F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/64
Sana24.01.2024
Hajmi2,05 Mb.
#144557
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Bog'liq
Alifbe o\'zbek metodika

O‘QUV-METODIK 
QO‘LLANMA
15
“O‘zingni yelpi” 
Bir o‘quvchi taklif etilib, unga yelpig‘ich beriladi. O‘quvchilar unga savollar beradilar. 
Doskadagi o‘quvchi savolga tez javob berishi lozim. Javob bera olmasa, yelpig‘ich bilan 
o‘zini yelpiydi. Agar yelpig‘ichda o‘zini yelpish esidan chiqsa, mag‘lub bo‘lib, o‘yindan 
chiqadi. Javob berolmasa ham o‘zini yelpisa, keyingi savolni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 
O‘yin oxirida uning nechta savoldan qanchasiga javob bergani aniqlanadi. Shu tariqa 
o‘quvchida ziyraklik, topqirlik, o‘zini tuta bilish layoqatlari rivojlantiriladi
3
.
Qq harf-tovushini o‘rganish uchun 51-betdagi rebusning kattalashtirilgan nusxasini 
sinf doskasiga ilib, yashil, jigarrang, siyoh ranglarda berilgan harflardan hosil bo‘ladigan 
so‘zlar toptiriladi. Ushbu material o‘quvchining aqliy faolligini rivojlantiradi, ularni mantiqiy 
va mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Shu kabi jumboqli topshiriqlar darslikning 15-, 21-, 23-, 
25-, 71-betlarida ham berilgan bo‘lib, ular rang-barangligi bilan o‘quvchida alohida qiziqish 
uyg‘otadi.
Darslikda ertak va masallardan rasm-lavhalar, ushbu masal va ertaklar yuzasidan 
matnlar berib borishga ham e’tibor berilgan. Xususan, “Qaynar xumcha” (20-b.), 
“Kemiroy” (47-b.), “Zumrad bilan Qimmat” (59-b.) masal va ertaklaridan rasm-lavha 
va matnlar berilgan. Bunda o‘qituvchi rasmlarning qaysi masal yoki ertak asosida 
chizilganligi va uning mazmunini bolalarga hikoya qildirishi, eslatishi maqsadga 
muvofiqdir. Xususan, “Qaynar xumcha” (20-b.) ertagiga chizilgan rasm-lavha va matnni 
quyidagi tartibda o‘rganish mumkin:
O‘qituvchi ertakka ishlangan bir necha rasmlarni o‘quvchilarga ko‘rsatadi (rasmlar sinf 
doskasiga ilib qo‘yiladi).
– Qani, bolalar, bu rasmlar sizga qaysi ertakni eslatyapti?
– “Qaynar xumcha” ertagini.
– Yaxshi. Kim “Qaynar xumcha” ertagini aytib beradi?
Albatta, o‘quvchilarning javobini to‘ldirgan holda, o‘qituvchi ertakni qayta, obrazli va jonli 
ohangda aytib beradi, rasmlar asosida suhbat o‘tkazadi. Keyin darslikdagi rasm-lavha 
tasviri asosida berilgan matn o‘qitilib, gaplar tuzdiriladi.
“Ana oltin. Bobo oltinni ko‘rdi” kabi.
Shuningdek, har bir tovush-harf uchun “So‘z andazasi bilan ishlang” shartli belgisi 
bilan rasmlar va ular ostida so‘z andazasi berilgan boiib, ular asosida so‘zlami tovush-
bo‘g‘in tahlilini muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarning yangi bilimlarni mustahkam 
o‘zlashtirishlariga asos bo‘ladi.
Havasxon Shokirova. Ta’limda innovatsion texnologiyalarning o’rni. – T.: “Уangi asr avlodi”, 2013-y. – 5-b.
@edurtm_uz



Download 2,05 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish