|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
37
Smart darslik yordamida ta’lim jarayonini tashkil etish uchun oldindan
tayyorgarlik ko‘rish va darsni aniq tashkil etuvchilarga ajratgan holda
ssenariy tuzib olish zarur. Quyida pedagoglar uchun harakatlar ketma-
ketligini taklif qilamiz. An’anaviy usulda darsni tashkil etish bilan smart
darslik yordamida tashkil etish o‘rtasida ancha farq bor. Bular nimalarda
o‘z aksini topadi? Birinchidan, rejalashtirishda o‘tilishi kutilgan darsni maksimal darajada
vizuallashtirish, ya’ni 2 ta aniq ssenariy asosida taqdimot materiallarini oldindan
tayyorlab olish zarur.
Buning uchun quyidagi qadamlarni ajratamiz:
- dars ssenariysini tuzish;
- ssenariy asosida taqdimot tayyorlash;
- taqdimot uchun maxsus matn tayyorlash;
- dars mazmunini o‘zlashtirish darajasini yaxshilash uchun mavzu doirasida yengil
hamda bolalarni jalb qiluvchi interfaol topshiriqlarni taqdimot tarkibiga kiritish;
- mustaqil ishlashni rag‘batlantiruvchi uslublardan foydalanish;
- QR-kod va Internet resurslarni taqdimot tarkibiga kiritish;
- dars mazmunini to‘ldirish uchun namoyish etish rejalashtirilgan video va animatsion
roliklarni Google, Yandex disk, Drop box kabi bulutli serverlarga joylashtirish;
- barcha o‘quv materiallari tayyor bo‘lgach, dars o‘tish rejalashtirilayotgan platforma
yoki dasturiy ta’minotni tanlash.
Darsda qatnashishi rejalashtirilayotgan o‘quvchilar bilan dars o‘tish vaqti oldindan
kelishib olinadi. Masalan, Zoom yoki Skype kabi dasturiy ta’minot yoki platforma
tanlanadi. O‘tkaziladigan dars uchun videokonferensiya tashkil qilinadi. Qatnashuvchilar
– interfaollik – tabiiy muloqotni imitatsiyalash, ya’ni SD bilan o‘quvchi o‘rtasida muloqot
o‘rnatib, o‘qituvchi yoki o‘rgatuvchi mavjudligi hissini tashkil etish;
– interfaollikni ta’minlash va individual ta’lim olishga sharoit yaratish imkoniyatining
mavjudligi;
– elektron axborot texnologiyalarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlardan foydalangan holda
yuqori sifatli ko‘rgazmalilikka ega bo‘lishi shart.
SMART DARSLIK YORDAMIDA DARSNI
TASHKIL ETISH SSENARIYSI
@edurtm_uz
|
| |