• Tahlil-tarkibning savodga o‘rgatish davridagi bosqichlari
  • F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/64
    Sana24.01.2024
    Hajmi2,05 Mb.
    #144557
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64
    Bog'liq
    Alifbe o\'zbek metodika

    O‘QUV-METODIK 
    QO‘LLANMA
    10
    2) savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida nutq bo‘laklarini birlashtirish
    uyg‘unlashtirish, tarkiblash yoki aksincha, yaxlit nutqni bo‘laklarga ajratish-tahlil 
    qilishga oid aqliy jarayonlar amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu metod (ajratish-
    qo‘shish) tahlil-tarkib usuli deb ataladi. Savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida 
    (alifbega tayyorgarlik davri, alifbe davri, alifbedan keyingi davrlarda) tahlil-tarkib 
    amallaridan unumli foydalanib boriladi;
    3) alifbe davrida o‘quv materiallarini tanlash va joylashtirishda o‘quvchining fikrlash 
    darajasi, yoshi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, nutq tovushlarining xususiyatlari 
    nazarda tutiladi. Bu tamoyil tovush va harflarni o‘rganish tartibiga, o‘qish uchun so‘z 
    tanlashga, matn tanlashga, matnlar hajmiga bevosita taalluqlidir;
    4) alifbe davrida o‘qish va yozishga o‘rgatishning uyg‘unlikda, baravar olib borilishi 
    tahlil-tarkib tovush usulining eng asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
    Tahlil-tarkibning savodga o‘rgatish davridagi bosqichlari
    Tahlil:
    1) matndan gapni ajratib olish;
    2) gapni so‘zlarga bo‘lish, birorta so‘zni tanlash;
    3) so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish;
    4) bo‘g‘indan tovushni ajratish, uning bosma va yozma shaklini ko‘rsatish hamda 
    o‘rgatish.
    Tarkib:
    1) kesma harfdan bo‘g‘in va so‘z tuzish;
    2) tuzilgan so‘zni bo‘g‘inlab o‘qish;
    3) bir necha so‘zlarni o‘qish;
    4) yaxlit gapni o‘qish;
    5) yaxlit matnni o‘qish.
    Bolalarni savodga o‘rgatishda tahlil-tarkib qilishga undovchi mantiqiy topshiriqlardan 
    foydalanib, o‘quvchilarda fikr rivojlantiriladi. Fikrlash jarayonida o‘quvchilar tafakkur 
    yuritish orqali qator mantiqiy amallarni bajaradilar. Ya’ni so‘zning tovush tarkibini, so‘z 
    tarkibidagi bo‘g‘inlarni, bo‘g‘inlarning ochiq yoki yopiqligini tahlil qiladilar. O‘quvchilar 
    so‘zlarni, ularning elementar belgilariga asoslangan holda yaxlit, ajralmaydigan 
    bo‘laklarga ajratadilar. Tahlil o‘quvchilardagi mavjud ko‘nikmalarga, so‘zning tovush tarkibi 
    orasidagi elementlarning assotsiativ (o‘zaro bog‘lanishli) aloqalarini anglash tajribasiga 
    asoslangan holda amalga oshiriladi. Tarkib (qismlarga ajratish) esa, yuqorida ta’kidlab 
    @edurtm_uz



    Download 2,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   64




    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

    Download 2,05 Mb.
    Pdf ko'rish