Mualliflar
KIRISH
@edurtm_uz
O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
7
DARSLIK NIMA?
Darsliklarni, jumladan, savod o‘rgatishning asosi hisoblangan alifbe darslarini
takomillashtirish davr talabidir. Takomillashtirish darsning metodik jihatdan qurilshiga,
mazmuniga birdek aloqador bo‘lib, bunda, avvalo, didaktikaning umumiy hamda savod
o‘rgatishning xususiy mezonlariga asoslaniladi:
Darslik – davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja, o‘quv dasturi, metodik va didaktik
talablar asosida muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, XXI asr ko‘nikmalari,
umumta’lim maktablaridan keyingi ta’lim bosqichi hamda mustaqil hayotga tayyorlash
ko‘nikmalarini shakllantirish va tegishli fanning asoslarini mukammal o‘zlashtirilishiga
qaratilgan, fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib ta’lim oluvchilarning yoshi
va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan nazariy
ma’lumotlar, amaliy-tajriba va sinov mashqlarini o‘zida jamlagan nashr.
Ish daftari – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv predmetini o‘zlashtirishlari uchun
ko‘makchi hisoblangan, darslikdagi bo‘limlarga, o‘quvchilarning bilimlarini tekshirish
mashg‘ulotlari va uy vazifalariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni
rivojlantirishga mo‘ljallangan turli xil (krossvordlar, farqlash, juftini topish, mantiqiy
qatorlar tuzish va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita.
O‘qituvchi uchun o‘quv-metodik qo‘llanma (O‘qituvchi kitobi) – darslikdagi mavzulardan
foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil etish uslublari, o‘qitish metodikasi, darsda
foydalaniladigan vositalar, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchi darsni samarali
tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, dars
o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar,
qo‘shimcha topshiriq va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan
kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Darsliklarning mobil ilovasi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida
fanga oid o‘quv materiallari, ilmiy ma’lumotlarni har tomonlama samarali o‘zlashtirishga
hamda mustaqil ta’lim olishga mo‘ljallangan, elektron matn, ikki o‘lchamli grafik, uch
o‘lchamli grafik ko‘rinishdagi, ovozli, video, animatsiya hamda taktil (sensorli) xususiyatli,
o‘quvchiga mustaqil foydalanish (ta’lim olish) imkoniyati integratsiya qilingan, grafik
interpretatsiyalar orqali ta’lim oluvchi tasavvurini rivojlantirishga yo‘naltirilgan smart
qurilmalarda ishlovchi elektron axborot ta’lim resursi.
ALIFBE DARSLIGIGA QO‘YILADIGAN
NAZARIY-AMALIY TALABLAR
I BO‘LIM
@edurtm_uz
|