|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
19
4. Bolalarda kitob o‘qish, bilimli bo‘lishga havas uyg‘otishga qaratilgan matnlar:
“Kitobman”, “Solishtirib ko‘ring”, “Sur’at”, “A’lochilar”, “Nega kitob o‘qish kerak?”, “Dono
kompyuter” kabilar.
5. Tabiatga mehr-muhabbatni tarbiyalashga yo‘naltirilgan matnlar: “Baliq”, “Tekinxo‘r”,
“Jo‘jalarim”, “Fil”, “Qish”, “Yangi ekilgan nihollar suhbati”, “Olmaxon”, “Flamingo nega
pushti rang?”, “Terak”, “O‘rik”, “Uzum”, “Sabzi” kabilar.
Ushbu o‘quv materiallari savodga o‘rgatish jarayonida ta'lim-tarbiya birligini amalga
oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Umuman, “Alifbe” darsligida badiiy o‘qish va savodga o‘rgatishning uyg‘unlik kasb etishi
o‘ziga xos qator murakkablikni keltirib chiqaradi. Ya’ni, alifbegacha va alifbe davrining
boshlang‘ich qismida o‘quvchi badiiy jihatdan talabga javob bera oladigan matnlarni
bevosita o‘qish va yozishdan yiroq bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘zi hikoya qilib berishi,
o‘qib berishi, yoddan ayttirish va yodlatish orqali ularni badiiy o‘qishga tayyorlab bormog‘i
lozim.
Badiiy o‘qish deganda ifodali o‘qishgina emas, tashqi olamni badiiy obrazlar orqali idrok
etishga qaratilgan badiiy tafakkur tarbiyasi ham nazarda tutiladi. Dam olish daqiqalarida
yodlatiladigan she’rlar, matnlar ham badiiy did darajasida bo‘lishiga e’tibor berish kerak.
Quyida dam olish daqiqalarida yodlatish uchun ba’zi she’rlarni tavsiya qilamiz:
G‘uv-g‘uv uchar bolari,
Duv-duv uchar bolari,
Guldan gulga qo‘nishib,
Sharbat ichar bolari.
(Q. Muhammadiy)
She’r so‘zlarni o‘qish bilan bog‘liq bo‘lgan mashqlardan so‘ng dam olish daqiqalarida
jo‘rovozlikda aytiladi. She’r matni mazmuniga ko‘ra qo‘llar ikki yonga uchayotgandek
harakatlantiriladi, o‘tirib-turiladi.
Qu-qu-qu-qu xo‘rozim,
Uyimda xushovozim,
Paq-paq qanot parvozim,
Qu-qu-qu-qu xo‘rozim.
Dam olish daqiqalariga mo‘ljallangan mazkur matn diktant va yozma ishlardan so‘ng
jo‘rovozlikda turgan holatda ijro etiladi.
Bolalar:
Viz-viz-viz-viz,
Uchamiz, qo‘namiz,
@edurtm_uz
|
| |