• SAVOD O‘RGATISHNING TAHLIL-TARKIB USULI
  • F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/64
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #144557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
    Bog'liq
    Alifbe o\'zbek metodika

    O‘QUV-METODIK 
    QO‘LLANMA
    9
    Savodga o‘rgatishning o‘ziga xos metodlari mavjud bo‘lib, bundagi asosiy talablar 
    quyidagilardan iborat:
    a) o‘zbek tilining tovushlari va mazkur tovushlarning yozuvda ifodalanishining o‘ziga 
    xos jihatlarini e'tiborga olish;
    b) maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan bolaning ta’lim jarayoniga moslashish 
    imkoniyatlarini o‘rganish, alifbegacha bo‘lgan davrda o‘quvchilarni savod o‘rgatishga 
    tayyorlash, ularda gapni so‘zdan, so‘zni bo‘g‘inlardan va nihoyat bo‘g‘inlarni alohida 
    tovushlardan tashkil topganligi haqida tushunchani tarkib toptirish - savodga o‘rgatish 
    alifbegacha bo‘lgan davrdan to alifbe davri tugagunga qadar davom etadi. Chunki 
    o‘quvchining tovush, bo‘g‘in, so‘z va gapning o‘zaro aloqadorligi, uyg‘unligi va yaxlitligini 
    to‘g‘ri idrok etishi orfografik savodxonlikka, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, bola 
    nutqining rivojlanishi va o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Dastlab bola so‘zni idrok etishi, 
    so‘ng so‘zni bo‘g‘inga, bo‘g‘inni tovushlarga ajrata olishi, gapni so‘zlardan, matnni 
    gaplardan farqlay olishi lozimdir.
    Bu davrda asosiy e’tibor bola nutqini o‘stirishga, sinfda o‘quvchilar jamoasini tashkil 
    qilishga, bolani hali yaxshi o‘zlashtirilmagan vaziyatda o‘zini erkin, bemalol his qilishiga, 
    atrof-tevarak bilan tanishtirish, o‘quvchilar jamoasi bilan do‘stona aloqa o‘rnatish 
    kabilarga e’tibor beriladi.
    SAVOD O‘RGATISHNING TAHLIL-TARKIB USULI
    Boshlang‘ich sinfda o‘quvchining kelajakdagi taraqqiyotini belgilab beruvchi ruhiy, ta’limiy 
    asoslar qo‘yiladi. Barkamol avlod taraqqiyoti savod chiqarishning asosi bo‘lgan alifbe 
    darslarining ta’limiy-tarbiyaviy sifat darajasiga bog‘liq.
    Savodga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan tahlil-tarkib tovush usulining asosiy 
    xususiyatlari quyidagilardan iborat:
    1) savodga o‘rgatishning ilk davridanoq jonli nutqdagi tovush bilan adabiy nutqdagi 
    tovushni chog‘ishtirish asos qilib olinadi. O‘quvchi alifbegacha bo‘lgan davrda, 
    shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhida nutqdagi 
    tovushlarni eshitish yo‘li bilan farqlashga o‘rgatiladi. Alifbe davrida esa tovushni 
    so‘zdan ajratib olishga, shu tovushni ifodalaydigan harfni tanishga o‘rgatiladi. Bunda 
    tanishtirilishi lozim bo‘lgan tovush boshqa tovushlar sirasidan ajratilib, baland ovozda 
    talaffuz qilinadi, shu tarzda “tovush artikulyatsiyasi” ko‘rsatiladi. So‘ngra o‘quvchilarga 
    tovush talaffuz qildiriladi. Shundan so‘ng tovushni ifodalaydigan harf shakli bilan 
    tanishtiriladi. So‘zlarni o‘qishda esa tovush uyg‘unligiga, tovushlarni harflab emas, 
    bo‘g‘inlab biriktirib o‘qishga alohida e’tibor beriladi;
    @edurtm_uz



    Download 2,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish