O‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
21
Chalamiz, chalamiz
Bizlar surnay chalamiz.
(Bolalar qo‘llari bilan surnay chalishni ko‘rsatishadi).
Qo‘llar tolganda aytiladigan she’r:
Barmoqlarni yozamiz, bir, ikki, uch.
Hali
ancha yozamiz, bir, ikki, uch.
Bu tanaffus – o‘yindir, bir, ikki, uch.
O‘qish esa qiyindir, bir, ikki, uch.
Kulmang bizdan puchuq deb, bir, ikki, uch.
Maktabda eng kichik deb, bir, ikki, uch.
Hali ancha o‘samiz, bir, ikki, uch.
Hammangizdan o‘zamiz - bir, ikki, uch.
(Kavsar Turdiyeva)
She’r jo‘rovozlikda, qo‘llarni mayin silkitgan holda ijro etiladi. Albatta, uni yozuv mashqlari
orasida ijro etish maqsadga muvofiqdir.
SO‘ZLARNI O‘QISHGA O‘RGATISH
Maktabgacha ta'lim
davridanoq bolani badiiy matn, go‘zal va ravon nutq materiallari
asosida tarbiyalash uning kelajakda o‘ziga ishona biladigan, nutqi ravon, kommunikativ
kompetensiyaga ega inson sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Harflar to‘liq
o‘rganilmaganligi sababli darslik sahifalarida avvaldan
berib kelingan uzuq-yuluq
jumlalar, ega-kesimdan iborat nochor so‘z birikmalari, kichik yoshdagi o‘quvchi aqli va
fikrini rivojlantira olmaydigan, his-hayajonga, tarbiyaviy ta'sirga ega bo‘lmagan
quruq
matnlar o‘quvchining lug‘at boyligiga ijobiy ta'sir ko‘rsata olmaydi, uni boyitmaydi.
O‘quvchi e’tiborini jalb etmaydi. Unda kitobxonlik madaniyati asoslarini tarbiyalamaydi.
Yosh bola obrazlar ko‘magida fikrlaydi, ularda obrazli tafakkur yuritishga moyillik kuchli.
Bolajonlar matn tarkibidan obrazlilikni izlaydilar. Unga tayanib, fikrlaydilar, munosabat
bildiradilar, o‘qib o‘rganadilar. Amaldagi “Alifbe” darsligining
alifbe davri ilk bosqichida
o‘rganiladigan matnlarning aksariyati “O‘qituvchi o‘qib beradi” belgisi bilan berilgan bo‘lib,
matn tarkibida o‘quvchi o‘qiy oladigan so‘zlar yashil rang bilan ajratilgan. Bundan asosiy
maqsad o‘quvchilarda ravon nutq, badiiy so‘zning go‘zalligini his etish, o‘quvchilar nutqini
jadal rivojlantirish layoqatini tarbiyalashga qaratiladi. Shunga ko‘ra,
darslikka taniqli
bolalar yozuvchilarining asarlaridan badiiy jihatdan pishiq namunalar kiritilgan. O‘qituvchi
badiiy matnlarni o‘qib bergach, qayta hikoya qildirish usulidan foydalanishi, matn ostida
@edurtm_uz