Электр хавфсизлиги




Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/163
Sana01.11.2023
Hajmi4.25 Mb.
#92979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
Электр хавфсизлиги асослари фанидан ДАРСЛИК
REGLAMENT 910, ISHLAB CHIQARISHDA MUQOBIL MUHITNI TA, 7-mavzu. Tarbiya jrayonlarida milliy qadriyatlarning o`rni, O\'QIVCHILARNING GEOGRAFIYA OLIMPIADAGA TAYYORLASHNING USLUBIY YONDASHUVLAR 1, Badiiy obraz, Matematika рус (1), Informatika fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni loyihalash , Документ Microsoft Office Word, Differensial tenglamalar uslubiy ko\'rsatma(2020-2021), Abu nasr forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari..refera, Photoshopppqayta ishlash, 1- Amaliy mashgulot (1), Luvr
1.2. Xodimlarga talablar 
Joylarda ishlab turgan xodimlarni o‗qitish va bilimini tekshirish tartibi
«Energetika korxonalari va tashkilotlari xodimlari bilan ishni tashkil etish bo‗yicha 
rahbariy qoida» talablariga mos bo‗lmog‗i shart. 
Sog‗liq uchun zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ish olib boruvchi ishchi, 
hamda muhandis-texnik xodimlar Respublika sog‗liqni
saqlash Vazirligi 
belgilagan tartib va muddatda shifokorlar ko‗rigidan o‗tishlari shart. 
Elektr uskunasida ishlayotgan ishchi o‗zining lavozimi va kasbiga qarab
texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi va 1-ilovaga muvofiq elektr xavfsizligi 
guruhiga ega bo‗lishi kerak. Texnika xavfsizligi qoidalarini o‗zlashtirganligi 
haqida sinovdan o‗tgan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi. 
Xodim guvohnomani ish paytida o‗zi bilan olib yurishi shart. Xavfsizlik bo‗yicha 
qo‗shimcha talablar qo‗yiladigan ishlarni (yoki maxsus ishlarni) bajarish huquqiga 
ega bo‗lgan xodimlar guvohnomasida, shu haqida yozuv bo‗lishi shart. 
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
- balandlikda bajariladigan ishlar; 
- tok o‗tkazuvchan qismlarda kuchlanish ostida bajariladigan ishlar; 
- izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta‘mirlash, 
simlarni ulangan joylarini, hamda izolyatorlarni o‗lchov shtangasi bilan tekshirish 
va trosslarni moylash; 
- bosim ostida bo‗lgan idishlarga xizmat ko‗rsatish; 



- elektr uskunani yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan 
ishlashdan tashqari). 
Maxsus ishlar ro‗yxati korxona rahbariyati ko‗rsatmasiga binoan mahalliy 
sharoitni hisobga olgan holda boshqa qo‗shimcha ishlar bilan to‗ldirilishi mumkin. 
3-ilovada qayd etilgan ishlarda 18 yoshga to‗lmagan shaxslarni ishlashiga ijozat 
berish man etiladi. Texnika xavfsizligi qoidalari talablarini buzib ishlagan 
xodimlar amaldagi qonunchilikka asosan intizomiy, ma‘muriy va jinoiy 
javobgarlikka tortiladilar. Korxona rahbariyati bunday xodimlarning elektr 
xavfsizlik guruhini pasaytirishi mumkin. 

Download 4.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish