|
Elektr toki ta‟siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko„rsatishBog'liq Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК REGLAMENT 910, ISHLAB CHIQARISHDA MUQOBIL MUHITNI TA, 7-mavzu. Tarbiya jrayonlarida milliy qadriyatlarning o`rni, O\'QIVCHILARNING GEOGRAFIYA OLIMPIADAGA TAYYORLASHNING USLUBIY YONDASHUVLAR 1, Badiiy obraz, Matematika рус (1), Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash , Документ Microsoft Office Word, Differensial tenglamalar uslubiy ko\'rsatma(2020-2021), Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari..refera1.4. Elektr toki ta‟siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga, tibbiyot xodimi yetib kelgunga qadar
ko‗rsatiladigan birinchi yordamni ikki qismga bo‗lib qaraladi:
I.
Tok ta‘siridan qutqarish;
II.
Birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish.
Tok ta’siridan qutqarish, bir necha xil bo‗lishi mumkin. Eng oson va qulay
usul, bu elektr qurilmasining o‗sha qismiga kelayotgan tokni o‗chirishdir.
Agar buni iloji bo‗lmasa (masalan o‗chirgich qurilmasi uzoqda bo‗lsa), unda
kuchlanishi 1000 V dan past bo‗lgan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi
yog‗ochli bo‗lgan bolg‗alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimining
quruq joyidan ushlab tortib, tok ta‘siridan qutqarib qolish mumkin.
Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‗lsa, unda dielektrik
qo‗lqop va elektr izolyasiyasi mustahkam bo‗lgan elektr asboblaridan foydalanish
kerak.
Elektr toki ta‘siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish, uning
holatiga qarab belgilanadi.
Agar jarohatlangan kishi hushini yo‗qotmagan bo‗lsa, unda uning tinchligini
ta‘minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga
olib borish zarur.
Agar tok ta‘siridan hushini yo‗qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi
ishlayotgan bo‗lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini
bo‗shatish, hamda sof havo kelishini ta‘minlash zarur.
Shu bilan birga, shart-sharoit mavjud bo‗lsa, nashatir spirtni hidlatish,
yuziga suv purkash, tanasini va qo‗llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashib qaltirash holati
kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‗lsa, unda bu kishiga sun‘iy
nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Agar klinik o‗lim holati yuz bersa, sun‘iy nafas oldirish bilan bir qatorda
yurakni ustki tomonidan massaj qilish kerak.
|
| |