|
F. B. Karimova Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildiBog'liq Alifbe o\'zbek metodikaO‘QUV-METODIK
QO‘LLANMA
39
Mavzuning qisqacha ta’rifi: o‘quvchilarga mustaqillik bayrami haqida tushunchalar
beriladi. Vatanda baxtiyor bolalik gashtini surayotganliklari, suhbatlar va ko‘rgazmali
materiallar asosida mustaqillik oliy ne’mat ekanligi hamda og‘zaki nutq haqida ma’lumot
beriladi.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod: interfaol
Shakl: jamoa bilan ishlash.
Jihoz: darslik, yozuv daftari, “Mustaqillik bayrami” tasvirlangan rasm, “Vatanjonim –
Vatanim” qo‘shig‘i yozilgan disk.
Nazorat: bolalarning dars davomidagi faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.
Baholash: o‘quvchilarning reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsad va vazifalari:
Ta’limiy: O‘zbekiston mustaqilligiga oid tushunchalarni tarkib toptirish.
Tarbiyaviy: O‘quvchilarni mustaqillik va tinchlik tushunchalarining bir-biriga bog‘liq
ekanligi bilan tanishtirish. Mustaqillik bayrami va “Bilimlar kuni”ning barobar
nishonlanayotgani bilan qutlash, bolalarda mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, ilm olishga
rag‘bat, havas tuyg‘ularini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning og‘zaki nutq haqida tushunchalarini kengaytirish.
Kutilayotgan natija:
Dars yakunida o‘quvchilar mustaqillik haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘ladilar. Og‘zaki
nutq ko‘nikmalari tarkib toptiriladi.
Dars jarayoni texnologiyasi:
DARS ISHLANMALARIDAN NAMUNALAR
1-dars
OG‘ZAKI NUTQ HAQIDA TUSHUNCHA.
MUSTAQILLIK – OLIY NE’MAT
Ishning nomi
Bajariladigan ish mazmuni
Metod
Vaqt
1-bosqich.
Tashkiliy qism
O‘quvchilar davomati aniqlanadi.
O‘quvchilar dars tartibi va o‘quv
qurollari bilan tanishtiriladi.
Suhbat
4 daqiqa
TAYYORGARLIK DAVRI
II BO‘LIM
@edurtm_uz
|
| |