F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/64
Sana24.01.2024
Hajmi2,05 Mb.
#144557
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
Alifbe o\'zbek metodika

O‘QUV-METODIK 
QO‘LLANMA
14
oid boshlang‘ich amaliy bilimlarni vujudga keltirishga qaratilgan. O‘qituvchi darslik 
materiallari bilan cheklanib qolmay, ushbu so‘zlar mazmunini to‘liq izohlashda turli 
mazmunli rasmlardan ijodiy foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Xususan, Aa harf-tovushini mustahkamlash uchun taqdim etilgan “Qaysi bo‘g‘inlardan 
so‘z yasash mumkin?” savoli ostida berilgan didaktik materialni (13-betda) o‘rganishda 
“Olma terish” didaktik o‘yinidan ijodiy foydalanish mumkin. 
“Olma terish” didaktik o‘yini
Olma shakllari ortiga didaktik topshiriqdagi bo‘g‘inlar yoziladi. Doskaga “anor, ona, nina, 
norin, olma, shaftoli” rasmlari ilinadi. O‘quvchi bo‘g‘inni o‘qib, shu bo‘g‘inga mos rasmni 
topib nomini aytadi. 
“So‘z andazalari bilan ishlang” shartli belgisi bilan berilgan o‘quv materiallarini 
o‘rganishda uning mazmuniga ijodiy yondashgan holda, “Javoblar raqamlarda”, “Sonlar 
so‘zlaganda” kabi didaktik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 
“Javoblar raqamlarda”
O‘quvchilarning qo‘liga tayoqcha uchiga mustahkamlangan, 1, 2, 3 sonlari yozilgan 
kartonlar beriladi. O‘qituvchi so‘zlarni birin-ketin aytadi. Agar so‘zlar bir bo‘g‘inli bo‘lsa, 
o‘quvchilar 1 raqamini, ikki bo‘g‘inli bo‘lsa, 2 raqamini, uch bo‘g‘inli bo‘lsa, 3 raqamini 
ko‘taradilar.
“Zanjir o‘yini”. O‘qituvchi darsda zanjir o‘yinidan foydalanishi mumkin. “Zanjir o‘yini” ga 
misol:
S
T
S
sh
Javob: sport, tennis, suzish (keltirilgan o‘yindan Sh sh harf-tovushi o‘tilgach, foydalanish 
mumkin).
“Javoblar ranglarda”
O‘qituvchi unli yoki undosh harf-tovushlar bilan boshlangan so‘zlarni birin-ketin aytadi
o‘quvchilar unli tovush bilan boshlangan so‘zga qizil, undosh tovush bilan boshlangan 
so‘zga havorang shaklni ko‘taradilar. 
O‘quvchilarning harf-tovushlarga oid bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan darslarda 
esa quyidagi texnologiyalardan foydalanish mumkin:
@edurtm_uz



Download 2,05 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish