qadriyatlarning o`rni, O\'QIVCHILARNING GEOGRAFIYA OLIMPIADAGA TAYYORLASHNING USLUBIY YONDASHUVLAR 1, Badiiy obraz, Matematika рус (1), Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash , Документ Microsoft Office Word, Differensial tenglamalar uslubiy ko\'rsatma(2020-2021), Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari..refera, Photoshopppqayta ishlash, 1- Amaliy mashgulot (1), Luvr
    Bobojanov M.Q. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 
    ―Elektr ta‘minoti‖ kafedrasi professori, texnika fanlari doktori 
    Taqrizchilar: 
    Pirmatov N.B. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 
    ―Elektr moshinalari‖ kafedrasi professori, texnika fanlari doktori; 
    Sulliyev A.X. Toshkent temir yo‘llari muhandislik instituti ―Temir yo‗llari 
    elektr ta‘minoti‖ kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi. 
    © Toshkent davlat texnika universiteti, 2019. 



    KIRISH 
    Sanoatda elektr energiyasidan keng ko‗lamda foydalanish yo‗lga qo‗yilgan-
    ligi sababli, elektr toki ta‘siridan ro‗y berishi mumkin bo‗lgan baxtsiz hodisalar va 
    ulardan saqlanish, bugungi kunning dolzarb masalalari qatoriga kirib bormoqda. 
    Elektr toki ta‘sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan sezishning 
    imkoniyati yo‗q. Shuning uchun elektr toki ta‘sirining xavfiga qarshi tashkiliy va 
    texnik chora-tadbirlarni belgilash, to‗siq vositalari bilan ta‘minlash, shaxsiy va 
    umumiy muhofaza tizimlarini o‗rnatish nihoyatda muhim hisoblanadi. Umuman 
    olganda, elektr tokining ta‘siri faqatgina biologik ta‘sir bilan chegaralanib qolmas-
    dan, balki elektr yoyi ta‘siri, magnit maydoni ta‘siri va statik elektr ta‘sirlariga 
    bo‗linadi. Bularni bilish har bir inson uchun kerakli va zaruriy ma‘lumotlar 
    jumlasiga kiradi. Elektr energiyani sanoatda va xalq xo‗jaligida keng qo‗llanishini 
    o‗sishi va kengayishi, elektr xavfsizligini ta‘minlash masalalarini qo‗yadi. 
    Darslikda talabalarga elektr toki va uning tirik organizmlarga ta‘siri, elektr 
    toki ta‘siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va jarohatlanishni 
    oldini olish, himoyalash, elektr xavfsizligi bo‗yicha texnik va tashkiliy tadbirlarni 
    qo‗llash, tezkor xizmat ko‘rsatish va ishlarni xavfsiz bajarish, himoya vositalari 
    hamda asosiy va yordamchi himoya vositalarini qo‘llash, xavfsizlik shiorlari va 
    belgilarini osishlar to‘g‘risida to‘liq ma‘lumot beriladi. 
    Talabalarga 1000 Voltgacha va undan yuqori bo‗lgan kuchlanish ostidagi 
    elektr uskunalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‗yicha 
    bilimini berish, ular o‗z bilimiga suyangan holda amaldagi ishlarni xavfsizlik bilan 
    olib borishi va ish joylarini to‗g‗ri tayyorlashlari mumkin, baxtsiz hodisalar sodir 
    bo‗lganida jabrlanuvchiga amaliy birinchi yordam berish, shuningdek yurakni tash-
    qaridan massaj qilish va sun‗iy nafas berish kabi ishlarni to‗g‗ri bajarishlari mum-
    kin. Bundan tashqari amalda himoya vositalarini to‗g‗ri qo‗llashlari mumkin. 
    Elektr energiyani sanoat va xalq xo‗jaligida keng doirada qo‗llanilishi 
    asosan shaxslarning elektr qurilmalarni ko‗p ekspluatasiya qilish bilan bog‗liq. 
    Shuning uchun xavfsizlik savollari elektr qurilmalarda muhim o‗rin tutadi. Elektr 



    xavfsizlik masalalarini yechilishida xodimlar va boshqa shaxslarni kundalik ish 
    sharoitini yaxshilanishi, ularning elektr qurilmalarni ekspluatasiyasida o‗zlarini 
    elektr toki ta‘siridan himoya tadbirlarini qo‗llashlari katta ahamiyatga ega. Hozirgi 
    sharoitda elektr xavfsizligi yutuqlarini hisobga olib yangi himoya vositalari yaratil-
    moqda. Baxtsiz hodisalar sanoatda tekshirib ko‗rilsa, umumiy baxtsiz hodisalar 
    0,5-1,0% ga to‗g‗ri keladi. Elektr energetikada esa, bu 3,0-3,5% ni tashkil etadi. 
    Ishlab chiqarishda o‗lim holati bilan tugaydigan tok ta‘sirida tushib qolishlar 20-
    40% ni tashkil qiladi (energetikada 60% gacha). 1000 Voltgacha bo‗lgan elektr 
    qurilmalarda esa, 75-80% ni tashkil etadi. Ushbu ma‘lumotlar «Elektr qurilmalarni 
    ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari», "Iste‗molchilar elektr quril-
    malarini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari", "Iste‗molchilar elektr qurilmalarini 
    ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari", "Elektr uskunalarida foyda-
    laniladigan himoya vositalarini qo‗llash va sinash qoidalari", "Elektr qurilmalar-
    ning tuzilishi qoidalari" va boshqa standart ko‗rsatmalarda keltirilgan. 
    Hozirgi kunda texnika taraqqiyotini elektr energiyasiz tasavvur qilish qiyin. 
    Texnikada elektr energiyani qo‗llanilishi, xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarni elektr 
    tokidan jarohatlanish xavfini oshiradi. Ishlab chiqarishda elektr toki bilan bog‗liq 
    baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
    Shulardan biri, «Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan 
    baxtsiz hodisalar oqibatida jabbrlanganlarga shifokordan oldin yordam ko‘rsatish 
    bo‗yicha yo‗riqnoma»ni o‗rgatish hamda «Elektr energetika» yo‗nalishi talabalari-
    dan esa, «Elektr xavfsizlik asoslari» fanini puxta o‗zlashtirish talab etiladi. 
    O‗quvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida energetika sohasiga oid 
    qisqartirma va asosiy terminlar ham berilgan. 
    Mualliflar o‗z ilmiy maslahatlaridan bahramand etgan O‗zR FA akademigi 
    Q.R.Allayev, t.f.d., professorlar M.Q.Bobojanov, T.Sh.Gayibov, A.D.Taslimov, 
    F.A.Xoshimov, N.B.Pirmatov, t.f.n., dotsentlar D.A.Rismuxamedov, A.N.Rasulov, 
    T.X.Xakimov, A.X.Sulliyev hamda «O‗zdavenergonazorat» inspeksiyasi xodim-
    laridan - t.f.n. S.S.Xoliqov, A.I.Usmonov va M.M.Po‗latovlarga o‗z minnatdor-
    chiliklarini bildiradilar. 




    Download 4.25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




    Download 4.25 Mb.
    Pdf ko'rish