O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
4
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI TIZIMINI
2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI
Bilimlar manbayi
2030-yilga kelib asosiy bilim olish kontentlari, ta’lim mazmuni internet resurslari orqali
taqdim etiladi. Klassik shakldagi darsliklar o‘quv kontentini o‘zlashtirish uchun kalit,
ya’ni o‘quv kontentini tezroq o‘zlashtirish uchun ko‘rsatma sifatida xizmat qiladi. Badiiy
adabiyot va kitobxonlik esa jamiyatda eng zo‘r trendga aylanadi.
Maktab tizimi Tizimda ta’lim berishning turli shakllaridan, faoliyatning to‘ldirilgan prinsipidagi
simulyatorlaridan, ma’lum bir kompetensiyalarni shakllantirish uchun virtual o‘yinlardan
foydalaniladi.
Ta’lim patternlari – insonning kundalik hayotidagi faoliyatining instinkt darajasidagi
avtomatlashtirilgan sxemasi yoki modellaridan faol foydalanish muhim. Ma’lumki,
kompyuterdagi dasturlar va virtual simulyatorlardan foydalanish jarayonida Siz ma’lum
bir amallarni qandaydir chastotada qayta-qayta bajarasiz, mana shu harakatlardan sodir
bo‘ladigan ma’lumot birligiga pattern deyiladi.
Barcha harakatlar tizimda qayd etiladi va bu ma’lumotlar sun’iy intellekt yordamida qayta
ishlanadi. Mana shu qayta ishlangan ma’lumotlar asosida o‘quvchining imkoniyatlari,
qobiliyatlari va bo‘lajak kasbini tanlashdagi moyilliklari xaritasi tuziladi.
O‘quv rejasi Har bir o‘quvchining imkoniyat va qobiliyatlariga moslashtirilgan holda, individual
tarzda tuziladi. Baholashda birinchi o‘ringa o‘quvchining shaxsiy sifatlari, ko‘nikmalari,
ya’ni tanqidiy fikrlash, jamoa oldida ma’ruza qila olish, jamoada ishlay olish, liderlik,
savodxonlik darajasi, kitobxonlik, jismoniy faollik darajalari, nostandart sharoitdan chiqib
keta olish, kutilmagan muammolarni yechishda kreativlik kabi sifatlar hisobga olinadi.
Qayd etilgan barcha sifat va kompetensiyalar akademik bilimlar bilan birga baholanadi.
Uyga vazifa 2030-yilga kelib uyga vazifa berish masalasi kun tartibidagi muammo darajasidan
olinadi. O‘quvchining barcha sa’y-harakatlari va ta’lim trayektoriyasi mustaqil ta’lim
@edurtm_uz
O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
5
olishga yo‘naltiriladi. Eng asosiysi, uyga beriladigan vazifalar o‘quvchi qobiliyati va
imkoniyat doirasida mustaqil bajariladi. Ular qulay vaqt va sharoitlarda individual tarzda
bajariladi.