|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
8
– g‘oyaviyligi;
– bayonning ilmiyligi, tushunarliligi;
– ko‘rsatmaliligi;
– ongliligi;
– o‘quv materiallarining hayot bilan bevosita aloqadorligi.
O‘quvchining yoshi, tafakkur yuritish darajasi, o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarining hisobga
olinishi kabi didaktik talablarga savod o‘rgatishda e’tibor qaratilishi zarur.
Shuningdek, savod o‘rgatishda qator xususiy jihatlar ham mavjud, bular:
• o‘quv materiali bolalarda ongli, to‘g‘ri va ravon o‘qish, shuningdek, harf, so‘z, kichik
gap va bog‘lanishli matnlarni to'g'ri o‘qish malakalarini hosil qilishga yordam beradi.
O‘qish uchun berilgan matnlar, rasmlar mavzu jihatidan bolalarning saviyasiga mos
bo‘lishi kerak;
• o‘quv materiallarida bolalarning tafakkuri va nutqini o‘stirish uchun ta’lim-tarbiyaviy
matnlar hamda rasmlardan foydalaniladi. Rasmlar bolalarda savollarga javob
berish ko‘nikmasini, talaffuz qilish qobiliyatini o‘stirishi, o‘quvchilarni nutq unsurlari
bilan tanishtirishga, obrazli tafakkurini o‘stirishga, mustaqil ravishda so‘z tanlashiga,
gap va hikoya tuzishiga xizmat qilishi kerak;
• darslarning hajmi savod o‘rgatishga ajratilgan vaqtga mos bo‘lishi zarur;
• alifbe darsligining harfi, terilishi, qog‘ozi, matn va rasmlarning to‘liq tushunarli
bo‘lishiga, shuningdek, hoshiyaga, so‘zlar orasidagi masofaga, harfning hajmiga,
qog‘ozga, rasmlarning bo‘yog‘iga va yozuvning namunasiga qo‘yilgan gigiyenik
talablarga mos bo‘lishi zarur; tashqi ko‘rinishi chiroyli, bezagi ravshan, bolaga
yoqadigan bo‘lishi lozim;
• darslarda ko‘rgazmalilik bola bevosita idrok etadigan aniq obrazlar asosida bo‘ladi.
Ko‘rgazmalilik mezonini asoslab bergan buyuk olim Y.A. Komenskiy uqtirganidek,
agar biron-bir narsani bir necha sezgi a’zolari orqali idrok ettirish mumkin bo‘lsa, u
narsani idrok qilish uchun bir necha sezgi a’zolarini ishga solish kerak (ya’ni, eshitib
bo‘ladigan narsalarni eshittirish bilan; hidlarni - hidlatish; ta’mni - tatib ko‘rish, ushlab
ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni ushlatib ko‘rsatish vositasi bilan idrok qildirish
lozim). Shuningdek, o‘quvchilar ongini faollashtirishda rebus-o‘yinlar, topishmoqlar,
turli jumboqlar katta ahamiyatga molik bo‘lib, ular savodga o‘rgatish jarayonining
qiziqarli va sermazmun bo‘lishiga imkon yaratadi.
@edurtm_uz
|
| |