O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
17
O‘quvchilarga bir so‘z o‘qib eshittiriladi. Masalan: “Ism” so‘zi. Agar o‘quvchilar mazkur
so‘zni yoza olsalar, alifbe davrida bu so‘zni sinf doskasiga yozib qo‘yish mumkin. So‘ngra
so‘zdagi har bir harfga alohida so‘zlar toptiriladi. “Ism” so‘zidagi I, S,
M harflari uchun
o‘quvchilar: I – ilon, S – sigir, M – maymun so‘zlarini topadilar. O‘qituvchi mazkur so‘zlar
ishtirokida gap tuzdiradi. O‘quvchilar “Hayvonot bog‘i”da ilon, maymun bo‘ladi, sigir esa
bo‘lmaydi”, “Men ilon, maymun, sigir rasmini chizdim” kabi gaplarni tuzishlari mumkin.
Ilon, sigir, maymun so‘zlarini bo‘g‘inlarga bo‘lib o‘rgatish, so‘zlar tarkibidagi unlilar haqidagi
ma’lumotni mustahkamlash asosida o‘quvchilarning bo‘g‘in va tovush munosabatiga oid
tushunchalari rivojlantiriladi. Mazkur didaktik o‘yinni alifbegacha
davr va alifbe davrida
qo‘llash mumkin.