|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
13
bo‘lib, ushbu mazmunli rasmlarda Erkin ismli bolaning oiladagi hayoti tasvirlangan.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar jamiyat hayotini o‘yin orqali anglaydilar. O‘yin vaziyatlari
ularga ortiqcha tushuntirish va nasihatlarsiz xulq-atvor qoidalarini amaliy jihatdan oson,
maroqli tarzda o‘rganishga yordam beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilar jamiyat hayotini
o‘yin orqali anglaydilar. O‘yin vaziyatlari ularga ortiqcha tushuntirish va nasihatlarsiz xulq-
atvor qoidalarini amaliy jihatdan oson, maroqli tarzda o‘rganishga yordam beradi.
O‘yin bolalarni ijtimoiy va ijodiy ishlashga yo‘naltiruvchi hudud hisoblanadi. Jan Jak
Russo bola tarbiyasida o‘yinning ahamiyatini ta’kidlab: “Bolalikni seving, uning o‘yin va
ermaklariga, murg‘akkina tabiiy tuyg‘ulariga e’tibor bering! Labdan kulgi arimaydigan,
qalb shu olamdan to‘xtovsiz huzurlanadigan o‘sha daqiqalarni qay biringiz, axir, sog‘inch
bilan eslamaysiz?”
1
deb yozgan edi. Bolani sho‘xlikdan mahrum qilish uni rivojlanish
manbayidan mahrum qilish bilan barobar. Shu ma’noda Jan Jak Russo o‘yin sababli
bolada ijodkorlik impulslari ro‘yobga chiqishini uqtirib, bola o‘yin orqali oladigan hayotiy
tajribani yuqori baholab: “Аgar siz bolalarning sho‘xliklariga yo‘l bermasangiz, unda
hech qachon donishmandlarni dunyoga keltira olmaysiz”
2
degan edi. O‘yin bolalarning
birgalikdagi, hamkorlikda amalga oshiradigan faoliyatini vujudga keltiradi. Har qanday
o‘yin muayyan mezonlar, qonun-qoidalar, tartib va intizomni talab etadi. O‘yin jarayonida
bola o‘zini bemalol, erkin his qiladi, o‘zining haqiqiy qiyofasini namoyon etadi. Yayrab
kuladi, harakatlanadi, o‘z fikrini uyalmay, tortinmay bayon qiladi. O‘yin asnosida ko‘pgina
jamoatchilik qoidalarini o‘zlashtiradi, tartib-intizomga o‘rganadi.
O‘yin bola hayotida juda muhim rol o‘ynaydi. Kattalarga kundalik hayot tajribalari
qanchalik zarur bo‘lsa, bola uchun o‘yin shunchalik zarur. O‘yin jarayonida bola qanday
bo‘lsa, keyinchalik katta bo‘lgach, ishda ham o‘zini shunday tutadi. Shu sababli faol
insonni tarbiyalashda o‘yinlarning ahamiyati juda katta.
Savodga o‘rgatish davrida o‘quvchilar bilan didaktik o‘yinlar o‘tkazishga alohida
e’tibor qaratish lozim. Xususan, “Ranglar so‘zlaganda” , “O‘zingni yelpi”, “Olma terish”,
“Kungaboqar”, “Ko‘zgu”, “Super lotto”, “Piramida”, “Аksini toping”, “Poyezd”, “O‘zbekiston
mevalari” , “Ot va uning bolasi toychoq”, “Rolli o‘yin”, “Ekskursiya”, “Chechanlik” kabi
didaktik o‘yinlar shular jumlasidandir. Darslikka jumboqli topshiriqlarning kiritilishi
o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni rivojlantirishda, ularni topqirlikka va bilimdonlikka
undashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, turmushda bola nutqida faol qo‘llanadigan
yoki ularga yaxshi tanish bo‘lgan “ma”, “ma-na”, “nom”, “ni-ma” (16-bet) kabi ba’zi
so‘zlarning darslikka kiritilishi ham, avvalo, alifbe davrining boshlang‘ich bosqichida
o‘quvchilarda muayyan harf-tovushga oid bilimlarni mustahkamlashda, ularga
tavsiya qilinayotgan o‘quv materiallarining yetarli darajada bo‘lishiga, ya’ni ko‘proq
so‘z o‘qish imkoniyatini hosil qillishga, qolaversa, ish-harakatni bildiruvchi so‘zlar (fe’l)ga
Тафаккур гулшани. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989 йил – 463 б. – Б.329. Ўша китоб, 329-б.
Ўша китоб, 329-б.
@edurtm_uz
|
| |