F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/64
Sana24.01.2024
Hajmi2,05 Mb.
#144557
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64
Bog'liq
Alifbe o\'zbek metodika

O‘QUV-METODIK 
QO‘LLANMA
22
berilgan savol-topshiriqlardan foydalanib, o‘quvchilarni mustaqil, ijodiy fikrlashga 
o‘rgatishga e’tibor berishi zarur. U matnda yashil bilan ajratilgan so‘zlarni o‘quvchilarga 
o‘qitishga, ularning tarkibidagi unli va undosh harf-tovushlarni ajratishga, ularni qanday 
qilib bo‘g‘inlarga bo‘linishini o‘rgatishga ahamiyat berishi lozim. 
O‘quvchilar o‘quv jarayonida egallaydigan kompetensiyalarning asosiy turlari: qadriyatli-
fikriy, ta'limiy, o‘quv-biluv, axborot-kommunikativ, umummadaniy, ijtimoiy mehnat 
kompetensiyalaridir.
Darslikda “Rasmga qarab so‘zlang”, “Bo‘g‘inga ajrating”, “Harfni toping” topshirig‘i bilan 
o‘quvchilarda kommunikativ kompetentlik shakllantiriladi. 
Kompetensiya atamasi lot. tilidan olingan bo‘lib, “erishaman”, “mos kelaman” ma'nolarini 
bildiradi. Bu shaxsning ichki va tashqi imkoniyat, shart-sharoitlardan samarali 
foydalanishi, muayyan kasbiy muammolarni yecha bilish qobiliyatidir. Kompetentlik 
bu - individning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, o‘z ma'naviy olamini, aqliy 
imkoniyatlarini tashqi muhit shart-sharoitlari bilan uyg‘unlashtirgan holda, mahsuldor 
faoliyat yuritishga tayyorlik holatidir.
Savodga o‘rgatish darslarida avvalo ta'limiy-kommunikativ kompetensiyani tarkib 
toptirish nazarda tutiladi. Bunda ta'limiy kompetensiya o‘quvchilarda o‘zbek tilidagi 
mavjud harf-tovushlarni bilish, harf-tovushlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan matn 
tuzish ko‘nikma va malakalarini egallashni talab etadi. Shuningdek, o‘quvchi harf-tovush, 
unli va undosh tovushlar, so‘z, gap, matn; ularning o‘zaro munosabatlari haqida amaliy 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. O‘quvchida bu xil ta'limiy kompetensiyalarni tarkib 
toptirishda “So‘z andazasi bilan ishlang”, “Rasmga qarab so‘zlang”, “Bo‘g‘inga ajrating”, 
“Harfni toping” kabi didaktik topshiriqlar asosida amalga oshiriladigan o‘quv ishlarini 
tizimli va uzluksiz tashkil etishning ahamiyati katta.
So‘z va bo‘g‘inlarni o‘qishga o‘rgatishda tovush-harflarni alohida-alohida aytib 
o‘qimaslikka, balki ularni bo‘g‘inda to‘g‘ri qo‘shib talaffuz qilishga, so‘zlarni og‘zaki 
nutqdagi kabi yaxlit holda tovushlar uyg‘unligiga rioya qilib o‘qishga odatlantiriladi. Bunda 
tovush (harf) va bo‘g‘inlarning birikkan holatda bo‘lishiga alohida e’tiborni qaratish lozim. 
O‘quvchilar nutqini o‘stirish savodga o‘rgatish davrida so‘z ustida ishlashga doir mashqlar 
asosida amalga oshiriladi. Nutq o‘stirishning so‘z ustida ishlash, so‘z birikmasi va gap 
ustida ishlash, bog‘lanishli nutq ustida ishlash kabi qator yo‘nalishlari bevosita bir-biri 
bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim jarayonida savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuli talabiga ko‘ra 
yaxlit holatda namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchi darslikda berilgan rasmlardan, so‘z va gaplardan foydalanib, shuningdek, 
qo‘shimcha ko‘rgazma materiallar asosida har bir so‘zning alohida ma’noga ega 
@edurtm_uz



Download 2,05 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   64




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish