F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana24.01.2024
Hajmi2,05 Mb.
#144557
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
Alifbe o\'zbek metodika

O‘QUV-METODIK 
QO‘LLANMA
12
SAVODGA O‘RGATISH DAVRIDA INTERFAOL USULLARDAN 
FOYDALANISH (DIDAKTIK O‘YINLAR MISOLIDA)
Savodga o‘rgatish darslari tayyorgarlik va asosiy davrni o‘z ichiga qamrab olib, mazkur 
bosqichda o‘quvchilar bilan olib boriladigan ta'limiy-tarbiyaviy ishlar turli-tumandir. 
Xususan, bu davrda: matn, og‘zaki va yozma matn haqida, gap, matnning gaplardan 
tuzilishi, so‘z, gaplarning so‘zlardan tashkil topishi, ya’ni matn tuzish va uni bo‘laklarga 
bo‘lib matn tarkibini tashkil qiluvchi qismlarni idrok etishga o‘rgatish, bo‘g‘in, tovush, 
harf haqida ma'lumot berish, unli tovushlar va undosh tovushlar haqida ma’lumot 
berish, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajralishini o‘rgatish, alifbedagi rasmlar, 
o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan suratlar asosida matn tuzdirish, 
o‘quvchilar bilgan she’r, hikoya, ertak, maqol, tez aytish va boshqalarni yoddan ayttirish
ularga yangi she’r, hikoya, ertak, maqol, topishmoq kabilarni o‘rgatib borish, alifbe 
darsligidagi so‘zlar, uning ma’nolari ustida ishlash, tanish so‘zlar asosida o‘quvchilarni 
gap tuzishga o‘rgatish, harf va tovush orasidagi mutanosiblik va farqni tushuntirish 
ishlari olib boriladi.
Boshlang‘ich ta’limning asoslarini ishlab chiqqan taniqli didakt olimlar mustaqil 
fikrlashga rag‘bat uyg‘otish uchun pedagogik jihatdan ta’sirchan vositalarni izlab topish, 
o‘quv sharoitiga tatbiq etish zarurligini uqtirgan edilar.
Shunga ko‘ra, darslikda ko‘plab jumboqli topshiriq va krossvordlar berilgan. Jumboqli 
topshiriqlarni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasining imkoniyatlarini hisobga olishi, 
ba’zi topshiriqlarni yechishga o‘quvchilarni oldindan tayyorlashi, ya’ni jumboqli topshiriqni 
kattalashtirilgan nusxasini ko‘rsatib, undagi ba’zi o‘rinlarni izohlashi maqsadga 
muvofiqdir. 
Darslikda o‘quvchilarni kichik maktab yoshidan kasbga erta yo‘naltirishga alohida 
e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda o‘qituvchi, arxitektor, chegarachi, chavandoz, shifokor, 
bog‘bon, metro poyezdi haydovchisi, kombaynchi va boshqa kasblar haqida o‘quvchilar 
bilan suhbatlashish nazarda tutiladi. Xususan, darslikning 12-betidagi “So‘z andazasi 
bilan ishlang” shartli belgisi bilan berilgan didaktik material pillani qayta ishlash 
orqali tayyorlanadigan mahsulotlar va tikuvchi mehnatiga oid yagona mavzu asosida 
uyg‘unlashgan bo‘lib, “Ona-bola ish ustida” va uning yonida berilgan “Ona, ana nina, ana 
(ip rasmi)” matni ham ushbu mavzuni ochib berishga, o‘quvchilarda mehnatsevarlik va 
kattalar mehnat faoliyatida ishtirok etishga undashga yo‘naltirilgan. O‘qituvchi o‘quvchilar 
bilan tikuvchilik kasbi haqida suhbatlashish bilan birga, “ip”, “ni-na”, “ti-kuv-chi”, “pil-la” kabi 
so‘zlarni qay tarzda bo‘g‘inlarga bo‘linishi, mazkur so‘zlar tarkibidagi harf-tovushlar, bunda 
“i” harf-tovushining tutgan o‘rni haqida ma’lumotlar beradi. “Erkin jonivorlarni sevadi” 
mavzusi asosidagi mazmunli rasm ham matn tuzish topshiriqlariga bog‘lab berilgan 
@edurtm_uz



Download 2,05 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish