F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/64
Sana24.01.2024
Hajmi2,05 Mb.
#144557
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
Alifbe o\'zbek metodika

O‘QUV-METODIK 
QO‘LLANMA
23
ekanligini o‘quvchilarga tushuntiradi. So‘z tushunchasini shakllantirishga qaratilgan 
mashg‘ulotlar quyidagicha tashkillashtiriladi: o‘qituvchi alifbegacha bo‘lgan davr uchun 
darslikda berilgan kuzgi sabzavot ekinlari yig‘im-terimiga oid rasm asosida o‘quvchilar 
ishtirokida quyidagicha hikoya tuzdiradi.
“O‘zbekiston – bizning Vatanimiz. Kuzda O‘zbekistonda juda ko‘p ekinlar pishib yetiladi. 
Hosil yig‘ib-terib olinadi. Maktab yer uchastkasida ish qizg‘in. Karim va Sanobar 
sabzavotlarni yig‘ishtirib olmoqdalar. Komila bilan Salim ularga yordam berishmoqda. 
Rasmda sabzavotlaning turlari ko‘rsatilgan. Bular: karam, sabzi, sholg‘om, turp 
kabilardir”.
O‘qituvchi hikoya asosida chiqarilgan xulosa fikrni quyidagicha ifodalaydi: 
Sabzavotlarning juda ko‘p turlarini biz yaxshi bilamiz: sabzi, karam, kartoshka kabilarning 
har biri alohida sabzavot hisoblanadi. Lekin ular hammasi birgalikda “sabzavotlar” nomi 
bilan ataladi. Qo‘limda qanday sabzavot turi bor? (o‘qituvchi kartoshkani ko‘rsatadi) - 
Kartoshka qanday sabzavot turi? Demak, bu – dum-dumaloq, jigarrang, har xil taomlarda 
mazali bo‘lib pishadigan sabzavot nomi. U qaysi so‘z bilan atalar ekan? - Kartoshka so‘zi 
bilan. Mana bu cho‘zinchoq, uchli, qizil va sariq, o‘zbek palovi va sho‘rvasining masallig‘i 
bo‘lgan narsa qaysi so‘z bilan nomlanar ekan? (o‘qituvchi sabzini ko‘rsatadi.) - Sabzi 
so‘zi bilan. Demak, har bir sabzavotning o‘z nomi bor. Bu nomlar so‘z orqali ifodalanadi. 
So‘zlarni biz (to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi) bilan belgilaymiz. 
Shu tariqa kuzda pishib yetiladigan mevalar, o‘quv qurollari haqida suhbat asosida 
o‘quvchilarda so‘z tushunchasi shakllantiriladi. Sinf doskasiga ilib qo‘yilgan rasmlar, 
ular ostiga chizilgan belgi (to‘g‘ri to‘rtburchak belgisi) asosida o‘quvchilar bilimi 
mustahkamlanadi.
Odatda, so‘z ustida ishlash quyidagi yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1) so‘zlarni to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatish;
2) so‘zlarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish;
3) so‘z ma’nolarini anglatish.
So‘z ustida ishlashning yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlari o‘zaro uyg‘un aloqadorlikda 
uyushtiriladi. Tahlil-tarkib usuli talablariga ko‘ra, avval tovush, keyin harf shakli bilan 
tanishtirilgach, mazkur tovush qatnashgan so‘z sinf doskasiga bosma harf bilan yoziladi. 
Bolalar harf kassasidan harflarni olib so‘z tuzadilar. Masalan: ot, ol, oy kabi. Ikki harf va 
bir bo‘g‘indan tashkil topgan bunday so‘zlarning oldiga b harfini qo‘yib, mustaqil o‘qitiladi, 
bunda bot, bol, boy so‘zlari hosil bo‘ladi. Ikki harfli ot, ol, oy so‘zlarining so‘ngiga a, i 
harflarini qo‘shib uch bo‘g‘inli so‘zlar hosil qilinadi va bolalarga o‘qitiladi.
@edurtm_uz



Download 2,05 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi

Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish